www.ziyouz.com kutubxonasi
49
— Men nima uchun jang qilishni va nima uchun yashashni bilaman, shuning uchun o‘ldirishga
kelganda men sizdan ko‘ra chaqqonroqman. Ko‘nglimda, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘z dinim paydo bo‘ldi: men
yana nafas olishni, oftobda yotishni, quyosh nurlarini o‘zimga singdirib toblanishni, kuy tinglashni va
kitob o‘qishni o‘rganaman. Xo‘sh, sizning tamadduningiz menga nimani taklif qila oladi?
Kapitan og‘irligini bir oyog‘idan boshqa oyog‘iga soldi-da, boshini chayqadi.
— Shunday bo‘lishidan juda afsusdaman. Bularning barchasidan xafaman...
— Men ham. Endi esa hujumingizni boshlashingiz uchun sizni qaytarib olib borib qo‘yish vaqti keldi.
— Mayli.
— Kapitan, men sizni o‘ldirmayman. Hammasi tamom bo‘lganda siz tirik qolasiz.
— Nima?
— Men avval-boshdayoq sizni ayashga qaror qilgan edim.
— Obbo, siz-ey...
— Men sizni anovi boshqalardan qutqaraman. Ular o‘ldirilgandan keyin siz balki boshqatdan o‘ylab
ko‘rarsiz.
— Yo‘q, — dedi kapitan. — Mening tomirimda ko‘proq Yer qoni oqadi. Men sizni ketgani
qo‘yolmayman.
— Bu yerda qolish imkoniyatingiz bo‘lganida hammi?
— Ha. Shunisi qiziqki, o‘shanda ham. Negaligini bilmayman. Hech o‘zimga shunday savol berib
ko‘rmagan ekanman. Mana, yetib ham keldik.
Ular avvalgi joylariga qaytib kelishdi.
— Men bilan o‘zingiz xohlab boraverasizmi, Spender? Oxirgi marta aytayapman.
— Tashakkur. Bormayman. — Spender bir qo‘lini oldinga cho‘zdi. — Yana bir narsa, ketar jafosiga.
Agar siz yengib chiqsangiz, menga bir ish qilib berasiz. Agar kuchingiz yetsa, bu sayyoraning iztirobini
hech bo‘lmaganda ellik yilga surib berishga harakat qilib ko‘ring, qadimshunoslar avval bir yaxshilab
ter to‘kishsin-da! Rozimisiz?
— Roziman.
— Yana bir gap, agar bundan kimdir yengil tortsa, meni yoz kunida bir aqli suyulgancha qaytib
o‘ziga kelmagan ojiz bir jinni deb hisoblayvering. Balki siz yengil tortarsiz...
— O’ylab ko‘raman. Xayr, Spender, yaxshi qoling.
— Siz g‘alati odamsiz, — dedi Spender, kapitan garmselga qarshi yo‘lakdan pastga tomon odimlab
ketganda.
Nihoyat kapitan uni sabr-toqat bilan kutib turgan, changga botgan o‘z odamlari oldiga qaytib keldi.
U quyoshdan ko‘zlarini chimirib olgan va og‘ir-og‘ir nafas olardi.
— Ichishga kimda suv bor? — deb so‘radi kapitan.
U qo‘liga muzdek flyagani tutqazganlarini his qildi.
— Rahmat.
U bir ho‘plam ichdi. Og‘zini artdi.
— Xo‘sh, — dedi kapitan. — Hushyor bo‘linglar. Shoshadigan joyimiz yo‘q, vaqtimiz bemalol. Biz
tomondan ko‘p qurbon bo‘lmasligi kerak. Siz uni o‘ldirishingizga to‘g‘ri keladi. U men bilan borishga
unamadi. Uni bir o‘q bilan yer tishlatishga harakat qiling. G’alvir qilib tashlamang. O’ldiring, vassalom.
— Men uning la’nati kallasini qovoqdek yorib tashlayman, — to‘ng‘illadi Sem Parkxill.
— Yo‘q, faqat yuragiga, — dedi kapitan. U Spenderning shafqatsiz qat’iy chehrasini aniq-tiniq ko‘rib
turardi.
— Uning la’nati kallasini, — takrorladi Parkxill.
Kapitan flyagani unga uzatdi.
— Buyrug‘imni eshitdingizmi? Faqat yuragiga.
Parkxill o‘zicha nimadir deb to‘ng‘illab qo‘ydi.
— Ketdik, — dedi kapitan.
Ular yana har tomonga sochilib ketishdi, odimlashdan yugurishga o‘tishdi, keyin yana odimlab
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |