www.ziyouz.com кутубхонаси
171
eshitganiga ishora.
Aslida inson oxiratga borayotganida safar ozig‘i — uning bu dunyoda qilgan toat,
ibodati, yaxshi, savob ishlari bo‘ladi.
Bu hikoyatda Haq taolo farmoniga asosan dunyo hayotitsa azob chekayotganlar
yaxshi amal qiladi, davlatmand odamlar faqat maqtanish uchun ibodat qiladilar, degan
ma’no yashiringan.
Qulning shohona to‘n yengiga yuzidagi changni artishi Alloh yetkizgan ne’matni
mensimay, qadrsizlantirga-ni deb tushuniladi.
Hazrati Muso bilan Fir’avn sehrgarlari bahs-munozara qilgan vaqtida sehrgarlar haq
dinga o‘tib imon keltirishi Tavrotda ham, Qur’oni karimda ham keltirilgan. 139-betga. Bu
g‘oya (falak qo‘g‘irchoqboz, insonlar — qo‘g‘irchoq) Umar Xayyom va Pahlavon Mahmud
ruboiylarida ham ravshan ifodalangan. Lekin Pahlavon Mahmudning javonmardlik,
futuvvat tariqati chin insonlarni qo‘g‘ir-choq bo‘lmay, olamni yaxshilik tomonga
o‘zgartiruvchi, faol inson bo‘lishga o‘rgatadi.
Imom Ahmad Hanbal — ahli sunna val -jamoaga xos to‘rt ilg‘or mazhabdan birining
asoschisi. U go‘zal xulqli, o‘ta kamtarin bo‘lib, imom al-Buxoriyga ham ta’zim qilib,
hadislar yozgan qo‘lini o‘pgan va uni turli ig‘volardan himoya qilgan.
Bu voqeaning tarixiy asosi bor. Yuz yillar davom etgan salb urushlari vaqtida
musulmon bahodirlari masihiylarga va ularning bahodirlari musulmon jangchilarga
ibodat vaqtida jangni to‘xtatib, imkoniyat berganlar. (Qarang: Usoma bin Munqiz. Ibrat
kitobi. Arabchadan Ismatullo Abdullaev tarjimasi.)
Bu voqea ham haqiqatda bo‘lgan, shu haqda Tavrotda va Qur’oni karimda yetarli
so‘zlar bor. Yusufning og‘alari oxiri xorlanadilar.
Devona bu so‘zlarni alam ustida aytgan. Aslida Arsh egasi — Alloh o‘z bandalarini
siylashda bu yerda maqtalgan amid - lashkarboshiga nisbatan yuz ming chandon
himmatliroqdir. Shu sababli Fariduddin Attor devonaning so‘zini gustoxlik deb to‘g‘ri
aytadi.
Fariduddin Attorning bu HIKOYATIda Jaloliddin Rumiy va Alisher Navoiyda ham
uchraydigan barcha millatlarga va g‘ayridinlarga Allohning bandalari deb hurmat
bildirish, dinlararo bag‘rikenglik bor.
Mazkur hikoyatda sulton Mahmud G’aznaviyning qudratli podshoh bo‘la turib, gulxan
yoquvchi bilan do‘stona suhbatlar qurishidan bu podshoh haqida ba’zi tarixchilarnnng
ta’na, malomatlari nohaq bo‘lib ko‘rinadi. Sulton Mahmud shoir Fariduddin Attorning
ustozlaridan biri — Abul-Hasan Haraqoniyga ham tavoze’ bildirib, ziyorat qilgan.
O’tmishdagi ba’zi atoqli ulamolar Iblisni faqat bir Allohga sajda qilib, boshqaga
(Odamga ham) sajda qilmaganini Allohga faqat Shayton shirk keltirmagan deb, u haqda
ijobiy fikr bildirilgan. Lekin Alloh bilguvchiroqdir!
Bu hikoyatda boshqalarning aybini topib jazolovchilarning o‘zlarida ham ko‘p gunohlar
borligi, ammo ular o‘ziga jazo bermasliklari qoralanadi.
Fariduddin Attor bu hikoyatda Alloh do‘zaxlar va jannatlarni oqilona maqsad bilan
yaratgani haqida Alloh so‘zlarini keltiradi, ammo, hikoyat xulosasida bu fikrga
qo‘shilmay, Robiya Adaviya kabi «Do‘zaxlar va jannatlarni yo‘q qilishni ma’qullaydi.
Sofdil musulmonlarning ko‘pchi-ligi do‘zaxdan qo‘rqib, jannatni orzu qilishi, shu sababli
yomonliklardan tiyilishi Qur’oni karim suralarining asosini tashkil etadi. Ammo, do‘zax va
jannatga beparvo qarab, Allohni sevish - ayrim xoslarning fikridir. Xoslar juda ozchilikni
tashkil etadi.
Ilm o‘rganish* ayniqsa iymon va ruhni poklaydigan, ma’rifatni ziyoda qiluvchi foydali
diniy, ma’naviy ilmlarni o‘rganish barcha musulmonlar uchun farzdir. F.Atgor bu
hikoyatda mashaqqatli sharoitlarda ham ilm bilan fidokorona shug‘ullangan odamni
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |