Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
— Kapitan, — dedi Lyustig, — agar kerak bo‘lib qolsam men qariyalarimning huzurida bo‘laman. 
— Nima? Ha, bo‘lmasam-chi, Lyustig. Bora qol. 
Edvard akasining qo‘lidan tutdi-da, yetaklab ketdi. 
— Mena, bizning uyimiz. Esingdami? 
— Bo‘lmasam-chi! Ishonmasang, men eshikkacha birinchi bo‘lib yetib boraman! 
Ular shu zahoti yugurib ketishdi. Kapitan Blekning boshi uzra daraxtlar shovullar, oyoqlari ostidagi 
yer guvullar edi. Bu g‘aroyib tushida u Edvard Blekning uni quvib o‘tayotganini, qadrdon uyi shiddat 
bilan unga yaqinlashayotganini va eshikni lang ochayotganini ko‘rib turardi. 
— Men birinchi bo‘lib keldim! — qichqirdi Edvard. 
— Bo‘lmasam-chi, — hansirab dedi kapitan, — men cholman, sen bo‘lsang navqiron yigitsan. Sen 
o‘zi har doim tutqich bermas eding! Yo meni esidan chiqargan deb o‘ylayapsanmi? 
Ostonada to‘ladan kelgan, yuzlari qip-qizil, ko‘zlari chaqnagan onasi turardi. Uning ortida 
sochlariga oq oralagan, qo‘lida trubkasini tutgancha otasi turardi. 
— Oyi, dada! 
U bola singari zinalardan yuqoriga otildi. 
 
Ajoyib va uzun yoz kuni. Tushlikdan keyin ular mehmonxona bo‘lmasiga o‘tishdi. U qariyalarga 
o‘zining raketasi haqida so‘zlab berdi, ular esa bosh irg‘ar va jilmayar edilar, onasi xuddi avval qanday 
bo‘lsa, shunday ko‘rinardi, otasi sigara uchini tishlagancha o‘ychan ichiga tortar edi — xuddi o‘sha 
vaqtlardagidek. Kechlikka quling o‘rgilsin kurka go‘shti pishirilgan edi, vaqt ham sezilmay o‘tib 
borardi. Likopchalar obdon tozalangan kurka suyaklari uyumiga to‘lgach, kapitan o‘zini stul 
suyanchig‘iga tashladi va chuqur qanoat hosil qilganini bildirib, pishillab nafasini chiqardi. Kech tushib
daraxt yaproqlari qilt etmay qoldi. Osmonni shafaq yog‘dusi chulg‘adi, shinam ko‘hna uydagi chiroqlar 
qizg‘ish nur taratib turardi. Ko‘chadagi boshqa barcha uylardan musiqa, pianino ovozlarining gurillab 
ochilib-yopilishlari eshitilib turardi. 
Onasi plastinkani qo‘ydi-da, kapitan Jon Blek bilan gir aylanib raqs tusha ketdi. Undan o‘sha atirlar 
anqir edi, otasi va onasi poezd halokatida o‘lganlarida ham ulardan xuddi shunday atir anqib turardi. 
Hozir bo‘lsa ular bir tekis raqs tushar, uning qo‘llari haqiqiy, jonli onasini quchib turardi... 
— Odamga ikkinchi urinish har doim ham nasib etavermaydi, — dedi onasi. 
— Ertaga ertalab uyg‘onaman, — dedi kapitan, — va mening o‘z raketamda, koinotda 
ekanligimdan nom-nishon ham qolmaydi. 
— Bunaqa gaplar kimga kerak! — dedi onasi muloyimlik bilan. — O’zingni urintirma. Xudo o‘zi 
mehribon. Xudo o‘zi yarlaqaydi. 
— Uzr, oyijon. 
Qo‘shiq tugab, plastinka vishillagancha bir chiziqda aylanar edi. 
— Charchading, bolam. — Otasi trubka uchi bilan ishora  qildi. — Kirib yotishing mumkin. 
Odatdagidek, eski jez zo‘ldirli karavoting senga muntazir. 
— Lekin men odamlarimni to‘plashim kerak. 
— Nega? 
—Nega? Hm... bilmadim, darvoqe, nega to‘plar ekanman-a? Hech narsaga, albatta. Ular 
ovqatlanayotgan yoki uxlayotgan bo‘lsalar kerak. Mayli, uyquga to‘yib olsinlar, dam olish ularga zarar 
qilmaydi. 
— Yaxshi yotib tur, o‘g‘lim. — Onasi uning yuzidan o‘pib qo‘ydi. — Qanday yaxshi. Sen yana 
uydasan. 
— Ha, uyda bo‘lganingga nima yetsin. 
Sigara tutuniga to‘lgan uyni, ruhlarni, kitoblarni, mayin nurni tark etib, u zinapoyadan yuqori 
ko‘tarildi va Edvard bilan to‘xtovsiz gaplashar edi. Edvard eshikni itardi va Jon Blek o‘zining sariq jez 
karavotini, kollejning tanish bayroqchalarini va rosa unniqqan olakuzan po‘stinsini ko‘rdi, po‘stinni u 
alohida mehr bilan silab qo‘ydi. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish