www.ziyouz.com kutubxonasi
37
yopishardi. Parkdan olti kvartal naridagi maktab o’qituvchisi esa qo’lidagi uzun temir
bilan sinf derazasini yopishga urinar, o’quvchilar uni kuzatib turishardi. U ruhoniy
Tassone haqida umuman eshitmagan, taqdir uni ruhoniy bilan boyolashini ham bilmasdi.
Bu vaqtda Tassone sirpanchiq va nam ko’chada yugurganicha maktab tomon kelardi. U
tor ko’chalarda maqsadsiz yugurardi. Uning kuchi qolmagan, yuragi gursillab urardi. U
binoni aylanib o’tdi va nafas rostlash uchun to’xtadi. U yuqoriga qarashni xayoliga ham
keltirmasdi. Uchinchi qavatda, uning naq tepasida derazani yopishga urinayotgan
ayolning qo’lidan temir kaltak sirg’anib tushib ketdi. Temir yuqoridan tik holatda, to’yori
ruhoniyning boshiga tushib, uning tanasini teshib o’tdi va yerga mixlab qo’ydi.
Shu lahzada yomg’ir to’xtadi. Derazadan pastga qaragan o’qituvchi qichqirib yubordi.
Parkning narigi tomonida esa odamlar peshonasida qon izi qotib qolgan haydovchining
jasadini olib kelishardi.
Bulut tarqab, quyosh yuz ko’rsata boshladi. Boshiga temir sanchilgan Tassonening
atrofiga bir to’p bolalar yig’ilishdi. Uning shlyapasidan yomg’ir tomchilari yuziga tushardi.
Tassonening og’zi katta ochilgan edi.
Ertalab Gorton pochta qutisidan gazetalarni oldi va Katerina bilan Torn nonushta qilib
o’tirishgan xonaga olib kirdi. Gorton xonadan chiqib ketayotib Torn xonim charchagan va
asabiy ko’rinishda ekanligini sezdi. U dastlab xonimning biror joyi oyorisa kerak deb
o’yladi, ammo bir kuni kasalxona peshtoqidagi yozuvdan uning shifokori Grier ruhiy
xastalarni davolovchi ekanligini bildi.
Katerina shifokorga qatnay boshlaganidan buyon kayfiyati tobora yomonlashar, endi u
doimo asabiy holatda yurardi. Uning munosabati xizmatkorlarga qo’pollik bilan buyruqlar
berishida namoyon bo’lar, bolasiga esa umuman onalik mehri yo’q edi. Eng dahshatlisi,
endi o’yoli unga yaqinlashishga intilardi. Uning uzoq vaqt farzandi mehrini qozonish
uchun qilgan harakatlari bejiz ketmagandi. Ammo Demen onasiga talpinsada, onasi
unga mehrsiz bo’lib qolgandi.
Katerina o’ziga nimalar bo’layotganini tushunmasdi. U ilgari kim bo’lganligini, orzu-
istaklarini eslar, bularning hammasi o’tib ketgan, kelajagini esa ko’rmasdi. Har bir
mayda-chuyda uni qo’rquvga solardi: telefon qo’ng’irog’i, qaynayotgan suvning ovozi
ham uni sarosimaga tushirardi... Go’yoki butun atrof uning diqqat-e’tiborida edi. U bilan
gaplashish qiyin edi. U bugun eri bilan gaplashib olmoqchi edi, lekin Demen ularga
halaqit berardi. Ertalabdanoq u onasining e’tiborini tortish uchun uning atrofida
aylanardi. Demen kichkinagina mashinasini minib, uyni boshiga ko’tarib shovqin solardi.
- Beylok xonim!!! - qichqirdi Katerina.
Xotinining ro’parasida o’tirgan Torn uning ovozidagi g’azabni ko’rib ajablandi.
- Biror narsa bo’ldimi? - so’radi u.
- Demenning shovqiniga chiday olmayapman.
- Unchalik shovqin solayotgani yo’q-ku.
- Beylok xonim! - qichqirdi u yana.
- Eshitaman, xonim?
- Uni bu yerdan olib chiqib keting, - buyurdi Katerina.
- O’ynayversin, - qarshilik bildirdi Torn.
- Olib chiqib keting deyapman!
- Xo’p bo’ladi, xonim, - dedi Beylok.
U Demenni ko’tarib, xonadan olib chiqib ketdi. Bola onasiga tikilib turar, uning ko’zlari
g’amgin edi. Buni sezgan Torn shahd bilan Katerinaga qaradi. Katerina esa uning
nigohidan ko’zlarini olib qochib, ovqat yeyishga kirishdi.
- Biz nima uchun farzandli bo’lishni istagandik, Katerina?
- Hayot tarzimiz... - javob berdi u.
Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser
Do'stlaringiz bilan baham: |