Microsoft Word omen1 ziyouz com doc



Download 254,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/74
Sana21.11.2022
Hajmi254,88 Kb.
#869379
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-Omen-1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
ketayotganini bildi, ammo bu yo’l uni qayoqqa olib borishini bilmasdi. 
- Agar uni topsam, sizga xabar beraman, - dedi u. 
- Yaxshi bo’lardi. 
Torn bosh silkidi. Jennings o’rnidan turib, uning qo’lini siqib qo’ydi. 
- Siz nimadandir hayajonlanyapsizmi, janob elchi? Umid qilamanki, dunyo portlab 
ketmas. 
- Yo’q, - jilmaydi Torn. 
- Men sizning muxlisingizman. Shuning uchun doim sizni kuzatib yuraman. 
- Rahmat. 
Jennings eshik tomon yurdi, ammo Torn uni to’xtatdi. 
- Janob Jennings? 
- Ha, janob? 
- Men bir narsani bilmoqchi edim. Siz o’sha ruhoniyni hech ko’rganmisiz? 
- Yo’q. 
- Siz u mening ma’ruzamda qatnashganini so’radingiz-a? Balki u... 
- Nima? 
- Yo’q, yo’q. Ahamiyati yo’q. 
- Oilaviy suratingizni olib qo’yaymi? - so’radi kutilmaganda Jennings. 
- Hozir vaqti emas. 
- Balki bir necha kundan so’ng sizga qo’ng’iroq qilarman? 
- Mayli. 
- Bo’pti, qo’ng’iroq qilaman. 
Muxbir xonani tark etdi. Torn uni diqqat bilan kuzatdi. Bu kishi nimanidir biladi, lekin 
ruhoniy haqida nima bilarkin? Tasodifan tanishib qolgan bu muxbir nima uchun kechayu 
kunduz uni kuzatib yurgan ruhoniyni izlayapti? Torn uzoq o’ylandi, lekin savollariga 
javob topolmadi. Keyingi paytdagi voqealar singari bu ham uning uchun bir tasodifdek 
tuyuldi. 
8 
Edgaro Emilio Tassone uchun bu dunyodagi hayot do’zaxdagidan ham battar edi. 
Shuning uchun u boshqalar singari Rimdagi shaytonparastlar jamiyatiga a’zo bo’lgandi. 
Tassone portugaliyalik baliqchining o’yoli bo’lib, otasi Nyufaundlend qirg’oqlarida baliq 
ovlayotib halok bo’lgandi. Bolalik xotiralaridan uning yodida faqat baliq hidi qolgan edi. 
Tassone sakkiz yoshida yetim qolib, ibodatxonada yashar, bu yerda ruhoniylar uni 
barcha gunohlariga iqror bo’lishi uchun o’lasi qilib kaltaklashardi. O’nga kirganida u 
gunohlaridan forig’ bo’lgan va Yaratganga xizmat qilishga tayyor bo’lgandi, ammo uning 
umurtqa pog’onasi oyoriy boshladi. 
Xudodan qo’rqqanidan u hayotini cherkovga bag’ishladi, kechayu kunduz Injilni yodlab 
sakkiz yil seminariyada tahsil oldi, Yaratganning rahmati va g’azabi haqida o’qidi. 
Yigirma beshga kirganida u odamlarni do’zax o’tidan qutqarishga otlandi. U missioner 
sifatida dastlab Ispaniyaga, so’ng Marokashga bordi. Keyin Marokashdan Afrikaning 
janubi-sharqiga yo’l oldi. Bu yerda u dinsiz qabilani uchratib qoldi va ularni dinga 
kiritishga urindi. Tassone bechoralarni kaltaklay boshladi. U tez orada ularning 
azoblanishidan rohat olayotganini tushundi. Uni o’lim ta’qib qila boshladi. Nayrobida u 
ruhoniy Spilletto ota bilan tanishib qoldi va unga barcha qilgan gunohlarini aytib tavba 
qildi. Spilletto uni himoya qilishga va’da berdi va o’zi bilan Rimga olib ketdi. Aynan mana 
shu yerda, Rimda, u Do’zahiylar oqimi bilan tanishdi. Shaytonga sig’inuvchilar Xudoning 
qahridan qo’rquvchilarga panoh berishardi. Ular bir-birlari bilan yaqinlik qilib 


Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser 

Download 254,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish