Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
qolgan. O’ylashimcha, biz ularga o‘tloqda, maysazorda o‘ynab yurgan bolalarchalik ham xalaqit 
berayotganimiz yo‘q, — boladan nimani ham talab qilib bo‘lardi? Kim biladi deysiz, balki oxir-oqibatda 
bizni yaxshi tomonga o‘zgartirib yuborar. Biggs bizga mana bu ko‘ngilxushlikni tiqishtirguncha 
odamlarimizning odatdan tashqari xulq-atvorlariga hech e’tibor qildingizmi, Spender? Ular o‘zlarini 
qanchalik odobli, hattoki hadikli tutdilar! Bo‘lmasa-chi, bular bilan yuzma-yuz turib, shu narsani darhol 
fahmlaysanki, biz u qadar kuchli emasmiz. Biz bor-yo‘g‘i kalta ishton kiygan bolalarmiz, shovqintalab 
va qo‘nim topmas bolalar, ular o‘z raketachalari va atom qo‘g‘irchoqlari bilan o‘ynashdan boshqani 
bilmaydilar. Ammo qachondir Yer xuddi hozirgi Marsga o‘xshab qolgusidir. Binobarin, Mars bizni 
hushyor qilib qo‘yadi. Tamaddun tarixi bo‘yicha tayyor ko‘rgazmali qurol. Foydali saboq. Endi esa — 
boshingizni g‘oz tuting! Borib kayf-safo qilaylik. Ha. Jarima o‘z kuchida qoladi. 
Biroq ko‘ngilxushlik tatimaydi. O’lik dengizdan qattiq shamol esa boshlaydi. U fazogirlar atrofida, 
kapitan va Jeff Spender atrofida uyur hosil qilar edi, ular sheriklari oldiga qaytib borishayotgan edi. 
Shamol changni to‘zitar va charaqlagan raketani siypab o‘tar, akkordeonni chertar edi, chang 
almisoqdan qolgan sibizg‘ani qopladi. U kishilarning ko‘zlariga kirar va shamoldan havoda baland 
pardalarda allaqanday kuy sado berar edi. Birdan shamol qanday boshlangan bo‘lsa, shunday tindi. 
Ammo ko‘ngilxushlik ham tingan edi. 
Odamlar loqayd tim-qora osmon ostida harakatsiz qotib qoldilar. 
— Qani yigitlar, bo‘linglar! — Top-toza, quruq kiyimda Biggs Spender qaramaslikka harakat qilib
raketadan sakrab chiqdi. Uning ovozini go‘yo hech kim eshitmagandek javobsiz qolaverdi. Go‘yo 
atrofda hech kim yo‘qdek. — Hammalaring bu yoqqa kelinglar! 
Hech kim joyidan qimir etmadi. 
— Hoy Uayti, sibizg‘ang qani? 
Uayti qandaydir kuyni puflab chaldi. Sibizg‘adan soxta va beo‘xshov ovoz chiqdi. Uayti sibizg‘ani 
siltab, so‘lakni tushirdi-da, uni cho‘ntagiga joyladi. 
— Bu qanaqasi, azaga kelganmisizlar? — tinib-tinchimasdi Biggs. 
Kimdir akkordeonni mahkam quchoqlab olgan edi. U o‘layotgan jonivorga o‘xshab bo‘g‘iq ovoz 
chiqardi. Bor-yo‘g‘i shu. 
— Bo‘pti, unda biz shisha bilan ikkalamiz ko‘ngilxushlik qilamiz. — Biggs raketaga suyanib o‘tirib 
oldi-da, cho‘ntak flyajkasini og‘ziga olib bordi. 
Spender undan ko‘zini uzmasdi. Uzoq qimir etmay turdi. Keyin uning barmoqlari ohista, sekinlik 
bilan titrayotgan soni bo‘ylab yuqoriga o‘rladi, to‘pponchani paypasladi va charm g‘ilofni silay 
boshladi. 
— Kim xohlasa, men bilan shaharga borishi mumkin, — e’lon qildi kapitan. — Raketa yonida 
qo‘riqchi qoldiramiz-da, qurol olib olamiz — har ehtimolga qarshi. 
Xohlovchilar safga tizilishdi va tartib bilan o‘zlarini sanab chiqishdi. Safga kelib qo‘shilgan Biggs 
bilan ular o‘n to‘rtta bo‘lishdi, Biggs hamon xoxolab kular va shishani silkitar edi. Olti odam qoladigan 
bo‘ldi. 
— Qani, ketdik! — bo‘kirdi Biggs. 
Dasta indamay sutdek oydin vodiydan odimlab ketdi. Ular bir-birini quvib kelayotgan ikki oy 
nuridan charog‘on mudroq-o‘lik shahar chekkasiga kelishdi. Ularning oyoqlari ostidan cho‘zilgan 
soyalar qo‘shaloq edi. Bir necha daqiqagacha fazogirlar nafaslarini ichlariga yutib turdilar. Ana-mana 
bu hayotsiz shaharda nimadir qimirlashini, qandaydir xira ko‘lka paydo bo‘lishini, hosilsiz dengiz 
tubidan asl zoti noma’lum bo‘lgan otda zirh va sovutlarga burkangan keksa chavandoz arvohning ot 
qo‘yib kelishini kutar edilar. 
Spenderning tasavvuri huvillagan shahar ko‘chalariga jon kiritmoqda edi. Xiyobonlardan, to‘s 
bosgan toshlardan odamlarning arvohlari moviy nur taratib yurib kelar, anglab bo‘lmas g‘udranishlar, 
g‘alati jonivorlar kulrang qizg‘ish qumda o‘qdek uchib chopar edilar. Har bir derazada kimdir turar va 
deraza rahidan egilgancha, xuddi abadiyat suviga g‘arq bo‘lgandek, asta qo‘lini uzatar, oyning 
kumush nurlariga cho‘milgan minora tagidagi tubsiz bo‘shliqda harakat qilayotgan qandaydir 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish