Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
bunchalik oyog‘i osmondan ekanini tushunib olishimga vaqtim bo‘ladi. 
— Chakki o‘ylamagansiz, dadajon, — dedi Tomas; uning qoracha qo‘llari dam olgancha rul 
chambari ustida yotardi. Uning kayfiyati a’lo edi. Ketma-ket o‘n kun bir yangi qishloqda ishladi, endi 
ikki kun ta’til olib, bayramga ketmoqchi bo‘lib turibdi. 
— Endi boshqa hech narsaga hayratlanmay ham qo‘yganman, — davom etdi chol, — tomosha 
qilaman, vassalom. Taassurot to‘playapman desam ham bo‘ladi. Agar senga mana shu Mars 
yoqmayotgan bo‘lsa, yaxshisi, Yerga qaytib keta qol. Bu yerda hammasi oyog‘i osmondan: tuproq, 
havo, kanallar, tub odamlar, (to‘g‘ri, men hali ulardan bittasini ham ko‘rganim yo‘q, lekin 
aytishlaricha, ular allaqaerlarda kezib yurar emishlar), soatlar; mening soatim ham firib bera 
boshlagan. Bu yerda hatto vaqt ham oyog‘i osmondan. Goho turib-turib bu la’nati sayyorada mendan 
boshqa bitta ham tirik jon yo‘q, bitta o‘zimman, deb o‘ylab qolaman. Bo‘m-bo‘sh. Gohida esa go‘yo 
men sakkiz yashar bolakayman. Chillashirman, atrofdagilar esa barchasi otday sog‘lom! Xudo haqqi
bu yer keksa odam uchun bopta joy ekan. Bu yerda mudrash yo‘q ekan, qandaydir baxtli bo‘lib 
qoldim. Bilasanmi, Mars nima degani? U menga yetmish yil oldin rojdestvoda sovg‘a qilishgan narsani 
bir chaqaga olmaydi. Bilmadim, bunday narsani sen qo‘lingga olib ko‘rganmikansan:  ularning 
kaleydoskopi emish, ichida billur parchalari, laxtaklar, munchoqlar, har turli mayda-chuyda 
taqinchoqlar... Ularning orasidan quyoshga qarasang — og‘zing lang ochilib qoladi! Boshdan-oyoq 
kashta! Ana shunaqa! Mars degani shu bo‘ladi. Agar uni o‘zingdan begona qilishni istamasang, 
tomosha qilib lazzatlan-u, biron narsa so‘rama. Ey, xudo, bilasanmi, yo‘qmi, mana bu ko‘rib turganing 
katta yo‘lni marsliklar o‘n olti asr muqaddam yotqizishgan, lekin haligacha shunday turibdi! Bir dollar 
va ellik tsentni cho‘zib qo‘y-da, oq yo‘l, marhamat, ketaver! 
Tomas so‘zsiz jilmaygancha mashinasini eski shossedan uchirib ketdi. 
Tog‘lar oralab uzoq yurishdi, qorong‘iliklardan o‘tishdi, u rulni ushlab ketar ekan, ora-sira bir qo‘lini 
savatga suqib, u yerdan dirildoq olar edi. To‘xtovsiz bir soatdan ko‘proq yelib kelishayotgan bo‘lsa-da, 
ro‘paradan bitta ham mashina, bitta ham chiroq uchramadi, faqat tasmadek cho‘zilgan yo‘l, 
motorning tarillashi-yu, g‘uvillashi va atrofni qamrab olgan sokin, unsiz Mars ko‘zga tashlanadi, xolos. 
Mars — har doim tinch, bu tun esa har doimgidan ham tinchroq edi. Tomasning ko‘z oldidan cho‘llar, 
qurib qolgan dengizlar, yulduzlar oralig‘idagi cho‘qqilar lip-lip o‘tar edi. 
Bugungi tunda havoda Vaqt hidi anqirdi. Miyasiga kelgan bu fikrdan u xayolan jilmayib qo‘ydi. 
Yomon fikr emas. Aslida-chi? Vaqtning hidi qanaqa bo‘ladi? Changmi, soatmi, odammi? Bundoq o‘ylab 
ko‘rganda bu vaqt degani o‘zi qanaqa bo‘ladi? Eshitsa bo‘ladimi? U bir qarasang zim-ziyo mag‘orada 
shildirab tushayotgan suv, bir qarasang chorlayotgan tovush, bir qarasang bo‘sh quti qopqog‘iga 
to‘kilayotgan tuproqning shuvullashi, bir qarasang yomg‘ir. Qani, yuraveraylik-chi, vaqtning qanday 
ko‘rinishini so‘rab olarmiz. U qop-qorong‘i quduqqa tovushsiz uchib tushayotgan qorning o‘zginasi 
yoki xuddi pastga, hech narsaning ichiga tushayotgan, yangi yil sharlariga o‘xshagan yuz milliardlab 
chehralar suvratga olingan qadimiy tovushsiz film. Vaqtning hidi ana shunaqa bo‘ladi va uning 
ko‘rinishi hamda quloqqa eshitilishi ham xuddi shunaqa bo‘ladi. Bugungi tunda — Tomas bir qo‘lini 
yon darchadan  chiqardi, — bugungi tunda uni hatto qo‘l bilan paypaslab ko‘rsa ham bo‘ladigandek 
tuyulayapti. 
U mashinani Vaqt tog‘lari ichidan haydab borardi. Nimadir bo‘yniga qadaldi va Tomas diqqat bilan 
oldinga qaragancha, gavdasini tikladi. 
U bir mo‘‘jazgina o‘lik mars shaharchasiga kirib keldi, motorni o‘chirdi va uni qurshab turgan 
sukunat qo‘yniga ko‘zlarini tikdi. Nafasini ichiga yutgancha u kabina ichidan oy nuriga cho‘milgan, 
necha asrlarki, hech kim yashamayotgan oppoq binolarga razm soldi. Hashamatli, to‘kis binolar, 
vayron bo‘lgan esa-da, baribir muhtasham edi. 
Motorni o‘t oldirib, Tomas yana bir-ikki mil yurdi, so‘ng yana to‘xtadi, mashinadan chiqdi, qo‘lida 
korzinkasi bilan chang bosgan shaharga nazar solish mumkin bo‘lgan tepalik ustiga ko‘tarildi. 
Termosni ochdi va o‘ziga bir finjon qahva quydi. Shundoq yonginasidan tun qushi uchib o‘tdi. Uning 
yuragi hayratomuz darajada tinch, xotirjam edi. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish