www.ziyouz.com kutubxonasi
42
Torn ingrab yubordi. Spidometr soatiga to’qson mil tezlikni ko’rsatardi, keyin tezlik bir
yuz o’nga chiqdi, ammo tobut solingan mashina undan ortda qolmasdi. Torn tezlikni
pasaytirmadi. Nihoyat mashina uning mashinasi bilan yonma-yon keta boshladi.
- Yo’q... - dedi Torn. - Yo’q!
Ular bir oz yonma-yon ketishdi. Keyin mashina asta-sekin oldinga o’ta boshladi. Unga
yuklangan tobut chayqalib borardi...
Tornlarning uyida Demen mashinasini katta tezlikda minib yurar, Katerina esa kursida
turganicha muvozanatini saqlashga urinardi.
Shosseda tobut ortilgan avtomobil kutilmaganda tezlikni oshirdi. Ayni shu vaqtda Demen
o’qdek uchib chiqib Katerina turgan kursiga urildi. U kursidan yiqilarkan, qo’lidagi ko’zani
tushirib yubordi va biror narsani ushlab qolishga urindi. Bo’g’iq gursillagan tovush
eshitildi. So’ngra ko’za yerga tushdi va uning parchalari atrofga sochildi. ... Katerina
qimirlamay yotardi...
Torn kasalxonaga kelganida muxbirlar bu yerga kelib ulgurishgandi. Ular Tornni
savollarga ko’mib tashlashdi, u esa Katerina yotgan palataga shoshilardi. Uyga kelganida
u Beylok xonimni tashvishli holatda ko’rdi. U Katerina yiqilib tushganini va «tez yordam»
uni kasalxonaga olib ketganini aytdi.
- Xotiningizning ahvoli haqida biror narsa deng, janob Torn! - qichqirdi muxbirlardan
biri.
- Yo’qolinglar!
- Uni «yiqilib tushgan» deyishyapti.
- Ahvoli yaxshimi?
Muxbirlar uni to’xtatib qolishga urinishdi, ammo Torn ularni yorib o’tib, yugurib ketdi.
Unga shifokor peshvoz chiqdi.
- Mening ismim Bekker, - dedi u.
- Uning ahvoli yaxshimi? - so’radi Torn xavotir bilan.
- Tuzalib ketadi. Uning miyasi chayqalgan, bir-ikkita suyagi singan.
- U homilador.
- Qo’rqamanki, endi homilador emas.
- Bolasi tushib ketdimi? - nafasi ichiga tushib so’radi u.
- Yiqilib tushgan paytdayoq. Men tekshiruv o’tkazmoqchi edim, ammo xizmatkoringiz biz
kelgunimizcha hammayoqni tozalab qo’ygan ekan.
Torn titrab ketdi va holi qurigancha devorga suyandi.
- Albatta, - davom etdi shifokor, - bu haqda batafsil ma’lumotlarni hech kimga oshkor
etmaymiz. Qancha kam odam bilsa, shuncha yaxshi.
Torn unga tikildi va shifokor uning bu haqda hech narsa bilmasligini tushundi.
- Bilasizmi, u o’zini tashlab yuborgan, - dedi u.
- ... Tashlab yuborgan?
- Uchinchi qavatdan. Bolasi va enaganing ko’z oldida.
Torn unga telbalarcha qarab turdi va devorga o’girildi. Uning yelkalari silkinardi va
shifokor Tornning yiyolayotganini bildi.
- Bunday balandlikdan yiqilganda, - qo’shib qo’ydi shifokor, - odatda bosh qattiq
jarohatlanadi. Qaysidir ma’noda uning omadi kelgan.
Torn ko’z yoshlarini tiyishga urinarkan, bosh silkidi.
- Umuman, uning omadi kelgan, - dedi shifokor. - U tirik, to’yori davolansa bunday hol
boshqa takrorlanmaydi. Akamning xotini ham o’z joniga qasd qilishga moyil edi. Bir kuni
u vannaga suv to’ldirib, unga elektr suv qaynatgichni solgan. U shu tarzda o’zini-o’zi
o’ldirishga uringan.
Torn shifokorga o’girildi.
Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser
Do'stlaringiz bilan baham: |