Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
bilan yerdagi madaniyatni ham olib kelishgan-da. 
— Shuncha yillar shu yerda yashagan deb o‘ylaysizmi? — deb so‘radi komandir. 
Xuddi shunday, tinch va ahil yashashgan. Ehtimol, ular yerga bir necha marta borib ham 
kelganlar. Keragicha odamlarni olib ham kelganlar, deylik mana bunaqa shaharchalarga joylashtirish 
uchun, keyin esa ularni bilib qolmasliklari uchun parvozlarni to‘xtatishgan. Shaharning eski 
uslubdaligining siri shunda. Shaxsan men hozircha 1972 yildan keyin yasalgan bironta buyumni hali 
ko‘rganim yo‘q. Xo‘sh, siz-chi, kapitan? Darvoqe, samoviy sayohatlar, umuman, biz o‘ylagandan ham 
oldinroq bo‘lishi mumkin. Yerning qaysidir uzoq burchagida, yuz yillar muqaddam. Odamlar Marsga 
allaqachonlar kelib olganlar-u, bu haqda hech kim bilmagan bo‘lsa, ne ajab? Ularning o‘zlari esa 
ahyon-ahyonda yerga borib-kelib turishgan. 
— Shunday gapirayapsizki, xuddi haqiqatga o‘xshaydi. 
— Haqiqat bo‘lganda qandoq! 
— Isboti ko‘z oldimizda turibdi-ku. Endi odamlarni topsak bas, taxminimiz tasdig‘ini topadi-qo‘yadi. 
Qalin ko‘m-ko‘k o‘tlar ularning qadam tovushlarini yutib yubormoqda edi. Yangi o‘rilgan pichan hidi 
dimoqqa urardi. Kapitan Jon Blek ularning irodasiga qarshi o‘laroq, vujudlarini sokin bir farog‘at 
chulg‘ab olganini his etdi. U mana bu mo‘‘jaz shaharchada so‘nggi marta  bo‘lganiga ham oz emas, 
ko‘p emas, rosa o‘ttiz yil bo‘libdi; bahorgi asalarilarning g‘o‘ng‘illashlari uning ruhiga taskin berar va 
allalar edi, uyg‘onib kelayotgan tabiat tarovati qalbiga orom bag‘ishlar edi. 
Ular to‘r tortilgan eshik tomon yo‘nalgancha ayvonga chiqdilar va polga urilgan odimlari bo‘g‘iq aks 
sado berar edi. To‘r orasidan ular yo‘lakni to‘sib turgan jimjimador pardani, billur qandilni va 
devordagi Marksfil Parrish qalamiga mansub suvratni ko‘rdilar. Uyda eski buyumlar, chortoq va yana 
nimaningdir hidi dimoqqa yoqimli urilar edi. Limonadli ko‘zaga muzning mayin urilib tushgan ovozi 
quloqqa chalindi. Uyning narigi burchagidagi oshxonada jazirama kun munosabati bilan kimdir yaxna 
tushlik tayyorlar edi. Baland ayol ovozi qaysidir kuyni bosiq va yoqimli xirgoyi qilardi. 
Kapitan Jon Blek qo‘ng‘iroq dastachasini tortdi. 
Yo‘lak bo‘ylab yengil qadamlar ship-ship qildi, to‘rning nariyog‘idan qirq yoshlardagi, xushro‘ygina 
ayol ko‘rindi, egnidagi kiyim ehtimol 1909 yildagi liboslardan edi. 
— Buyursinlar, ne xizmat? — so‘radi u. 
Kechiring, — jur’atsizgina gap boshladi kapitan Blek, — bizlar bilasizmi... ya’ni, ehtimol, siz... 
U duduqlanib qoldi. Ayol unga tim qora ko‘zlari bilan hayron qarab turardi. 
— Biron narsa sotmoqchi bo‘lsalaringiz... — gap boshladi ayol. 
— Yo‘q, yo‘q, shoshmang! — qichqirdi kapitan. — Bu qaysi shahar? 
Ayol unga sinchkov nazar soldi. 
— Nima demoqchisiz bu bilan: qaysi shahar deysizmi? Shaharning o‘zida bo‘la turib, uning nomini 
bilmaslik mumkinmi? 
Kapitanning yuzidan uning tezroq biron olma daraxti tagiga borib o‘tirsa-yu, soyasida orom olsa — 
shuni anglash mumkin edi. 
— Bizlar bu yerlik emasmiz. Qaysi shaharga kelib qolganimizni va qanday kelib qolganimizni 
bilishimiz kerak edi. 
— Sizlar aholini ro‘yxatga olish byurosidanmisizlar? 
— Yo‘q. 
— Barchaga ma’lumki, — davom etdi ayol, — shahar 1868 yilda qurilgan. Shoshmang-shoshmang, 
tag‘in meni laqillatayotgan bo‘lmanglar. 
— Yo‘g‘-e, nima deyapsiz! — shoshib dedi kapitan, — biz Yerdanmiz. 
— Yerning tagidan demoqchimisiz? — hayron bo‘ldi ayol. 
— He, yo‘q, biz Uchinchi sayyora — Yerdan uchib kelganmiz. Samoviy kemada. Biz bu yerga — 
To‘rtinchi sayyora —  Marsga uchib kelganmiz...  
— Bilasizmi, qaerdasizlar? — xuddi bolaga gapirgan ohangda tushuntira ketdi ayol, — 
Grinblavdasiz. Illinoys shtati, Amerika deb ataladigan ikkita okean, Atlantika va Tinch okeanlari yuvib 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish