www.ziyouz.com кутубхонаси
2
boshlagach esa odam o‘zidagi yomon fe’l-atvor, tuban qiliqlar, baxillik, ichi qoralik,
badnafslik, boshqa insonlarga jabr-zulm qilish, kibru havo, jahl-g‘azab bilan kamtarin,
sofdil odamlarning dilini og‘ritish — inson ishi emasligini, odam tabiatiga nomunosib
ekanligini tushuna boshlaydi.
Alisher Navoiy bolalik chog‘larida maktabga qatnab yurganida hayotini barcha
tengdoshlaridan boshqacha qilib, tubdan o‘zgartirib yuborgan bir voqea sodir bo‘ldi.
Uning qo‘liga Chingizxon davrida yashagan mo‘g‘ul kofirlari qo‘lida shahid ketgan shayx
Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush tili mantiqi») kitobi tushib qoldi. Turli
nodir hikoyatlar va tamsillarga boy bu asar yosh Alisherning ruhiy olamini cheksiz
darajada boyitib yubordi, uning dilini ilohii olam sirlariga oshno qildi.
Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida o‘ta kamtarin-lik bilan, o‘zini tuproq bilan
tenglab, ma’naviy ustozi Fariduddin Attorni ilohiy sirlarning kashfiyotchisi deb, ko‘klarga
ko‘taradi: «Qushlar tiliga yo‘l topganlardan biri Sulaymon payg‘ambar edi. Keyin vaziri
Osaf undan ta’lim olib, qushlar tilini o‘rgandi, ammo bu tildan u hech kimni xabardor
etmadi... Boshqa odamlar (shoirlar ham) qush tilini bilmaganlari uchun, uning fahmiga
yetmae edilar. Tez aylanuvchi falak shitob bilan oradan necha ming yilni o‘tkazib
yubordi. Shundan so‘ng chiqqan sayr etuvchi, chechan nutq aytuvchi va o‘tkir aqlli,
omadi yurishgan bir qush (Fariduddin Attorni aytmoqchi) maydonga chiqdi. Uni qush
dema, balki, Fano Qofining anqosi de, barcha qushlar tilining donosi de! U, bu yo‘lning
boshlovchisi va avliyo qiblasi bo‘lib, ko‘ngli haq yo‘lni ko‘rsatish uchun jilolangandi. U,
haqiqat sirlarini kashf etishda farid. yagona va tengi yo‘qdir, nutqidan haqiqat ahli
bahramand...» Navoiy jon quydirib aytishicha,
Forsiy oyine ulus fahm etdilar,
Barcha maxfiy diqqatig‘a yettilar.
Ammo, «G’ayr xayli sodda atroki faqir» — soddadil turkiy xalqlar:
Qoldilar mahrum bu iqboldin,
Qush lisoni birla qilu qoldin.
Navoiy turkiy xalqlarni ham bu ma’naviy xazinalardan bahramand etish uchun bu
asarni turkiy tilda qayta yozishga bel bog‘ladi. Shoir aytishicha, Fariduddin Attor unga
qushlar tilidan saboq berdi, «irshod etdi». ul takallumda uni ustod etib yetishtirdi.
Navoiy yana aytadiki, forsiyda bitilgan qushlar tilini o‘rganishda:
Chunki topdim ul kalom ichra kamol,
Turk alfozi birla surdim maqol.
Shoir «Lison ut-tayr» dostonida turkona nag‘malarni, nolau afg‘onlarini «shunday
kuyladimki, xushnag‘ma qushga aylandim. ming dostoni bor bulbulga aylandim», deydi.
Men-men ul bulbulki, ming afg‘on aro
Har figon lahnini bir doston aro...
Ushbu gulshan ichra soddim mastvor,
Nag‘maning ohangi andoq ustivor.
Bunday yuksak maqomga yetishda shoir ma’naviy ustozining buyuk xizmatini aytadi:
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |