Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
shaharchaning boshqa yashovchilari kelajakda sizlarga duch kelishi mumkin bo‘lgan eng buyuk 
ko‘chuv va avrash tajribalarining manbalari bo‘lib xizmat qiladi. 
— Juda nishonga urdingiz, kapitan! — ovozini ko‘tarib dedi Lyustig. 
— Aniq urdingiz! — qo‘shib qo‘ydi Xinkston. 
— Yaxshi. — Kapitan xo‘rsinib qo‘ydi. — Ishlar sal  jo‘nashgandek bo‘ldi, ko‘ngil ham xotirjamroq. 
Qandaydir mantiq borga o‘xshayapti. Bo‘lmasa sayohatlar haqida zamondagi oldinga va orqaga qarab 
qilingan mana bu barcha safsatalardan miyam achib ketgandi. Agar mening taklifim to‘g‘ri bo‘lsa... — 
u jilmaydi. — Nima ham derdim, unda mahalliy aholi orasida ozmuncha shov-shuv kutilmayotibdi! 
— Ishonchingiz komilmi? — dedi Lyustig. — Nima bo‘lganda ham bu odamlar o‘zlariga yarasha 
ziyoratchilardir. — Ular Yerni bilib turib tashlab kelishgan. Balki ular bizning kelganimizdan hech ham 
xursand emasdirlar. Balki ular bizni quvib yuborishga, hatto o‘ldirishga ham tayyordirlar. 
— Bizning qurolimiz durustroq. Qani, keyingi uyga kiraylik-chi. 
Ammo ular maysazordan o‘tishga ham ulgurmagan edilarki, Lyustig turgan joyida qotib qoldi. Ikki 
ko‘zi sokin, mudroq ko‘chaning narigi uchida edi. 
— Kapitan, — dedi u. 
— Nima gap, Lyustig? 
— Kapitan... Yo‘q, siz anovi... Nimalarni  ko‘rayapman-a! 
Lyustigning yanoqlaridan yoshlar dumalay ketdi. Ko‘tarilgan qo‘llarining qabargan barmoqlari titrar, 
yuzida hayrat, quvonch, shubha aks etardi. Yana bir oz o‘tgach, sevinchdan o‘zini yo‘qotishi tayin edi. 
O’sha nuqtaga qarab turar ekan, u to‘satdan chopib ketdi. Qoqilib tushdi-da, yerga yiqildi. Oyoqqa 
turib, yana chopib ketar ekan: 
— Hoy, menga qaranglar! — deya qichqirdi. 
— To‘xtating uni! — Kapitan uning orqasidan yugurdi. 
Lyustig kuchining boricha chopar, qichqirar edi. Soyador  ko‘chaning o‘rtasiga yetgach, u bir 
hovliga qarab burildi-da, bir sakrab tomida temir xo‘roz turgan katta yashil uyning ayvonchasida 
paydo bo‘ldi. Xinkston  va kapitan Lyustigga yetib olganlarida, u qattiq qichqirgancha eshikni 
mushtlar edi. Uchalalari ham Marsning og‘ir havosidan sillalari qurib, og‘ir-og‘ir nafas olar, tomoqlari 
hushtak chalar edi. 
— Buvi, bobo! — chaqirdi Lyustig. 
Ostonada ikkita qariya paydo bo‘ldi. 
— Devid! — qariyalar baravariga qichqirishdi. Ular o‘zlarini bir-birlarining bag‘rilariga otib, 
quchoqlasha ketdilar, yelkalarini silar edilar. — Devid, oh Devid, qancha yillar o‘tib ketdi-ya!.. Yosh 
bolagina eding. Devdek odam bo‘libsan. Devid, bolaginam, ahvollaring qalay? 
— Buvi! Bobo! —piq-piq yig‘lar edi Devid. 
— Sizlar shunday ajoyib ko‘rinasizlarki! 
U qariyalarni o‘zidan nari surib, aylantirib, razm solar, o‘par, quchoqlar, yig‘lar va yana razm 
solardi, ko‘zlaridan oqayotgan yoshni sidirib tashlardi. Osmonda quyosh charaqlab turardi, shamol 
esib o‘tlarni tebratar, eshik esa lang ochiq edi. 
— Qani, ichkariga kir, bolaginam. Senga yaxnagina choy muntazir turibdi. Ichib bir huzur qil! 
— Mening do‘stlarim bor. — Lyustig orqasiga o‘girildi-da, kulgancha shosha-pisha kapitan va 
Xinkstonni qo‘li bilan imlab chaqirdi. — Kapitan, bu yoqqa kelinglar. 
Assalomu alaykum, — qarshi oldi ularni qariyalar. — Marhamat, marhamat, ichkariga 
marhamat. — Devidning do‘stlari bizning do‘stimiz. Tortinmanglar! 
Ko‘hna uyning mehmonxonasi muzdek edi; bir burchakda tillarang, baland, almisoqdan qolgan 
soat bir maromda chiq-chiq qilardi. Keng kushetkalarda parqu yostiqlar, devor bo‘ylab kitoblar 
terilgan, shapaloq gulli gilam yerga to‘shalgan, qariyalar qo‘llarida muzdan terlagan yaxna choyli 
stakanlarni tutib turishar, bunday choyning bir qultimiyoq odamga jon kiritib yuborishi aniq edi. 
— Iching, joningiz kiradi. — Buvining stakani uning chinni tishlariga tegib, yoqimli jingirlab ketdi. 
— Bu yerda anchadan beri turibsizmi, buvi? — so‘radi Lyustig. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish