Yangi o‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi: O‘zbekistonni rivojlantirishning yettita asosiy ustuvor yo‘nalishi maqsadlarining mazmun-mohiyati


Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash yo‘nalishida



Download 44,1 Kb.
bet4/5
Sana06.07.2022
Hajmi44,1 Kb.
#750715
1   2   3   4   5
Bog'liq
Янги Ўзбекистон

Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash yo‘nalishida ham kelgusi besh yilda iqtisodiyotni rivojlantirishni nazarda tutuvchi 16 ta maqsad belgilangan.
Ushbu maqsadlarning amalga oshirilishi natijasida, iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratiladi.
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishida belgilangan vazifalar - maktab ta’limi sifatini oshirish, kelgusi besh yilda maktablarda qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish hamda darsliklarni yangilash, barcha hududlarda maktabgacha ta’limning qamrov darajasini 67 foizdan 80 foizga yetkazish, kamida 10 ta oliygohning nufuzli xalqaro reytinglarga kirishini ta’minlash, xususiy sheriklik asosida 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish, byudjetdan dori vositalari va tibbiy buyumlarga ajratiladigan mablag‘larni 3 baravarga oshirish, birlamchi tibbiyot xizmatlari sifatini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, raqamli tibbiyotni keng joriy qilish.
Strategiyaning ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi vazifalarning ahamiyatini alohida qayd etish zarur:
- mavjud 12 mingdan ziyod kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanib, kitobxonlikni ommalashtirish;
- jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 33 foizga yetkazish;
- mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish.
Mazkur yo‘nalishda o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta’kidlangan. Aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy ma’rifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu o‘rinda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” deb, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot bo‘lsa, ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Mazkur yo‘nalishda ma’naviyatning yangi bosqichi “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish, mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash ko‘nikmasini shakllantirish, “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashning nazariy-metodologik jihatlari amaliyotga tadbiq etilganligi, milliy ma’naviy taraqqiyotimizning yangi bosqisga ko‘tarish, xalqimizning boy ma’naviy merosini ilmiy nuqtai nazardan yoshlarni ongiga yetkazishdan dalalot beradi.
Jumladan, O‘zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish, Tarix fanini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish maslalariga alohida e’tibor qaratilganligi diqqatga sazavor. Bu birinchidan, “O‘zbekiston tarixini” fanining ilmiy-nazariy asoslarini yoritish, milliy tariximizning falsafiy-metodologik asoslarni xalqimiz, jumladan yoshlarga o‘rgatishning siyosiy jixatlarni tashkil etsa, ikkinchidan, oliy ta’lim muassalarida o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni va mavqeini oshirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi, halqimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy sohalarini yangi bosqichga ko‘tarish va halqimizning orzu istaklarini ro‘yobga chiqarish, milliy manfaatlardan kelib chikkan holda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali insonparvar davlat barpo etish, shuningdek, milliy ma’viyatimizning yangi bosqichga olib chiqishning huquqiy asoslarini tashkil etadi.
Taraqqiyot strategiyasining milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish nomli oltinchi yo‘nalishi iqlim o‘zgarishlari, ekologik muammolar, radikalizm, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi, narkotrafik kabi umumbashariy muammolarga yechim topish yuzasidan dolzarb vazifalarni o‘z ichiga olgan. Bu yo‘nalishda 10 ta maqsad mavjud bo‘lib mehnat migratsiyasini tizimli tashkil etish, fuqarolarga chet tillari va kasb-hunarlarini o‘rgatish, xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni kengaytirish muhimdir.
Taraqqiyot strategiyasidagi O‘zbekiston xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish yo‘nalishidagi muhim vazifa – Vatanimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishdan iborat.
Bu borada dunyoda va mintaqada yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarni inobatga olib:
Yangi O‘zbekiston xavfsizligi konsepsiyasini qabul qilish;
axborot texnologiyalari bilan bog‘liq xurujlarning oldini olish va kiber xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ishlarni takomillashtirish;
Qurolli Kuchlarning boshqaruv tizimini yangi bosqichga olib chiqish;
favqulodda vaziyatlarni boshqarish tizimini takomillashtirish;
ichki va tashqi moliyaviy oqimlarni monitoring qilish va ular bilan bog‘liq xavf-xatarlarni oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan.

Download 44,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish