Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
— Nimalar deyapsiz o‘zi, boshimizni qotirmang! Qani, boshlang! Bizni tekshiring, tizzamizga 
bolg‘acha bilan uring. Yuragimizni eshiting, o‘tirib-turishga majbur qiling, savollar bering! 
— Bosh ustiga. 
Kapitan bir soatcha jo‘shib, qaynab gapirdi, psixiatr jim quloq solib turdi. 
— Hech ishonib bo‘lmaydi, — o‘ychan g‘udranib dedi u. — Hayotimda bunaqa aql bovar qilmas 
alahsirashni eshitmagan edim. 
— Jin ursin! Biz ko‘rsatamiz sizga hali samoviy kemamizni! — bo‘kirdi kapitan. 
— Jon deb ko‘raman. Siz uni shu yerda xonada ko‘rsata olasizmi? 
— Albatta, u sizning kartotekangizda turibdi. “K” harfida. 
Mister Iii diqqat bilan kartotekani qarab chiqdi, hafsalasi pir bo‘lgandek tilini chaqillatib qo‘ydi-da, 
shoshmaygina tortmani ichkariga surib qo‘ydi. 
— Meni ahmoq qilishingizga nima hojat bor edi, bu yerda hech qanday samoviy kema yo‘q-ku. 
— Qayoqdan ham bo‘lsin, jinnivoy! Men hazillashgan edim. Endi ayt-chi, jinnilar haddidan 
oshayaptimi? 
— Ba’zan juda qiziq-qiziq gaplar bo‘lib turadi. Bo‘pti, meni raketangiz oldiga olib boring. Men uni 
ko‘rmoqchiman. 
 
Ular raketa oldiga kelishganida, jazirama tush payti bo‘lib qolgan edi. 
— Xo‘sh, — psixiatr kemaga yaqin bordi-da, uning qorniga chertdi. Chertki ovozi mayin, guvullagan 
edi. — Ichkariga kirsak maylimi? — So‘radi u mug‘ambirona. 
— Kiring. 
— Mister Ыыы kema ichiga kirdi-da, taxta bo‘lib qoldi. 
— Osiy umrimda ko‘p narsalar bo‘lgan edi, ammo bunaqasi... — Kapitan sigarani chaynagancha 
kutardi. — Hammadan ham men uyga uchib, bu Mars deganini yelkamning chuquri ko‘rsin, deyishni 
juda-juda xohlab ketayapman. Shu ham sayyora bo‘ldi-yu!.. 
— Mening nazarimda, bu yerdagi har ikkitaning bittasi jinni. Odam degani ham shunchalik bema’ni 
bo‘ladimi? 
— Nima bo‘lganda ham mening jinnimni chiqarib yuborishdi. 
Yarim soatcha psixiatr nimalarnidir titkiladi, paypasladi, chertib ko‘rdi, quloq soldi, hidlab ko‘rdi, 
tilini tekkizib ko‘rdi, oxiri kema ichidan chiqib keldi. 
— Xo‘sh, endi amin bo‘lgandirsiz? — Qichqirdi kapitan quloqlari hech narsani eshitmaganday. 
Psixiatr  ko‘zlarini yumdi-da, burnini qashidi. 
— Bu ilgari men hech qachon uchratmagan oddiy alahsirash va xayolparastlikning yorqin namunasi 
ekan-ku! Men sizning “Raketa” degan narsangizni ko‘rib chiqdim. — U raketaga barmog‘i bilan chertib 
qo‘ydi. — Eshitib turibman. Sarobiy tovush. — U havoni burni bilan hidlab ko‘rdi. — Men uni  hididan 
bilayapman. Tuyg‘ularning telepatik uzatishlaridan hosil bo‘lgan hidlash gallyutsinatsiyasi. — U raketa 
chokini o‘pib qo‘ydi. — Men uning ta’mini his qilayapman. Ta’m biluv illyuziyasi! 
U kapitanning qo‘lini siqib qo‘ydi. 
— Sizni tabriklashimga ruxsat bering! Siz ruhshunoslik dahosi ekansiz! Bu har qanday 
barkamollikdan oliydir! Sizning o‘z ruhiy xayolotingizni idrok etish kuchini to‘la saqlangani holda 
boshqa sub’ektlarni anglashga telepatik yo‘l bilan solishtirish qobiliyatingiz bag‘oyat ajoyib va tahsinga 
sazovordir. Bizning boshqa bemorlarimiz, odatda, ko‘ruv gallyutsinatsiyalariga mo‘ljallanadilar. Juda 
nari borganda, eshituv gallyutsinatsiyasi bilan qo‘shilib ketadilar. Siz bo‘lsangiz barchasi bilan bab-
baravar muomala qilsangiz! Sizning jinniligingiz hayratomuz darajada mukammaldir! 
— Mening jinniligim... — kapitanning rangi bo‘zdek oqardi. 
— Ha, ha, ajoyib jinnilik! Ma’dan, rezina, graviatorlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak, yonilg‘i, qurol-
yaroq, zinalar, gaykalar, boltlar, qoshiqlar — men ko‘plab narsalarni tekshirib ko‘rdim. Umrimda 
bunaqa murakkab manzarani sira ko‘rmaganman. Hattoki karavotim tagidagi sharpalar ham 
qolmagan! Iroda degani ham shunchalik bo‘ladi-da! Bo‘ldi, men qanchalik tekshirmay, yana ularni 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish