Microsoft Word omen1 ziyouz com doc



Download 254,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/74
Sana21.11.2022
Hajmi254,88 Kb.
#869379
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-Omen-1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
Erta tongda u Rimni tark etdi va to’rt yil davomida xilvatda yashadi. U Belgiyaga ketib
o’sha yerda daydilar orasida kun kechirdi, keyin kasalxonaga ishga joylashdi. Bu yerda u 
giyohvandlik moddalarini topish imkoniyatiga ega bo’ldi. Narkotiklar unga nafaqat 
tanasidagi oyoriqni, balki o’sha tundagi dahshatli voqealarni unutish uchun ham kerak 
edi. Tassonening holi qurib borardi. U kasalxonada tekshiruvdan o’tdi. Uning 
umurtqasidagi oyoriq dahshatli shishning ta’siridan edi. Shishni jarrohlik yo’li bilan olib 
tashlashning iloji yo’q edi. Tassone o’limga mahkum etilgan va Yaratganning uni 
kechirishini istardi. 
Bor kuchini yig’ib, u Isroilga yo’l oldi. Unga Bugengagen ismli kishi kerak edi. Bu ism yer 
yuzida hayot boshlanganidan buyon Shayton nomi bilan birga tilga olinardi. Aynan 
Bugengagen 1092 yilda Shaytonning birinchi bolasini izlab topgan va uni o’ldirish 
chorasini kashf qilgandi. 1710 yilda yana bir Bugengagen La’inning ikkinchi bolasini izlab 
topgan va uning hayotiga nuqta qo’ygandi. Ular Xudo yo’lida kurashuvchi qo’riqchilar 
edilar. Ularning vazifasi yer yuzida Shaytonning hokim bo’lishiga yo’l qo’ymaslik edi. 
Tassone yer ostidagi uyda yashovchi Bugengagenlarning oxirgi avlodini topishi uchun 
yetti oy ketdi. Bu yerda u ham Tassone kabi o’limini kutib yotar, o’z vazifasini uddalay 
olmaganidan azob chekardi. U vaqt oz qolganini bilar, ammo Shaytonning farzandi 
tug’ilishiga to’sqinlik qilolmagandi. 
Tassone qariyani topdi va unga shaytonvachchaning dunyoga kelishi haqidagi barcha 
narsani aytdi. Bugengagen uni afsus bilan tingladi. U yer ostidagi uyidan chiqa olmasdi. 
O’sha bolani boqib olgan kishi uning oldiga kelishi kerak edi. Vaqtni boy berishdan 
qo’rqqan Tassone Tornni topish va unga Bugengagen bilan uchrashishi lozimligini aytish 
uchun zudlik bilan Londonga keldi.
U bir xonali uyni ijaraga oldi va uni cherkovga o’xshatib tashladi. Xonaning butun devor 
va derazalariga Injil sahifalarini yopishtirib chiqdi. Buning uchun unga yetmishta Injil 
kitobi kerak bo’ldi. Hammayoqqa xoch osib tashlangan, deraza oldidagi xochlardan 
biriga quyosh nuri tushmaguncha tashqariga chiqmasdi. Tanasidagi oyoriq kuchayib 
borar, Torn bilan birinchi uchrashuvi muvaffaqiyatsiz yakun topgandi. Endi Tassone 
elchini doim kuzatib yurardi. Bugun ertalabdan beri u Chelsi rayonida kambag’allarga uy 
qurish uchun mablag’ beradigan shaxslar guruhida bo’lgan Tornni kuzatayotgan edi.
...Ushbu loyihani boshlaganimizdan baxtiyorman...- dedi Torn, yig’ilganlarga murojaat 
qilarkan, - ... bu jamiyatning turmush darajasini yaxshilashga bo’lgan intilishi natijasidir. 
Shu so’zlarni aytib, u birinchi bo’lib belkurak bilan yerni chopdi. Akkordeonchilar 
ansambli musiqa chalishni boshlab yubordi va Torn panjaraning narigi tarafida ushbu 
marosimni tomosha qilayotganlarning qo’llarini siqish uchun yo’l oldi. U uzatilgan har bir 
qo’lni siqishga urinardi. 
Kutilmaganda u qaltirab ketdi: kimningdir qo’li uning yoqasidan mahkam tutib, panjara 
tomon tortdi. 
- Ertaga, - dedi Tassone qo’rqib ketgan Tornning yuziga tikilib. - Tush paytida Kyu-
Gardenda uchrashamiz. 
- Qo’yvoring! - dedi Torn. 
- Bor -yo’g’i besh daqiqa xolos. Keyin meni qaytib ko’rmaysiz. 
- Qo’lingizni oling... 
- Xotiningizning hayoti xavf ostida. Agar kelmasangiz, u o’ladi. 
Torn uning qo’llaridan yulqinib chiqdi va ruhoniy shu zahoti g’oyib bo’ldi. 
Torn nima qilish kerakligi haqida uzoq o’yladi. U politsiyaga aytishi mumkin edi, lekin 
ruhoniyga nima deb ayb qo’yishni bilmadi. Uni so’roq qila boshlashadi, bu ish omma 
e’tiboriga tushadi. Yo’q, bu yo’l to’yori kelmaydi. Hech bo’lmaganda, hozircha. Torn 
ruhoniy nima demoqchi bo’layotganini tushunmadi. U bolaning tug’ilishi haqida nimadir 


Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser 

Download 254,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish