Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
ko‘kragini ko‘rsatib turgan oraliqqa oldi. 
G’azabdan o‘kirgancha Parkxill oldinga otilib chiqdi. 
— Yo‘q, Parkxill, — dedi kapitan. — Sizning bunday qilishingizga men yo‘l qo‘yolmayman, boshqa 
birovga ham. Ichingizdan hech biringizga. Men o‘zim. 
U to‘pponchasini ko‘tarib nishonga ola boshladi. 
“Bundan keyin mening vijdonim sof bo‘larmikan? — so‘radi o‘zidan kapitan. — Buni o‘z zimmamga 
olib, to‘g‘ri qilayapmanmi? Ha, to‘g‘ri. Bilaman. Nima qilayotganimni va nima uchun qilayotganimni 
bilaman. Nima qilsam, hammasi to‘g‘ri, axir buni men qilishim kerakligiga imonim komil-ku. Bu 
qarorimni bir umr oqlab o‘tishimga umid ham qilaman va ishonaman”. 
U Spenderga boshini irg‘ab qo‘ydi. 
— Ketdik! — qichqirdi u shivirlab; tabiiyki buni o‘zidan boshqa hech kim eshitmadi. — Yana o‘ttiz 
soniya muhlat beraman senga, o‘ttiz soniya. 
Bilagidagi soat chiq-chiq qilar edi. Kapitan milning yugurishini kuzatdi. Uning odamlari chopib 
oldinga harakat qilishdi. Spender joyidan qimir etmas edi. Soat uzoq va juda qattiq, to‘g‘ri 
kapitanning qulog‘iga chiqillar edi. 
— Ket, Spender, tezroq ket! 
O’ttiz soniya o‘tib ketdi. 
To‘pponcha hamon nishonda edi. Kapitan chuqur xo‘rsindi. 
— Spender, — dedi u uf tortib. 
U tepkini bosdi. 
Quyosh nurida tosh uzra ixchamgina chang bulutchasi paydo bo‘ldi — bor-yo‘g‘i shu! O’q ovozi aks 
sado berib yangradi-yu, darrov tindi. 
 
Kapitan o‘rnidan turdi-da, odamlarga qarab qichqirdi: 
— U o‘ldi. 
Ular ishonishmadi. Ular turgan joyidan xarsanglar o‘rtasidagi ochiq tirqish ko‘rinmasdi. Ular 
kapitanning yonbag‘irdan yuqoriga qarab bir o‘zi chopib borayotganini ko‘rib turishardi va u yo juda 
botir, yoki aqldan ozgan degan qarorga kelishdi. 
Bir necha daqiqa o‘tgandan keyingina ular kapitanning ketidan chopishdi. Ular jasad atrofiga 
to‘planishdi, shunda kimdir so‘radi: 
— Yuragidan otibdimi? 
Kapitan ko‘zini yerga oldi. 
— Yuragidan, — dedi u. U Spenderning jasadi ostidagi tosh rangi o‘zgarayotganini payqadi. — U 
nega kutib turganini bilmoqchiman. U o‘zi o‘ylagandek nima uchun ketmaganini bilmoqchiman. U 
nega uni o‘ldirishlarini kutib turganini bilmoqchiman. 
— Kim biladi? — dedi kimdir. 
Spender esa ularning oldida yotardi, uning bir qo‘li to‘pponchani qisib olgan, ikkinchi qo‘lida esa 
quyoshda charaqlab turgan kumush kitob bor edi. 
“Balki bularning barchasi men tufaylidir? — so‘radi kapitan. — Ularga qo‘shilishni rad etgani 
uchundir? Balki meni o‘ldirishga Spenderning qo‘li bormagandir? Kim bilsin, men ulardan nimam 
bilandir farq qilaman. Balki, hamma gap shundadir. U, ehtimol, menga ishonsa bo‘ladi, deb 
o‘ylagandir. Yoki boshqa javob ham bormi?” 
Boshqa javob yo‘q edi. U jasad oldida cho‘nqayib o‘tirib oldi. 
“Men buni o‘zimning hayotim bilan oqlashim kerak. Endi men uni alday olmayman. Bordi-yu, u 
men nimam bilandir unga o‘xshaganim uchun meni o‘ldirmagan bo‘lsa, unda men juda ko‘p ishlar 
qilishim kerak bo‘ladi! Ha, ha, albatta, shunday bo‘ladi. Men — o‘sha Spenderman, u mening 
vujudimda yashab qoladi, o‘q uzishdan oldin faqat men o‘ylayman. Men umuman o‘q uzmayman, 
o‘ldirmayman. Men odamlarni boshqaraman. U meni o‘zidan, faqat boshqa sharoitlarda ko‘rgani 
uchungina meni o‘ldira olmas edi.” 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish