www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Marsliklardan bittasi ular oldiga borib ta’zim qildi.
— Men mister Uuuman, — tanishtirdi u o‘zini.
— Men esa Nyu-Yorkdan, Yerdan kelgan kapitan Jonatan Uilyamsman, — javob berdi kapitan
pinagini ham buzmay.
Birdan zalda gulduros qarsaklar yangradi.
Qiyqiriq va hayqiriqlardan shift larzaga keldi. Qo‘llarini silkitgan, hayqirib qichqirgan, stollarni
ag‘dar-to‘ntar qilgan, bir-birini turtgancha marsliklar zalning barcha tomonidan o‘zlarini yerliklar
tomon otishdi, ularni mahkam quchoqlab to‘rttalasini ham qo‘llariga ko‘tarib olishdi. Olti marta ular
mehmonlarni yelkalarida ko‘tarib butun zalni aylanib chiqishdi. Olti marta yugurib faxriy doira
yasashdi, ular to‘xtovsiz sakrar, irg‘ishlar, raqs tushar, baland ovozda qo‘shiq aytar edilar. Yerliklar
shu qadar hang-mang bo‘lib qolishdiki, butun bir daqiqa davomida ularni ko‘tarib turgan yelkalar uzra
minib yurishdi, shundan keyingina o‘zlariga kelib, kula boshlashdi va bir-birlariga qarab:
— Ana, xolos, mana bu boshqa gap! — deya qichqira boshlashdi.
— Zo‘r! Allaqachon shunday qilish kerak edi! E-ha, u-ha-ha, voh-voh!
Ular tantanali suratda bir-birlarigi im qoqar, kaftlarini bir-birlariga urib qattiq-qattiq chapak chalar
edilar.
— E-he!!!
— Urra! — hayqirardi olomon. Marsliklar yerlikni stol ustiga qo‘yishdi. Qiyqiriqlar tindi, kapitan sal
bo‘lmasa ho‘ngrab yuborayozdi.
— Rahmat sizlarga, katta, rahmat. Bu ish zo‘r bo‘ldi...
— O’zingiz haqingizda so‘zlab bering, — taklif qildi mister Uuu.
Xaloyiq hayajon ichida oh va uh deb xo‘rsinar edi. Kapitan o‘z o‘rtoqlarini bir-bir tanishtirib chiqdi.
Ularning har biri qisqa-qisqa nutq irod qildi, har birining nutqi guldiros qarsaklar va hayqiriqlar bilan
bo‘linib turdi.
Mister Uuu kapitanning yelkasiga shapatilab qo‘ydi.
— Hamyurtingni bu yerda uchratishdan zo‘r narsa bor ekanmi! Axir men ham yerdan kelganman-
da.
— Ie, qanday qilib?
— Shunday qilib. Biz YErdan kelganlar anchaginamiz.
— Siz-a? Yerdan kelganmisiz? — kapitan ko‘zlarini chaqchaytirdi. — Bunday bo‘lishi mumkin emas!
Sizlar ham raketada kelganmisizlar? Fazoviy parvozlar qaysi asrdan boshlangan edi? — Uning ovozida
tushkunlik sezilib turardi. — Darvoqe, qaerdansizlar, qaysi mamlakatdansizlar?
— Tuiereoldan. Men bu yerga ruh kuchi bilan ko‘p yillar ilgari kelganman.
— Tuierol... — asta takrorladi kapitan. — Bunday mamlakatni bilmayman. Ruh kuchi degani nima
degani o‘zi?..
— Mana missis Rrr, u ham Yerdan kelgan, to‘g‘rimi, mister Rrr?
Mister Rrr bosh irg‘adi va g‘alati jilmayib qo‘ydi.
— Mister Yuyuyu ham, mister Shshsh ham, mister Vvv ham!
— Men esa Yupiterdan kelganman, — o‘zini tanishtirdi bir erkak g‘o‘dayib.
— Men esa Saturndan kelganman. — Uning gapini ilib ketdi ko‘zlarini ayyorona yiltillatib boshqa
biri.
— Yupiter, Saturn... — bidirladi kapitan ko‘zlarini pirpiratib.
Zim-ziyo qorong‘ulik tushgan edi. Marsliklar fazogirlar atrfida ivirsir, stollarda o‘tirardilar, biroq
stollar bo‘m-bo‘sh bo‘lib, ziyofatdan nom-nishon yo‘q edi. Sariq ko‘zlar chaqnar, yonoqlarining tagida
chuqur-chuqur soyalar o‘ynardi, shunda kapitan zalda derazalar yo‘qligini, yorug‘ to‘g‘ri devorlar
orasidan o‘tib kelayotganini payqab qoldi. Eshik ham bor-yo‘g‘i bittagina edi. Kapitan lunjini osiltirdi.
— Bir tiyinga qimmat narsalar! Tuiereol degani qaerda ekan-a? Amerikadan uzoqmi?
— Amerika nima degani?
— Amerika haqida eshitmaganmisiz?! O’zingiz Yerdanman deb aytasiz-u, tag‘in Amerikani
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |