Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

 
Iyun 2001 
 
OY AVVALGIDYeK KUMUSh NURLARINI SOChADI 
 
Ular raketada tun qo‘ynida chiqib kelishganida havo shunchalar sovuq ediki, Spender darhol gulxan 
uchun Mars shox-shabbalarini terishga tutindi. Marsga uchib kelganlarini nishonlash borasida u churq 
etib og‘iz ochmadi, shox-shabbalarni terib keldi-da, olov yoqib yubordi va uning qanday yonishini 
tomosha qildi. 
Keyin qurib qolgan Mars dengizi uzra qontalash tong havosiga yelkasi osha ularni — kapitan 
Uaylder, Cherok, Xeteuey, Sem Parkxill va uning o‘zini unsiz qop-qorong‘i yulduzli kengliklar orqali 
olib o‘tgan va hayotsiz beg‘am olamga olib kelib qo‘ygan raketaga qarab qo‘ydi. 
Jeff Spender qiy-chuv boshlanishini kutib turardi. U do‘stlariga qarar ekan, hozir ularning 
sakrashlarini, qichqirishlarini kutardi... Faqat Marsda ular “birinchi” odamlar ekani haqidagi hayajonli 
fikrdan o‘zlariga kelib olishini kutish kerak. Hech kim bu haqda ovoz chiqarib bir narsa demasdi, lekin 
yuraklarida ko‘plab, aftidan, ularning o‘tmishdoshlari marragacha yetib kela olmaganiga va birinchilik 
bayrog‘i bularga, “To‘rtinchi” ekspeditsiyaga nasib etishiga umid qilar edilar. Yo‘q, ular hech kimga 
yomonlik tilamasdilar, shunchaki ular birinchi bo‘lishni xohlar edilar va o‘pkalari og‘ir havoga 
ko‘nikkuncha shon-shuhrat haqida orzu qilar edilar. Darhaqiqat, ozgina keskinroq harakat qilinsa, 
xuddi Mars odamidek boshlari aylanib ketar edi. 
Gibbs gurillab yonayotgan gulxan oldiga keldi-da, so‘radi: 
Shox-shabba nega kerak, axir raketada kimyoviy yonilg‘i bor-ku? 
— Hechqisi yo‘q, — javob berdi Spender  boshini ko‘tarmay. 
Birinchi tundayoq Marsda shovqin-suron ko‘tarish va raketa ichida bu yerga to‘g‘ri kelmaydigan 
qo‘pol buyumni — ko‘z olgudek charaqlovchi pechkani ko‘tarib tushish aqlga to‘g‘ri kelmaydigan, 
to‘g‘risi, noma’qul gap edi. Bu mahalliy sharoitga haqorat ham bo‘ladi-ku. Hali quyultirilgan sutli 
bankalarni mag‘rur Mars kanallariga uloqtirishga ulgurishadi, o‘shanday vaqt albatta keladi, Mars 
dengizlarining oppoq yaydoq tubida “Nyu-York Tayms”ning shaldiragan sahifalari erinibgina 
sirg‘aladigan, dumalaydigan paytlar, albatta, keladi, qadimgi Mars shaharlarining nafis shaklli 
xarobalari orasida banan po‘stloqlari va yog‘ yuqi qog‘ozlar to‘lib-toshgan payt ham uzoq emas. 
Hammasi oldinda kutib turibdi, hammasi bo‘ladi. Bu fikrdan u hatto seskanib ketdi. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish