www.ziyouz.com kutubxonasi
25
ming yillar talab etilmaydimi?! Kezi kelganda shuni ayting-chi, menga marsliklarda, birinchilardan,
aynan shunday deraza romlari, ikkinchidan minorachalar, uchinchidan, ayvonchadagi arg‘imchoqlar,
to‘rtinchidan pianinoga o‘xshagan cholg‘u asbobi, beshinchidan, teleskopga diqqat bilan qarang-a,
mana shunday bo‘lishi mantiqqa to‘g‘ri kelarmikan? Marslik bastakor o‘z asarini kelib-kelib aynan
“Ajoyib Ogayo” deb atashi ham mantiqqa to‘g‘ri kelarmikan? Axir bu bir narsanigina anglatishi
mumkin: Marsda ham Ogayo daryosi bor ekan!
— Kapitan Uilyams bo‘lmasa-chi, — qichqirib yubordi Xinkston.
— Nima?
— Kapitan Uilyams va uning uch hamrohi! Yoki Nataniel York o‘z juftligi bilan bular hammasini
aytib turibdi!
— Bu hech narsani aytib turgani yo‘q. Bizning aniqlashimizga qaraganda, Yorkning raketasi Marsga
qo‘nar-qo‘nmas portlab ketgan va har ikkala fazogir halok bo‘lgan. Uilyams va uning uchala
hamrohiga kelsak, ularning kemasi yetib kelgandan keyin ikkinchi kuni portlab ketgan. Nima
bo‘lganda ham ayni shu vaqtda uzatgichlar ishdan to‘xtab qolgan. Ular tirik bo‘lganida biz bilan aloqa
bog‘lashga uringan bo‘lar edilar. York ekspeditsiyasi vaqtidan buyon atigi bir yil o‘tganini, kapitan
Uilyams ekipaji esa bu yerga avgustda uchib kelganini aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Faraz qilaylik-chi,
ular tirik hamdirlar — garchand eng mohir marsliklar yordamida shunday qisqa vaqt butun bir
shaharni qurish va uning sharti ketib, parti qolgan bir holga kelishi aqlga sig‘adigan ishmi? Siz
yaxshilab qarang, axir bu shahar kam deganda yetmish yil oldin qurilgan. Eshik oldidagi panjaralarni
qarang, daraxtlarga qarang — yuz yoshli dublar-ku! Yo‘q, York ham, Uilyams ham bu yerda hech
qanday ahamiyatga ega emas. Bu yerda butunlay boshqa gap bor. Menga unchalik yoqmayapti. Toki
gap nimadaligini bilmagunimcha kema ichidan chiqmayman.
— Buning ustiga, — qo‘shimcha qildi Lyustig, — Uilyams va odamlari, York ham Marsning narigi
tomoniga qo‘nganlar. Biz esa bu tomonni ataylab tanladik.
— Xuddi shunday! Agar York va Uilyamsni marslik qabilalar qasddan o‘ldirgan bo‘lsalar, demak,
bizga ikkinchi yarim sharda qo‘nishga ataylab buyruq berilgan bo‘lib chiqadi. Halokat
takrorlanmasligining oldini olishgan bo‘lishsa kerak. Demak, biz shunday bir puchmoqda turibmizki,
uni, bizga ma’lum bo‘lishicha, na Uilyams, na York ko‘zlari bilan ko‘rishgan.
— Jin ursin, — dedi Xinkston, — baribir men sizni ruxsatingiz bilan bu shaharga boraman, kapitan.
Axir Quyosh tizimimizdagi barcha sayyoralarda tafakkur va tamaddun bir-biriga o‘xshash yo‘llar bilan
taraqqiy etgan bo‘lishi mumkin-ku. Kim bilsin, ehtimol, biz davrimizning eng buyuk psixologik va
falsafiy kashfiyoti bo‘sag‘asida turibmiz!
— Men bir oz kutib turishni ma’qul deb bilaman, — dedi kapitan Jon Blek.
— Komandir, balki ro‘parangizda xudoning borligini birinchi marta isbot qilgan hodisa turgandir!
— Bunday isbotlarsiz ham dindorlarni xudo urib yotibdi, mister Xinkston...
— Ha, men ham o‘shalarning sirasiga kiraman, kapitan. Ammo bir narsa kundek ravshan. —
Bunday shahar ilohiy qudratning aralashuvisiz paydo bo‘lishi mumkin emas. Mana bu mayda-chuyda
narsalar, qismlar... Vujudimda shunday qarama-qarshi tuyg‘ular kurashi ketayaptiki, kulishimni ham,
yig‘lashimni ham bilmayman.
— Unda biz nimaga duch kelganimizni aniqlagunimizcha unisidan ham, bunisidan ham tiyilib
turing.
— Nimaga duch kelibmiz? — gap qo‘shdi Lyustig. — Hech narsaga duch kelganimiz yo‘q-ku. Oddiy,
jim-jit, ko‘rkam, yam-yashil shaharcha, xuddi men tug‘ilgan o‘sha daqqiyunusdan qolgan
puchmoqning o‘zginasi. U menga ham yoqayapti.
— Qachon tug‘ilgansiz, Lyustig?
—1950 da, ser.
— Siz-chi, Xinkston?
— 1955 da, kapitan. Grinnell, Ayova shtati. Bundoq qarasam, go‘yo o‘z jonajon vatanimga qaytib
kelgandekman.
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |