USTOZLAR, KECHIRING, BIZNI SO’NGGI BOR.
Bugun qalbimizda cheksiz hayajon,
Bu sirli maskanni etmoqdamiz tark.
Ammo qiynamoqda birgina armon,
Bo’la oldikmikan siz istagandek.
Maktab- buyuk maskan, qutlug’ ostona,
Aziz ustozlarim bizga parvona.
Doimo yurasiz bizchun kuyunib,
Xoliqova, sizni bo’lmas unutib.
BIZ BUGUN SO’RAYMIZ YOLVORIB TAKROR,
USTOZJON, KECHIRING, BIZNI SO’NGGI BOR.
Bugun biz siz sabab tutdik qalamni,
Siz bilan o’rgandik ilk bor olamni.
Saxatova ustoz,berdingiz saboq,
Bergan ta’limingiz yo’llarda mayoq.
Ona tilimizni sevdik, siz bilan,
Zaripova ustoz, rahmat chin dildan.
Sa’dulloyevadan bilib hayotni,
Biz sevib o’rgandik adabiyotni.
BIZ BUGUN SO’RAYMIZ YOLVORIB TAKROR,
USTOZLAR, KECHIRING, BIZNI SO’NGGI BOR.
Rus tilin o’rgandik goh bilib, bilmay,
Lek saboq berdingiz, bizga erinmay.
Tog’oyeva hamda Marjona ustoz,
Sizga qancha ta’zim qilsak shuncha oz.
Ingliz tiliga qiziqdik juda,
Bugun IELTSchilar ko’p safimizda,
Biz hali quramiz kelajak porloq,
Shodiyev va Ra’no ustoz, sog’ bo’ling har choq.
BIZ BUGUN SO’RAYMIZ YOLVORIB TAKROR,
USTOZLAR, KECHIRING, BIZNI SO’NGGI BOR.
Biologiya bu juda qiziq fan,
Sizga ishonchimiz tog’ qadar ulkan,
Garchi tinglamadik darsingiz har vaqt,
Hakimova ustozdan oldik buyuk shahd.
Tabiiy fanlarga fizika sulton,
Fatulloyeva ham bilimga sarbon.
Bizga bo’loldingiz munosib tirgak,
Aziz ustozjonlar siz bizg o’rnak.
BIZ BUGUN SO’RAYMIZ YOLVORIB TAKROR,
USTOZLAR, KECHIRING, BIZNI SO’NGGI BOR.
Dunyoni o’rgandik, sayohat qildik,
Davlatlar, ularning o’rnini bildik.
Bizga beroldingiz munosib saboq,
Zaripova ustoz sog’ bo’ling har choq.
Tarix fani asli juda qiziq fan,
Ba’zan qochib qoldik ataylab birdan..
Irgasheva ustoz bo’lin sog’ omon,
Qalbingizda also qolmasin armon.
BIZ BUGUN SO’RAYMIZ YOLVORIB TAKROR,
USTOZLAR, KECHIRING, BIZNI SO’NGGI BOR.
Sho’xliklar ortganda ba’zan haddidan,
Bizni tushungansiz doim chin dildan.
Doimo yurasiz bizchun kuyunib,
Ustoz Aminovni bo’lmas unutib.
Ta’lim va tarbiya bermoqlikka shay,
Davronova ustoz, bo’lamiz sizday.
Bizga bo’loldingiz munosib tirgak,
Jo’rabek ustoz ham bizlarga o’rnak
BIZ BUGUN SO’RAYMIZ YOLVORIB TAKROR,
USTOZLAR, KECHIRING, BIZNI SO’NGGI BOR.
Zallarda yurardik bamisoli sher,
Kim bizga boshingni biroz eggin, der.
Aslida burchimiz olmoqlik saboq,
Rahmatov ustozdan o’rgandik ko’proq.
Har bir bitiruvchi nigoh ostida,
Psixologlar shay, suhbat avjida.
Tarbiya oldik biz shunday mukammal,
Behzod ustoz, bilimni qo’ydingiz afzal.
Doimo yurdingiz bizla kuyunib,
Ustozlar, sizlarni bo’lmas unutib.
BIZ BUGUN SO’RAYMIZ YOLVORIB TAKROR,
USTOZLAR, KECHIRING, BIZNI SO’NGGI BOR.
Do'stlaringiz bilan baham: |