Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
o‘qiyveraman”, deb o‘yladi. 
Ertalab u olti odamni otib o‘ldirgandan keyin o‘zini yolg‘iz his etdi, so‘ng ko‘ngli behuzur bo‘ldi va 
nihoyat vujudini g‘alati xotirjamlik egalladi, ammo bu tuyg‘u ham tez o‘tib ketdi, chunki 
ta’qibchilarning yo‘lini bildiruvchi changni ko‘rgach, uni yana ayovsiz tuyg‘ular chulg‘adi. 
U safar flyagasidan muzdek suv ho‘pladi. Keyin o‘rnidan turdi, kerishdi, esnadi va uni qurshab 
turgan vohadagi allalovchi sukunatga quloq tutdi. Eh, u va u yoqdan, Yerdan kelgan yana bir necha 
odam bu yerga kelib o‘rnashib, beg‘am, betashvish yashaganlarida, qandoq yaxshi bo‘lar edi-ya... 
Spender bir qo‘liga kitobni oldi, ikkinchisiga esa to‘pponchani. Ro‘parada tagida oppoq toshchalar 
ko‘rinib turgan, qirg‘oqlarini yirik-yirik xarsanglar qoplagan tezoqar daryo shovullardi. U toshlar ustida 
yechindi-da, badanini chaygani suvga tushdi. Shoshmasdan suvda yuvinib-chayinib oldi-da, yana 
chiqib kiyimlarini kiydi va to‘pponchani qo‘liga oldi. 
Dastlabki o‘q ovozlari kunduzgi soat uchlarda yangradi. Bu paytga kelib Spender baland tog‘larga 
chiqib ketgan edi. Orqadan uni ta’qib qilib kelar edilar. Uch mars tog‘ shaharchasi ortda qoldi. 
Ularning tepasida marsliklarning villalari yoyilib yotar edi. Yam-yashil o‘tloqlar va tezoqar 
daryochalardan zavqlangan qadimgi marsliklar toshtaxtalardan hovuzlar barpo etgan, kutubxonalar 
qurgan, favvoralari shaldirab turgan bog‘lar bunyod etgan edilar. Spender yarim soatcha yomg‘ir 
suviga to‘lgan hovuzda ta’qibchilarning yaqinlashishini kutib, cho‘milib oldi. 
Villadan chiqib ketar ekan, uning qulog‘iga o‘q ovozi chalindi. Orqa tomonda undan besh metrlar 
narida g‘isht mayda-mayda bo‘laklarga bo‘linib portladi. Spender yugurib qoya ortiga berkindi, 
o‘girilib, bir o‘q bilanoq ta’qibchilarning birini yer tishlatdi. 
Uni ko‘rib olib, qo‘lga tushirishlarini Spender bilar edi. Chor atrofdan o‘rab olishadi-da, asta-sekin 
yaqinlashib kelaveradilar va qarabsizki, tamom-da. Ularning hatto shu paytgacha granata 
irg‘itmaganlari g‘alati. Kapitan Uaylder bir og‘iz aytsa, bo‘ldi edi... 
“Meni tolqonga aylantirish uchun juda ham noziklik qilaman, — deya ko‘nglidan o‘tkazdi u. — 
Kapitanni shu narsa ushlab turibdi. U birgina tirqishcha bilan ishni tugatib qo‘ymoqchi bo‘layotir. 
Ajabo... Mening sarishtagina o‘lishimni istayapti. Qonim to‘kilmasin deyapti. Nima uchun? Shuning 
uchunki, u meni tushunadi. Uning yigitlari jonini garovga qo‘yib, sabr qilayotgani shundan edi, 
ishqilib, bitta o‘q bilan boshimni nishonga olib, saranjom qilsa go‘rga edi. Shunday emasmi?” 
Spenderning atrofidagi toshlarni irg‘itib, birin-ketin to‘qqiz-o‘n marta o‘q uzildi. Unga qarata ustalik 
bilan o‘q uzishardi, u hatto qo‘lidan qo‘ymay ushlab turgan kumush kitobdan nigohini ham 
uzmayotgandi. 
Kapitan qo‘lida vintovka bilan quyoshning jazirama nurlari ostida panadan sakrab chiqdi. Spender 
to‘pponchasi bilan uni mo‘ljalga ola boshladi, biroq otishga shoshmayotgandi. Buning o‘rniga u 
boshqa nishonni tanladi va Uayd yotgan qoyaning cho‘qqisini uchirib yubordi. O’sha yoqdan ayanchli 
qichqiriq eshitildi. 
Birdan kapitan qaddini g‘oz tutdi-da, oq ro‘molcha tutgan qo‘lini osmonga ko‘tardi. U o‘z 
odamlariga bir narsalar dedi va vintovkasini bir chetga qo‘yib, nishablikdan yuqoriga o‘rlab ketdi. 
Spender bir oz kutib turdi, keyin to‘pponchasini shay tutgancha u ham oyoqqa turdi. 
Kapitan uning oldiga keldi-da, Spenderga qaramaslikka harakat qilib, issiq toshga o‘tirdi. 
Kapitanning qo‘li kurtkasi cho‘ntagiga cho‘zildi. Spender to‘pponchasini mahkamroq qisdi. 
— Sigareta chekasanmi? — taklif qildi kapitan. 
— Rahmat. — Spender bitta sigareta oldi. 
— Gugurting bormi? 
— Bor. 
Ular chuqur sukunat ichida bir-ikki sigaret tutunini ichiga tortishdi. 
Kun issiq, — dedi kapitan. 
— Juda ham. 
— Qalay, yaxshi joylashib oldilaringmi? 
— Zo‘r. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish