Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
shakllarga kirar edi. Avvaliga u billur ustunlar ichida tutqun holida ko‘rindi, so‘ng oltin haykalga 
aylandi, so‘ng kedr hassasi shaklini oldi va nihoyat yana o‘zining avvalgi qiyofasiga qaytdi. 
Hamma joyda erkaklar va ayollar binafsharang olovning ingichka tillarini o‘ynar, tinimsiz bir 
shakldan boshqasiga kirar edilar, zero tun g‘am-anduh va sarguzashtlar pallasi hisoblanadi. 
— Afsungarlik, qora jodugar, — shivirladi yerliklardan biri. 
— Yo‘q, alahsirashlar bu. Ular bizga alahsirashlarini namoyish etishayapti, biz ko‘rib turgan bu 
narsalar ularning alahsirashlaridir. Telepatiya. O’z-o‘zini ishontirish va telepatiya. 
— Siz shundan tashvishdamidingiz, kapitan? 
— Ha. Agar alahsirashlar bizga — nafaqat, nafaqat, bizlarga shunday aniq bo‘lib ko‘rinar ekan, 
modomiki alahsirashlar shunday ishonchli va rostdek bo‘lib tuyular ekan, ular bizni jinni deb 
o‘ylashlari hech gap emas-da. Anovi erkak moviy olovdan mitti ayollar yasay oladi, anovi ayol esa 
haykalga aylanishga qodir; marsliklarning raketa kemasi bemor xayolotimiz samarasi deb o‘ylashlari 
uchun bemalol kifoya qiladi. 
Qorong‘ilik ichidan kimningdir ayanchli xo‘rsingani eshitildi. 
Chor atrofda goh chaqnab, goh o‘chib, moviy olovlar raqs tushar edi. Uxlab yotgan erkaklarning 
oldidan qizil qumdan yasalgan shaytonvachchalar uchib chiqar edi. Ayollar lorsillagan ilonlarga 
aylanar edilar. Turli hayvon va yirtqichlarning hidi anqirdi. 
Tong otgach, hamma risoladagidek, quvnoq va sog‘lom ko‘rinar edi. Haligi alahsirashlar-u, g‘alati 
olovlardan nom-nishon yo‘q edi. Kapitan o‘z jamoadoshlari bilan hali-veri ochilib qolar degan umidda 
kumush eshik oldida turar edi. 
Mister Iii rosa to‘rt soatdan keyin paydo bo‘ldi. Ular uning eshik ortidan ichkariga kirishidan avval 
bitta-bitta chaqirib, o‘zining mo‘‘jazgina xonasigi olib kirish uchun rosa uch soat eshik ortida turganiga 
shak-shubha qilmas edilar. 
Agar uning niqobiga ishonadigan bo‘lsak, bu ochiqko‘ngil, yuzidan tabassum arimaydigan bir erkak 
edi, uning niqobida bir emas, uchta kulib turgan qiyofa tasvirlangan edi. Darvoqe, niqob ostidan 
chiqayotgan tovush tabassumli psixiatrga unchalik yarashmayotgan edi. 
— Xo‘sh, sizni nima bezovta qilayapti? 
— Siz bizni jinni deb o‘ylayapsiz, lekin bu to‘g‘ri emas, — dedi kapitan. 
— Aksincha, men sizlarni barchalaringizni jinni deyayotganim yo‘q, — psixiatr kichikkina ko‘rsatkich 
tayog‘ini kapitanga niqtadi. — Faqat sizni, hurmatli janob. Barcha qolganlar — ikkilamchi jinni. 
Kapitan tizzasiga shap etib urib qo‘ydi. 
— Ha, gap bu yoqda deng! O’rtoqlarimning ham ish qog‘oziga imzo chekishlari shartmi, deb 
so‘raganimda mister Iiining qah-qah urib kulishi shundan ekan-da! 
— Ha, mister Iii menga hammasini aytib berdi. — Psixiatr niqobidagi og‘zini qiyshaytirib, xoxolab 
kuldi. — Zo‘r hazil bo‘ldi-da. Xo‘sh, men nima deyayotgan edim? Ha, ikkilamchi jinnilar. Mening 
oldimga quloqlaridan ilonlar chiqib turadigan ayollar kelishadi. Mening muolajamdan keyin ilonlar 
g‘oyib bo‘ladi. 
— Biz jon-jon deb davolanishga tayyormiz. Boshlang muolajangizni. 
Mister Iii sarosimalanib qoldi. 
— Vo ajab, hech kim muolajaga rozi bo‘lmaydi. Bu muolaja juda ham boshqacha bo‘lsa kerak-da. 
— Hechqisi yo‘q. Muolajani boshlang dedikmi, boshlang. Bizning sog‘ ekanimizga keyin amin 
bo‘lasiz.  
— Iltimos, avval qog‘ozlaringizni bir ko‘rib chiqsam. Muolaja uchun hammasi to‘g‘ri 
rasmiylashtirilganmi? — U papkani varaqlab ketdi. — Xo‘sh... Qarang-a, sizga o‘xshagan bemorlarga 
alohida uslublar kerak ekan. Siz ko‘rgan jinnixonadagi bemorlar muolajasi ancha jo‘nroq ekan... 
Ammo siznikiga o‘xshagan birlamchi, ikkilamchi, eshituv, hidlov va ta’m biluv jinnilarini qo‘shib 
hisoblaganda sezuv va ko‘ruv sezgilari bilan birgalikda men sizga aytsam, ish nihoyatda yomon. Biz 
evtanaziyani qo‘llashga majbur bo‘lamiz. 
Kapitan hayqirgancha oyoqqa turdi. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish