Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
ketishdi, ular goh jazirama yonbag‘irdan yuqoriga o‘rlar, goh muzdek, to‘s hidi anqib turgan 
mag‘oralarga sho‘ng‘ib ketishar, goh obdon qizigan tosh hovuriga to‘liq charog‘on ochiq maydonda 
paydo bo‘lib qolar edilar. 
“Yuragingdan o‘zingni epchil his qilib, unday bo‘lishni istamaganingdan keyin, — o‘yladi kapitan, — 
bu epchillik va jonsaraklik ham ko‘zingga balodek ko‘rinib ketar ekan. Bildirmay kirib borish, har xil 
nayranglarni o‘ylab topish va o‘zingning makkorliging bilan faxrlanish, yuragimdan o‘zimning haq 
ekanligimga ishonmaganimdan keyin unday haqgo‘ylik tuyg‘usini boshimga uramanmi! Xo‘sh, bunday 
olib qaraganda, biz kimmiz? Ko‘pchiligimiz?... Ko‘pchilik har doim aybsiz bo‘lib kelganligi shunga javob 
emasmi? Har doim ko‘pchilik hatto tariqcha adashishi mumkin emas, shunday emasmi? Hatto o‘n 
million yilda ham bir marta adashmaydi...” 
U xayol surishda davom etdi: “Bu ko‘pchilik degani o‘zi nima-yu, unga kimlar kiradi? Ular nima 
haqda o‘ylaydilar, ular nima uchun aynan shunday bo‘lib qolganlar, nahotki hech qachon 
o‘zgarmaydilar? Qolaversa, men bu la’nati ko‘pchilik ichiga qanday jin urib kirib qoldim? Hech o‘zimga 
kelolmayman. Bunga sabab nima: klosstrofobiya, olomondan qo‘rqishmi yoki shunchaki sog‘lom 
fikrmi? Butun dunyo o‘zining haqligiga amin bo‘lib turganida bitta odam haq bo‘lib chiqishi 
mumkinmi? Keling, bu haqda o‘ylamaylik. Qornimizda o‘rmalaylik, biqinib olaylik, tepkini bosaylik! 
Mana shunday! Shunday!” 
Uning odamlari kimo‘zarga chopishar, yiqilishar, yana olg‘a qarab chopishar, soyada bir oz qo‘nim 
topib, tishlarini tirjaytirishar, og‘izlari bilan nafas olar edilar, chunki havo og‘ir edi,  unda chopish 
beshbattar og‘ir edi; og‘ir havoda, ora-chora besh daqiqa o‘tirib, og‘ir-og‘ir nafas olgancha tin olmasa 
bo‘lmas edi, — ko‘zlarining oldida o‘t chaqnar edi, — kislorodni shuncha ichga tortgan bilan hech kim 
to‘ydim demasdi, oxir tishni-tishga bosib, yana oyoqqa turishga va bu og‘ir havoni o‘t va 
momaqaldiroq bilan parcha-burish qilib tashlash uchun vintovkani ko‘tarishga to‘g‘ri kelardi. 
Spender kapitan uni tashlab ketgan yerda yotgancha ta’qibchilarga qarab ahyon-ahyonda o‘q uzib 
qo‘yar edi. 
— Uning la’nati miyasini toshlarda ezg‘ilayman!— bo‘kirdi Parkxill va yonbag‘irdan yuqoriga qarab 
chopib ketdi. 
Kapitan ser Parkxillni nishonga oldi, keyin unga o‘qrayib qaragancha to‘pponchasini bir chetga 
qo‘ydi. 
— Nima qilmoqchi edingiz? — so‘radi u holsizlangan qo‘li va to‘pponchadan ko‘z uzmay. 
U sal bo‘lmasa Parkxillning orqasidan otib tashlayozdi. 
— Yo alhazar, menga nima bo‘ldi? 
U Parkxillning chopib ketayotib yiqilganini, pana joy topib olganini ko‘rdi. Spenderning atrofida 
siyrak odamlar qatori asta saf tortmoqda edi. U cho‘qqida, ikkita xarsang ortida, havo 
yetishmasligidan og‘zini horg‘in qiyshaytirib yotardi, qo‘ltiqlari tagida qop-qora ter dog‘lari paydo 
bo‘ldi. Kapitan bu xarsanglarni aniq ko‘rib turar edi. Ikki xarsangni bir-biridan ajratib turgan o‘n 
santimetrlarcha oraliqdan Spenderning ko‘ksi ko‘rinib turardi. 
— Hoy! — deb qichqirdi Parkxill. — Miyangning  qatig‘ini chiqarishga bitta o‘qni g‘amlab 
qo‘yibman! 
Kapitan Uaylder kutardi. “Ha, Spender, bo‘sh kelma, — o‘ylardi u. — O’zing o‘ylaganingdek, 
tuyog‘ingni shiqillat! Yana bir necha daqiqadan keyin kech bo‘ladi. Ket, keyin yana chiqasan. Xo‘sh! 
Ketaman deb aytuvding-ku. O’zing qidirgan mana bu mag‘oralarga gumdon bo‘lsang-chi, kirib ol-da, 
bir oy, bir yil, ko‘p yillar yotaver. O’zingning g‘aroyib kitoblaringni o‘qi, ehrom hovuzlaringda cho‘mil. 
Qani, hoy odamvachcha, fursat g‘animatda quyon bo‘lib qolsang-chi”. 
Spender joyidan qimir etmasdi. 
“Unga nima bo‘lgan o‘zi?” — so‘radi o‘zidan kapitan. 
U to‘pponchasini oldi. Odamlarning bir panadan boshqa panaga chopib o‘tishlarini kuzatib turdi. 
Mo‘‘jazgina, shinam mars qishlog‘i minoralariga ko‘z  soldi — bamisoli quyosh nuridan charaqlagan 
kungirador o‘yma shaxmat donalariga o‘xshardi ular so‘ng. Nigohini xarsanglarga va Spenderning 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish