Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
Kapitan taysalladi, so‘ng o‘rnidan turdi-da, joyidan qimirlamay turish uchun pastga yotib olgan 
dastasiga qarab qichqirdi. 
Spender uni nuqsonsiz muzdek marmar bilan tiklangan mo‘‘jazgina mars qishlog‘iga olib bordi. Ular 
ulkan hayvonlar tasviri tushirilgan katta ravoqlarni ko‘rishdi. Tasvirlar ichida oq panjali mushuklar va 
quyosh ramzini bildiruvchi sariq doiralar bor edi, ho‘kizlarni esga soluvchi hayvon haykalchalari
erkaklar, ayollar va tumshug‘i ulkan bahaybat itlarning siymolari ko‘zga tashlanardi. 
— Mana sizga javob, kapitan. 
— Ko‘rmayapman. 
— Marsliklar hayvonlar hayotining sirini bilib olganlar. Hayvon yashashning ma’nosini bilolmaydi. U 
yashaydi. Yashash uchun yashaydi. Uning uchun javob hayotning o‘zidan iborat, sevinchi ham, lazzati 
ham shuning ichida. Mana bu haykalga bir qarang-a: hamma joyda ramziy hayvonlar tasviri. 
— Majusiylikka ham o‘xshab ketadi. 
— Aksincha, bu xudoning ramzi, hayotning ramzlari. Marsda ham Insonga insondan juda ham ko‘p 
narsa va hayvondan juda ham oz narsa yuqib qolgan paytlar ham bo‘lgan. Lekin Marsdagi odamlar 
bir narsani tushunganlar:  tirik qolish uchun hayotning ma’nosi nima ekanini kavlashtirishni bas qilish 
kerak. Hayotning o‘zi tayyor javob. Hayotning maqsadi hayotni qayta tiklash va uni iloji boricha 
yaxshiroq tashkil etish. Marsliklar, nima uchun yashash kerak, degan savol ularda javob berish 
mumkin bo‘lmagan ayni qizg‘in urush va musibatlar paytida tug‘ilganini payqab qolganlar. Tamaddun 
muvozanat va barqarorlik kasb etdi. Urushlar tindi deguncha bu savol yana bema’ni bo‘lib qoldi, 
butunlay boshqacha bema’ni. Hayot yaxshi bo‘lganda, u haqda bahs ochishga na hojat! 
— Gapingizga qaraganda, marsliklar ancha sodda bo‘lishgan ekan-da? 
— Soddalik o‘zini oqlagan joyda, albatta. Ular hamma narsani dabdala qilish, hamma narsani ostin-
ustin qilishga intilish kasalligidan forig‘ bo‘lganlar. Ular din, san’at va fanni bir-biri bilan uyg‘unlashtirib 
yuborganlar: axir fan oxir-oqibatda biz tushuntirib berishdan ojiz bo‘lgan mo‘‘jizani tadqiq etishi
san’at esa, mana shu mo‘‘jizani talqin etishi kerak bo‘lgan. Ular fanning go‘zallikni, nafosatni barbod 
etishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Bular hammasi me’yor masalasidir. Yerliklar shunday mulohaza qiladilar: 
mana bu suratda rang yaxshi chiqmagan, fan esa rang — bu bor-yo‘g‘i modda zarralarining muayyan 
joylashuvi, aks etayotgan nurning alohida qiyofasi ekanini isbotlay oladi. Binobarin, rangi mening 
nigohimga tushgan predmetlarning haqiqiy vositalari hisoblanadi. Undan ko‘ra aqlliroq bo‘lgan marslik 
shunday degan bo‘lar edi: “Bu ajoyib surat. Uni ilhombaxsh inson qo‘li va miyasi bilan yaratgan. 
Uning g‘oyasi va bo‘yoqlariga hayot bergan. A’lo narsa”. 
Ular jim qolishdi. Kechki quyosh nurlariga ko‘milib o‘tirishar ekan, kapitan unsiz marmar 
shaharchani qiziqish bilan tomosha qila boshladi. 
— Mana bu yerda jon-jon deb yashagan bo‘lardim, — dedi u. 
— Xohlasangiz bo‘ldi. 
— Siz menga taklif etayapsizmi? 
— Odamlaringiz ichida bularning barchasini kim yaxshi tushuna oladi? Ular o‘zlariga yetguncha 
dimog‘dor, endi ularni to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Ular bilan Yerga qaytishingizga na hojat! Jons bilan 
pachakilashganimi? Xuddi Smitdagidek vertolyot sotib olganimi? Qalb bilan emas, hamyon bilan 
musiqa eshitish uchunmi? Bu yerda bir hovlida men bir mars musiqasi yozuvini topib oldim, u kam 
deganda ellik ming yil oldin yozilgan ekan. U hali ham binoyidek ovoz beradi. Bunaqa musiqani 
hayotda boshqa hech bir joyda eshitmaysiz. Qolsangiz, siz ham eshitar edingiz. Bu yerda kitoblar bor. 
Men ularni bemalol o‘qiy olaman. Siz ham o‘qir edingiz. 
— Bari bir-biridan maroqli narsalar. 
— Shunday bo‘lsa ham qolmaysizmi? 
— Yo‘q. Ammo taklifingiz uchun baribir rahmat aytaman. 
— Demak, ma’lum bo‘lishicha, siz meni tinch qo‘yish niyatida emassiz. Men barchangizni 
o‘ldirishimga to‘g‘ri keladi. 
— Siz nekbinsiz. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish