Jinsiy yaqinlik to`g`risida ma`lumot
Mashhur olim Erik Bern jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi ma’lumot olish davrini uch qismga bo‘ladi:
1.Jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumot.
2.Jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi urtacha ma’lumot.
Jinsiy yaqinlik tugrisidagi chuqur ma’lumot. Jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotni bola 3 yoshidan 11 yoshigacha oladi. Ma’lumki, bola 3 yoshdan oshgach, tabiatdagi butun borliqqa qiziqaveradi va ota-onasiga turli-tuman savoldar beradi. Ana shunday qaltis savollar ichida «Men qayerdan paydo bulganman?» degan savol ko‘pchilikni uylantirib, qiyin ahvolga solib qo‘yishi turgan gap. Kupchilik ota-onalar bu savolga javob berolmay, «Seni laylak olib kelgan», «Seni tug‘ruqxonadan olib kelganmiz» degan mujmal javob bilan osongina qutulib quya qoladilar. Jinsiy yaqinlikni yosh bolalarga tushuntirish oson emas. Ular ko‘pincha bu jumboqning javobini o‘z tengqurlari va o‘zlaridan kattaroq yoshdagi bolalardan eshitib bilib olishadi, chunki «majlis»dagi bolalarniig hech qaysisi yolg‘on gapirmaydi yoki ota-onalariga uxshab gapni boshqa yoqqa burmaydilar. Jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi o‘rta ma’lumotni maktab o‘quvchilari 12 yoshdai 20 yoshgacha oladilar. Yoshlar jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi ma’lumotni kitoblardai, ba’zan ma’ruzalardan oladilar. Bu ma’lumotdar «Jin¬siy yaqinlik - katta qarmoqqa ilintiruvchi tuzoqli xurak», «Jinsiy yaqinlik - farishtalar hadyasi», «Jin¬siy yaqinlik - injenerlar mexanikasining g‘alabasi», «Jinsiy yaqinlik - bu itoat qilmaslik», «Jinsiy yaqinlik - bu yoqilgi, kungil xushligi» kabi tushunchalar-dan iboratdir. Bu iboralar tagida o‘ziga yarasha talqin qilinadigan ma’nolar bor. Jinsiy yaqinlik to‘g‘risida tuliq tushunchani o‘qimishli odamlar ilmiy adabiyotlardan oladilar. Masalan, miloddan avvalgi 350 yoki 677 yillarda yozilgan «Kama Sutra» asari shulardan biri hisoblanadi. Bu asarda ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlarning asosi yoritilgan. Hozirgacha bu asar Sharkda va Ovrupada jinsiy yaqinlik mavzusidagi eng ko‘p uqiladigan kitob bo'lib qolmoqda. «Kama Sutra» asaridan keyin ikkinchi o‘rinda arab maktabidan chikqan shayx Nefzaviyning «Xushbuy hid tarqatuvchi bog‘lar» asari turadi. 1400 yillarda yozilgan bu asarda ayollarning makr-hiylalaridan qanday saqlanish va jinsiy yaqinlikdan charchaganda ko‘riladigan chora-tadbirlar haqida, sog‘lom er va xotinlar uchun turish vaziyatlari haqida va boshqa fikrlar bayon etilgan. Doktor Yozef Vekerining «Sevgi to‘g‘risidagi oltin kitob» asari yuqorida nomi tilga olingan kitoblar ichida eng keyingisi hisoblanadi. Amerika Qushma Shtatlarida kattalar uchun jinsiy yaqinlik to‘g‘risida ma’lumot va maslahat beradigan bir qancha tashkilotlar mavjud. Bu tashkilotlarning ko‘pchiligi davlat ishtirokisiz va uning moliyaviy yordamisiz tashkil etilgan. Ana shunday tashkilotlardan biri «Se¬kundomer sotsiologlar maktabi» bulib, «24 : 40 va undan bir sekund ham kam emas» - uning shioridir. Buning ma’nosi «24 minutu 40 sekund vaqt sog‘lom kishining jinsiy yaqinlik qilish davomiyligi hisoblanadi,. undan bir sekund ham kam bo‘lmasligi kerak» deganidir. «Ayollar uchun ijtimoiy qoidalar jurnali» esa ayollar uchun bir qator maslahat va tavsiyalarni berib boradi. Shunday tavsiyalardai birini e’tiboringizga havola etamiz: «Erkakni «muzlatgich»dan olib, shunday bir sharoit yaratasizki, u erib, «muzligi»dan tushsin. Shularning barchasiga ozgina erkalash va issiq o‘rin qo‘shib, buni uning kuzlarida nozik tabassum paydo bulguncha juda sekinlik bilan olovda tobga yetkazasiz. Undan keyingi ish Sizga havola, uning retsepti yuq». Bu keltirilgan tavsiya, albatta, hazil-mutoibali bo‘lsada, uning tagida ma’no ham ko‘p. Bu ma’nolarni anglab yetish kitobxonga havola. Urug‘parastlik ibodatxonasini dunyoda jinsiy yaqinlik tug‘risidagi ma’lumotlar mujassamlangan maktab desak mubolag‘a qilgai bulmaymiz. Yuqorida qayd qilganimizdek, «Kama Sutra» asari bu fikrimizning bir dalili bo‘lsa, ikkinchisi Hindistonning shimoliy qismidagi Dakan yassi tog‘lari etagida joylashgan Kxadjuraxa qishlog‘i hisoblanadi. Bu yerda toshga bitilgan «sevgi san’ati»ning qomusi joylashgan. Bu yerga har yili 150 ming sayohatchi kelib ketadi. YUNESKO bu yerda joylashgan yodgorliklarni dunyo ahamiyatiga ega bulgan tarixiy yodgorliklar deb e’lon qilgan. Bu yodgorliklar 950-1050 yillarda qurilgan bulib, ilgari ularning soni 85 ta bo‘lgan, hozirgi kunda ulardan 20 tasigina saqlanib qolgan, xolos. IX-XIII asrlarda Kxadjuraxa Radjat sulolasi bulmish Chandelaning poytaxti bulgan. Chandela sulolasi uzining kelib chiqishini Oy xudosidan deb bilgan. Og‘izdan og‘izga o’tib kelayotgan rivoyatlarga qaraganda, shu sulolaning onasi bo‘lmish Xemvati Oy xudosi bilan uncha uzoq bo‘lmagan, lekin ehtirosli sevgi bog‘lanishlaridan keyin Chandela sulolasi kelib chiqqan. Shundan so‘ng sulola boshlig‘i onasi Hemvati xotirasini abadiylashtirish maqsadida ibodatxonalar qurishga buyruq beradi. Ibodatxona qurilishiga minglab mohir ustalar, haykaltaroshlar, tosh tarashlovchilar jalb qilinadi. Hamma qurilgan ibodatxonalar toshdai ishlangan bo‘lib, ular ko‘kka bo’y chuzgan. Ularda hind xudolari turli timsollarda ishlangan. Bunda iblis, tabiat kuchlarining ayol timsolidagi ilohasi aks etgan. Bulardan tashqari, pyuh oilasi va uning atrofini urab turgan xizmatkorlar, bayonlar, oddiy odamlar bilan birga o‘sha davrda ulimga hukm qilingan odamni oyog‘i bilan toptayotgan filning tasviri chizilgan. Odamlar orasida Kxadjuraxa ko’proq «hind sevgi san’ati» qomusi sifatida mashhur. Bu yerda erkak va ayol o’rtasidagi yashirin ishqiy munosabatniig har xil harakat va tasavvur qilib bulmas darajada murakkab holatlari tosh devorga uyib ishlangan suratlarda aks etgan. Kxadjuraxa ibodatxonasining barchasida ayollar ehtirosi aks ettirilgan devoriy suratlar mavjud. Ulardan birida sher orqa oyoqlarida tik turib, o‘z belida o’tirgan ayolni yutib yuborishga tayyorlanmokda, shu vaqtda boshqa ayol uning oldida tiz cho’kib o’tirib, belini bukib, quli bilan sher dumi uchini uqalab olishga harakat qilmoqda. Ayol quli harakati namoyon bo’ladi, u sher dumini o’z bo’yniga, yalang‘och kukraklariga, qorniga ishqalamoqda. Bu badiiy obraz ayol ehtirosini o’zida mujassamlashtirgan bo‘lib, sevgi ibodatxonasini ko‘rgan kuruvchilar fikricha, bu faqat ayol xohishini bildiradi. Kxadjuraxa ibodatxonasining ko‘pgina qismi Shivaga bag‘ishlangan, U buzuvchi, yemiruvchi xudo bo‘lishiga qaramay, tabiat davomiyligi, tirikligi erkakda mujassamlashganligini aytadi. Aynan erkak yangi hayotning boshlanishiga sabab bo’ladi. Shuning uchuy Hindistonda ona bo’lish orzusida yurgan ayollar Shiva xudosiga sig‘inadilar. Jinsiy yaqinlik masalasi fan sifatida o‘rganilayotganda unda quyidagi muammo va masalalar alohida e’tiborga olinishi kerak buladi: -er va xotin o’rtasidagi munosabat masalasiga bag‘ishlangan asarlarni to‘plash va o‘rganish, ularni ommaga etkazish; -sog‘lom ona va sog‘lom bola uchun kurash masalasi; -bolalar tug‘ilishini tartibga solish muammosi; -sevgining sog‘lom organizmga ta’sirini o‘rganish masalasi; -yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikoh muammosi; -yigit va qizlar o‘rtasidagi erta nikohdan o’tish muammosi.
Yuqorida aytilgan jihatlarga jiddiy e’tibor berish oilalarning mustahkam bo’lishiga, sog‘lom avlodning dunyoga kelishiga shart-sharoit yaratadi. Bugungi kunda mustaqil davlatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalashga juda katta ahamiyat berilayotgan ekan, shunga javoban olimlar va shifokorlar hamkorlikda ushbu soha bo’yicha ish olib borsalar, ayni muddao bo‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |