Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
Marsga uchib kelgan kun esiga tushdi. Minglab boshqalar qatori u o‘shanda tinch Mars tongiga 
mahliyo bo‘lgan va: “Bu yerni qanday o‘zlashtiraman? Nima qilaman? Menga yarasha ish 
topilarmikan?” — deb o‘ylagan edi. 
So‘ng hushidan ketgan edi. 
Kimdir nashatir spirtli pufakchani uning burni tagiga tiqqan, u yo‘talib o‘ziga kelgandi. 
— Hechqisi yo‘q, tuzalib ketasiz, — dedi vrach. 
— Menga nima bo‘lgan edi, o‘zi? 
— Bu yerning havosi juda ham yomon. Ko‘plar bunga chiday olmayapti. Siz harholda yerga 
qaytmasangiz bo‘lmaydi. 
— Yo‘q! — u o‘tirib oldi, biroq o‘sha zahoti ko‘z oldi qorong‘ilashib ketdi va nazarida, Mars kamida 
ikki marta aylangandek bo‘ldi. Burun kataklari kengaydi, u zo‘rlab havoni ichiga yutishga harakat qildi. 
— Jinni bo‘lib qolaman. Men shu yerda qolaman. 
Uni o‘z holiga qo‘yib qo‘yishdi; u xuddi qumdagi baliqdek yotar, og‘zini kappa-kappa ochib nafas 
olar va o‘ylardi: “Havo, havo. Ular bitta havo deb meni bu yerdan haydamoqchi bo‘layaptilar”. 
Shunday deya u Mars qirlari va tekisliklarini ko‘rib olish uchun boshini burdi. Qarab turib u ko‘rgan 
birinchi narsa shu bo‘ldi: uzoqda ham, yaqinda ham hech bo‘lmasa bitta daraxt ko‘rinmaydi. Bu o‘lka 
bamisoli xudoning qarg‘ishini olgandek, chor atrofda qora chirindi yastangan, unda esa loaqal bir 
dona maysa ko‘zga tashlanmaydi. “Havo, — o‘ylardi u rangsiz nimanidir ichiga yutib pishillab nafas 
olgancha. — Havo, havo, havo...” Qirlarning uchlarida ham, soyador yonbag‘irliklarda ham, hattoki 
daryo yoqasida ham na bir daraxt, na bir maysa ko‘rinardi. 
Bo‘lmasam-chi! Javob uning miyasida emas, tomog‘ida, o‘pkasida tug‘ildi va bu sof kislorod 
qultumidek fikr birdan unga dalda bag‘ishladi. Daraxtlar va maysalar. U qo‘llariga qaradi va kaftining 
orqasini o‘girdi, u maysa va daraxt ekadi. Mana unga ish: uning bu yerda qolishiga xalaqit berayotgan 
narsaga qarshi kurashish. U Marsga qarshi urush e’lon qiladi — alohida, agrobiologik urush. Qadimiy 
Mars tuprog‘i... Uning o‘z ko‘katlari shuncha millionlab yillar o‘sib, nihoyat yoshini yashab, tugab-
bitgan. Bordi-yu, yangi turlar ekilsa-chi? Qishki daraxtlar — shoxdor mimozalar, majnuntollar, 
magnoliyalar, ulug‘vor evkaliptlar. Unda-chi? Bu yerning tuproqlarida qanaqangi o‘g‘it boyliklari 
yashirinib yotganini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Bularga odam qo‘li tegmasin, chunki qadimgi 
paporotniklar, gullar, butoqlar, daraxtlar suvsizlikdan qurib bitgan. 
— Men turishim kerak! — qichqirdi u. — Men Koordinatorni ko‘rishim kerak! 
Yarim kun u va Koordinator yashil libosdagi  qanday o‘simliklar o‘sishi haqida gaplashishdi. 
Bir tekisda ko‘chat ekishni boshlab yuborishdan oldin, yillar bo‘lmasa ham, oylar o‘tar. Ungacha 
oziq-ovqatni yerdan muzlatilgan holda uchar sumalaklarda yetkazib turishadi; faqat bir necha 
havaskorlargina gidropon usulida bog‘ barpo etishgan. 
— Shunday qilib, hozircha, — dedi Koordinator, — o‘zingiz harakat qiling. Urug‘ni bir amallab 
toparmiz, asbob-uskunalarni ham, hozir raketada joy oz. Dastlabki ko‘chib keluvchilar kon bilan 
bog‘liq bo‘lgani uchun sizning yashil boylik o‘tqazish loyihangiz muvaffaqiyat qozonolmaydi, deb 
qo‘rqaman.  
— Ammo siz menga ruxsat berasizmi? 
Unga ruxsat berishdi. Mototsikl ajratishdi, u yukxonani urug‘ va ko‘chatlar bilan to‘ldirdi, cho‘l 
vohaga qarab yo‘l oldi, mashinani qoldirdi-da, ishlagan ko‘yi yayov olg‘a yurib ketdi. 
Bu o‘ttiz kun oldin boshlangan edi, o‘sha paytdan buyon biron marta ham orqasiga o‘girilib 
qaramadi. O’girilib qaradimi, — demakki, hafsalasi pir bo‘libdi: havo haddan tashqari quruq edi. 
Loaqal bitta urug‘ning unib chiqishiga-da kishi ko‘zi yetmasdi. Balki, jangda boy bergandirman? To‘rt 
haftalik mehnat havoga uchib ketdimi? U oldinga, faqat oldinga qarardi. Ikki ko‘zi quyoshli vodiyda, 
Birinchi Shahardan ham narida edi va yomg‘ir, faqat yomg‘ir yog‘ishini kutar edi. 
... U adyolni yelkasiga tortdi; qovjiragan qirlar uzra bulut to‘dalari paydo bo‘ldi. Xuddi vaqt kabi 
Mars ham beqaror. Oftobda kuygan qirlar tungi qirovlarni tutib qolgan edi, u esa boy qora tuproq 
haqida — shunday qora va yaltiroqki, hovuchingga olsang, yog‘dek oqadi, qudratli, bahaybat loviya 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish