Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Ayting-chi, nima ekan? 
— Suvchechak, — qisqagina javob berdi Xeteuey. 
— Bo‘lishi mumkin emas! 
— Xuddi shunday. Men tekshirdim. Suvchechak ekan. Uning ta’siri marsliklarga yerliklardan 
butunlay boshqacha ekan. Hamma gap moddalar almashinuvida ekan. Ular kuygan g‘o‘ladek qorayib 
qurib ketgan, mo‘rt laxtaklarga aylangan. Ammo bu suvchechak, bunga shubha bo‘lishi mumkin 
emas. Bundan shu narsa kelib chiqqadiki, York ham, kapitan Uilyams va kapitan Blek ham — har 
uchala sayyoh Marsgacha yetib borishgan. Keyin ularga nima bo‘lgani yolg‘iz xudoga ma’lum. Lekin 
biz shu narsani aniq bilamizki, ular marsliklarni shu ko‘yga solishgan. 
— Hech joyda hayot alomati yo‘qmi? 
— Ehtimol, bir qancha marsliklar vaqtida bir narsani anglab olganlar va toqqa chiqib ketganlar. 
Ammo shunday bo‘lgan taqdirda ham qasam ichib aytamanki, marsliklardan qo‘rqmasa ham bo‘ladi, 
ular haddan tashqari oz. Marsliklarning qo‘shig‘i aytib bo‘lingan. 
Spender qayrildi-da, yana gulxan oldiga o‘tirib, olovga tikildi. Suvchechak emish, yo tavba, 
suvchechakka balo bormi! Sayyora aholisi million yillar davomida rivojlanadi, o‘z madaniyatini 
takomillashtiradi, mana bunaqa shaharlar quradi, go‘zallik haqida orzu va tasavvurlarini har qanday 
yo‘llar bilan ma’qullatishga urinadi va — oxirida halok bo‘ladi. Bir qismi eramizgacha o‘lib — ularning 
muddati tugagan va ular jimgina jon berishgan, o‘limni sharaf bilan kutib olishgan. Ammo boshqalar-
chi! Ehtimol, qolgan marsliklar dahshatli biron-bir kasallikdan qirilib ketishgandir! Hecham bunaqa 
emas. Ularning boshiga suvchechak yetgan, bolalar kasalligi. Bu kasallik Yerda hatto bolalarni ham 
o‘ldirolmaydi! Bu to‘g‘ri emas, adolatdan emas. Bu qadimgi yunonlarning buqoqdan o‘lib ketgan, 
mag‘rur rimliklarning esa ajoyib tepaliklarda so‘gal  qirg‘in keltirgan degan cho‘pchaklarga ishonish 
bilan baravardir! 
Biz asli marsliklarga dafn marosimlarini tayyorlab olishlariga, kerakli qiyofaga kirib olishlariga va 
o‘lim uchun biron-bir sabab o‘ylab topishlariga vaqt va imkon bersak bo‘lar ekan. Bunday emas-da, — 
allaqaerdagi sharti ketib, parti qolgan, ahmoqona suvchechak emish! Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin 
emas! Bu ular me’morchiligining ulug‘vorligiga, ularning butun olamiga aslo mos kelmaydigan gap! 
— Bo‘pti, Xeteuey, endi tamaddi qilib oling. 
— Rahmat, kapitan. 
Bo‘ldi! Hammasi esdan chiqdi. Endi butunlay boshqa narsa haqida gaplashishyapti. 
Xayol surishda davom etgancha Spender hamrohlarini kuzatardi. Tizzasidagi likopchada turgan 
ovqatga qo‘l ham urmadi. Havo yanada sovuqroq bo‘lgan edi. Yulduzlar yaqinroq kelib, yorqinroq 
charaqlay boshlagan edi. Agar kimdir ovozini haddan tashqari baland ko‘tarib gapira boshlasa, 
kapitan bosiqqina javob berardi, ular ham beixtiyor kapitanga taqlidan ovozlarini pasaytirar edilar. 
Bu yerda havo shu qadar tozaki! Spender uzoq o‘tirdi, toza havodan to‘yib-to‘yib nafas oldi. 
Vujudiga turfa bo‘ylar oqib kirdi, u hatto bular qanday bo‘y ekanligini ham anglayolmay qoldi: gulmi, 
kimyoviy moddami, changmi, shamolmi... 
— Yoki bo‘lmasa, anovi Nyu-Yorkdagi voqeani olaylik, men mallasoch qiz bor-ku, — hah, oti nima 
edi-ya, esimdan chiqibdi... Ha, Ginni! O’shani ilashtirgandim! — Bo‘kirdi Biggs. — Qizmisan qiz edi-da 
o‘ziyam! 
Spender g‘ujanak bo‘lib oldi. Uning qo‘llari titrardi. Ingichka yupqa qovoqlari tagidagi ko‘zlari 
besaranjom o‘ynardi. 
— Ana shu Ginni menga aytadiki... — davom etdi Biggs. 
Do‘stona qah-qah ko‘tarildi. 
— Man ham uni bopladim! — qichqirdi Biggs shishani qo‘lidan qo‘yib yubormay. 
Spender likopchasini bir chetga olib qo‘ydi. Salqin shamol epkiniga quloq tutdi. Oppoq Mars uylarini 
zavqlanib tomosha qila boshladi. Suvi qurib qolgan dengizdagi muz tog‘larining o‘zginasi... 
— Zo‘r qizaloq edi-da, qiyomat! — Biggs shishani keng dahaniga to‘nkardi. — Qanchasini ko‘rdim 
— bittasi ham unaqa emasdi! Havoni Biggsning badanidan taralayotgan terning qo‘lansa hidi tutdi. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish