www.ziyouz.com kutubxonasi
60
edim, o‘tgan kungi tunda o‘sha yerda bo‘lgan edim. Siz shaharni ko‘rmayapsizmi? — Marslik qo‘lini
cho‘zib ko‘rsatdi.
Tomas o‘sha yoqqa qaradi va xarobalarni ko‘rdi.
— Axir bu shahar ko‘p ming yillardan buyon o‘lik-ku!
Marslik qah-qah urib kulib yubordi.
— O’lik? Men u yerda kecha tunadim-ku!
— Men esa o‘tgan hafta o‘sha yerdan o‘tdim, undan oldingi haftada ham, ko‘rgan narsam esa
xarobalardan boshqa narsa emas! Vayron bo‘lgan ustunlarni ko‘rayapsizmi?
— Vayron bo‘lgan? Men ularni oy nurida yaqqol ko‘rib turibman. To‘g‘ri, tippa-tik ustunlar.
— Ko‘chalarda changdan boshqa hech narsa yo‘q, — dedi Tomas.
— Ko‘chalar top-toza!
— Kanallar allaqachon qurib qolgan, ular bo‘m-bo‘sh.
— Musallasga limmo-lim kanallar!
— Shahar o‘lik.
— Shahar tirik! — e’tiroz bildirdi marslik yana ham qattiqroq kulib. — Siz qattiq yanglishayapsiz. U
yerda qancha karnaval chiroqlari borligini ko‘rayapsizmi? U yerda ayollardek nafis, chiroyli
qayiqchalar, qayiqchalardek chiroyli, nafis ayollar, badani qum rangiga o‘xshagan ayollar, qo‘llarida
yal-yal gullar tutgan ayollar bor. Men ularni hov anavi yerda ko‘chalar bo‘ylab, bu yerdan ipdek
ingichka bo‘lib ko‘rinuvchi ko‘chalar bo‘ylab chopishayotganini ko‘rib turibman, ha, ko‘rib turibman.
Men xuddi o‘sha yerga borayapman, bayramga, biz tun bo‘yi kanalda suzamiz, qo‘shiq aytamiz,
ichamiz, sevishamiz. Nahotki siz hech narsani ko‘rmayapsiz?
— Mister, bu oftobda qoqlangan kaltakesakka o‘xshash o‘lik shahar. Odamlarimizning istagan
biridan so‘rab ko‘ring. Menga kelsak, Grin-Sitiga — Illinoys tosh yo‘lidagi manzilgohga ketayapman,
biz uni yaqinginada barpo etdik. Siz nimadadir yanglishayapsiz. Biz bu yerga Origon o‘rmonlaridan
eng a’lo sifatli taxtalardan million kvadrat fut, eng yaxshi po‘lat mixlardan bir necha o‘nlab tonna
keltirdik va shunday ajoyib manzilgoh barpo etdikki, qarab to‘ymaysan, kishi. Ayni bugun shulardan
birini yuvayapmiz. Yerdan xotinlarimiz va qayliqlarimizni olib, ikkita raketa uchib kelayapti. Xalq
o‘yinlari o‘ynaladi, viskilar ichiladi...
Marslik hushyor tortdi.
— Anovi tomonda deyapsizmi?
— Ha, raketalar turgan joyda! — Tomas uni tepalik chekkasiga olib keldi-da, pastga ishora qildi; —
Ko‘rayapsizmi?
— Yo‘q.
— Hov ana-ku, hov ana, jin ursin! Uzun-uzun, kumush rang narsalar.
— Ko‘rmayapman.
Endi Tomas kulib yubordi.
— Ko‘zingiz qamashayapti!
— Mening ko‘zim zo‘r ko‘radi. Siz ko‘rmayapsiz.
— Bo‘pti, bo‘pti, yangi manzilgohni-chi, ko‘rayapsizmi? Yoki buni ham ko‘rmayapsizmi?
— Okeandan boshqa hech narsani ko‘rmayapman — buni ustiga, hozir ayni suv qaytishi payti.
— Hurmatli janob, bu okean qirq asr muqaddam bug‘lanib ketgan.
— E, juda oshirib yubordingiz.
— Lekin bu haqiqat, xudo haqqi!
Marslikning yuzi juda ham jiddiy tus oldi.
— Shoshmang. Siz rostdan ham shaharni ko‘rmayapsizmi? Men aytgan shaharni-ya? Oppoq
ustunlar, silliq qayiqlar, bayram chiroqlari — men ularni aniq ko‘rib turibman-ku! Quloq soling-a! Men
hatto u yerda qanaqa qo‘shiqlar aytishayotganini ham eshitayapman. Axir oradagi masofa uzoq
emas-ku!
Tomas quloq soldi-da, boshini chayqadi.
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |