NIZOMULMULKNING JONCHIQAR VAQTIDAGI HOLI HIKOYATI
O’lim to‘shagida yotgan Nizomulmulk bunday dedi:
- AIlohim, umrim yelday o‘tib, sening dargohingga bormoqqaman. Yo Xoliq, yo
Rabbim, bu dunyoda nelarni ko‘rgan bo‘lsam, shularni aytaman. Hayotda barcha yangi
narsalarga xaridor bo‘ldim, o‘shalarga do‘st-yor bo‘ldim. Seni tanib, senga xaridor
(talabgor) bo‘ldim va hech qachon sening nomingni sotmadim.
Umrimizning oxirgi damlarida bizni o‘zingga xaridor (talabgor) qilgin, nodo‘stlar
orasida bizni o‘zingga do‘st-yor qilgin. Oxirgi nafasimizda ham bizni o‘zingga do‘st qilgin.
So‘ngti nafasda ham sendan o‘zga do‘stni xohlamaylik.
O’sha vaqtda (jonim chiqqanida) pokdil do‘stlarim go‘rimga tuproq tashlasin. O’sha
soatda o‘zing meni qo‘llab, holimni durust qilgin. O’sha lahzada ham fazling etagini tutib,
yig‘layman.
Do'stlaringiz bilan baham: |