www.ziyouz.com kutubxonasi
39
xudo, bu qanday bedodlik!
— Sayohat cho‘zilib ketdi. Ular bir dillarini yozib olmasa bo‘lmasdi.
— Lekin ularning hurmati qani, komandir? Odob tuyg‘usi qani?
— Siz charchabsiz, Spender, endi narsalarga sal boshqacha qaraydigan bo‘lib qolibsiz. Ellik dollar
jarima to‘lab qo‘ying.
— Xo‘p bo‘ladi, komandir. Ammo biz ahmoqlarni qirib tashlayotganimizni Ularning ko‘rib turganini
o‘ylasam, o‘zimni tutolmay qolaman.
— Ular deganingiz kimlar?
— Marsliklar, ho tirik, ho o‘lik bo‘lsin, baribir emasmi?
— Shubhasiz, o‘liklar, — javob berdi kapitan. — Bizning bu yerdaligimizni Ular bilishadi deb
o‘ylaysizmi?
— Yangining paydo bo‘lishi haqida eski har doim hech narsa bilmaydi deysizmi?
— Qaydam? Siz ruhlarga ishonasiz, chamasi?
— Men mehnat bilan qilingan narsalarga ishonaman. Chor atrofda esa bu yerda qancha narsa
qilingani yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu yerda ko‘chalar bor, uylar ham bor, kitoblar ham bor, ehtimol,
keng kanallar, soatli minoralar, garchi otlar uchun bo‘lmasa-da, suvloqlar ham bordir, ular, qandaydir
uy hayvonlari, deylik, o‘n ikki oyoqli bir jonzot bo‘ladimi, biz qayoqdan bilib o‘tiribmiz, o‘shalar uchun.
Qayoqqa qaramang, hamma joyda foydalanilgan narsalar va inshootlar. Ularga teginishgan, ularni
ko‘p asrlar davomida iste’mol qilishgan. Mendan so‘rang-a, foydalangan odamlar ularning ichiga
qo‘ygan buyumlar qalbiga men ishonamanmi yo yo‘qmi? — men “ha” deb javob bergan bo‘lardim.
Ular bo‘lsa, atrofimizda — har qaysisining o‘z vazifasi bo‘lgan narsalar. O’z nomlari bo‘lgan tog‘lar. Bu
narsalardan foydalanib biz o‘zimizni, albatta, noqulay sezamiz. Tog‘larning nomlari ham bizga
qanaqadir g‘alati eshitiladi — biz ularni hisobdan o‘chirib tashlaymiz, qadimgi nomlarga bo‘lsa, jin
ham urmagan, allaqaerda makon va zamonda mavjud ular, kim uchundir tog‘lar, ular haqidagi
tasavvurlar aynan o‘sha nomlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Kanallarga, shaharlarga, cho‘qqilarga biz bergan
nomlar ulardan goh silkingandagi suvdek to‘zib ketadi. Biz Mars bilan har qancha daxldorlik qilmaylik,
baribir haqiqiy munosabat hech qachon qaror topishi mumkin emas. Oxir-oqibat, bu bizni jinni qilib
qo‘yadi va bilasizmi, biz Marsni nima qilamiz? Biz uning ichak-chavog‘ini ag‘dar-to‘ntar qilamiz, terisini
shilamiz va o‘zimizning didimizga qarab boshqatdan kiyim bichamiz.
— Biz Marsni vayron qilmaymiz, — dedi kapitan. — U haddan tashqari buyuk va ulug‘vor.
— Iymoningiz komilmi? Biz yerliklarda buyuk va go‘zal narsalarni vayron qilish iste’dodi bor. Agar
biz Misrda Qarnoq ehromi xarobalari orasida tamaddixona ochmagan bo‘lsak, buning sababi
shundaki, xarobalar qiyalikda joylashgan va u yerda tijorat ishlari yurishmaydi. Ammo Misr
sayyoramizning bir bo‘lagi, xolos. Bu yerda esa — bu yerda hamma narsa qadimiy, hamma narsa bir-
biriga o‘xshamaydi. Biz bu yerda bir joyda turib olamiz-da, bu olamni rasvoi raddi ma’raka qilamiz.
Mana bu kanalni Rokfeller sharafiga nomlaymiz, mana bu toqqa qirol Georg nomini beramiz, dengizni
Dyupon dengizi deb atay boshlaymiz, hov anovi yerda Ruzvelt, Linkoln va Kulij shaharlari bo‘ladi,
lekin bularning barchasi noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki har bir joyning o‘z xususiy nomi bor.
— Bu endi, siz qadimshunoslarning ishingiz, eski nomlarni kavlab topasizlar, bizlar-chi, biz xo‘p
deymiz-da, ulardan foydalanaveramiz.
— Bizga o‘xshagan bir hovuch odamlar — barcha ishbilarmonlar va trestrlarga qarshimi? —
Spender ma’dandan quyilgan tog‘larga qaradi. — Ular bu yerda paydo bo‘lganimizni, ularni rasvoi
raddi ma’raka qilishimizni biladilar; bizni yomon ko‘rganlaricha ham bor-da.
Kapitan boshini chayqadi.
— Bu yerda yomon ko‘rish degan narsa yo‘q. — U shamolga qulog‘ini tutdi. — Ularning
shaharlariga qarab fikr qiladigan bo‘lsak, ular yaxshi, chiroyli, dono odamlar bo‘lganlar. Ular o‘z
taqdirlaridan rozi bo‘lganlar. Binobarin, nom-nishonsiz qirilib ketishlariga ham rozi bo‘lganlar, alam
ustida oxirida hech qanday qirg‘inbarot urush ochishni xayollariga keltirmaganlar. O’z shaharlarini
nest-nobud qilib o‘tirmaganlar. Biz shu paytgacha ko‘rgan barcha shaharlar to‘la-to‘kis saqlanib
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |