www.ziyouz.com кутубхонаси
170
ezilishiga ishora bo‘lsa kerak.
Bu fikr ikki olamdan ham voz kechuvchi rindlar, xarobotiylar ta’limotiga aloqadorga
o‘xshaydi.
Hazrati Sulaymon va uzugi timsolida bu dunyodagi eng qimmatbaho javohir ham
mangu hayot oldida arzimas ekanligi aytiladi.
Humoy, Humo qushi podshohlar, tojdorlarga mulku saltanat berishi ham bu olamda
oliy baxt ko‘rinsa-da, Fariduddin Attor fikricha ahamiyatsiz va hatto azoblarga sababchi-
dir — bu ham tasavvuf ta’limotining muhim g‘oyalaridan biri.
Bu hikoyatda dunyo podshohining sevimli quliga munosabati barcha olamlar podshohi
— Haq taoloning sevimli quliga mehribonchiliklari oldida arzimasligi, hatto jabr-zulmdan
xoli emasligi ochib beriladi.
Bu hikoyatda zarga, tilloga hirsu havas kufr va butparastlik ekanligi ma’nolari
ochiladi.
Mazkur hikoyatda olamdagi barcha mavjudotlar Oliy Ruhning soyasi, zarralari deb
hisoblanuvchi panteizm falsafasi tasavvufga ham xosligini ko‘ramiz.
Tasavvufiy ishqdagi kufr ma’nolari shariatda kufr sanalsa-da, tariqat va ma’rifatda
kufr emas, ilohiy ishq ahlining aql-xushdan ayrilishi deb tushuniladi. Shu sababli bo‘lsa
kerak, Ibn Sino dunyoviy ishqni illat, kasallik deb, ruhiy ishqni esa hayot javhari deb
biladi. (Qarang: Ibn Sino. Ishq risolasi.)
Shayx San’on qissasi - Fariduddin Attor va A.Navoiy asarlarining eng go‘zal
sahifalarini tashkil etadi. Mazqur qissada — vujudiy va ruhiy go‘zallikning ilohiy,
muqaddas ekanligi, oshiq uchun barcha din va mazhablarning farqi yo‘qligi, ishqning
xalqaro va dinlararo ahillik va do‘stlik sababchisi ekanligi tasvirlanadi.
Aql-hushdan ayrilib, dildan sevish -tasavvufda fazilat, tibbiyotda esa illat, kasallik
hisoblanadi. Erkak odamning go‘zal yigitni sevishi deganda tasavvuf tariqatida Allohning
jamoliga oshiqlik tushuniladi. Shariatda bu kufr va illat, gunohi kabira. Tasavvufda go‘zal
yigit — odamzod emas, Haq taolo jamoli ma’nosida keladi.
Bu hikoyatda buyuk saltanat bunyodkori, Hind elini musulmon qilish uchun 17 marta
yurish qilgan sulton Mahmudning bir o‘ta kambag‘al oila bolasiga oliy himmati
tasvirlangan. Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asarida sulton Mahmud, goh zolim
qaroqchilardan elni qutqaruvchi, goh turli unvon, martabalarni deb, nohaq ishlar qiluvchi
sifatida tasvirlanadi. Aslida ham sulton Mahmud G’aznaviy turli fazilatlarga ham,
nuqsonlarga ham ega bo‘lib, asosiy ishi — dini islomni keng yoygan qahramon —
G’oziydir. «Mahmud va o‘tinchi chol» hikoyasida u olihimmat, insonpar-var, odil podshoh
sifatida tasvirlangan.
Avliyolardan Habib Ajamiy karomatiga bag‘ishlangan bu hikoyada aytilgan pirni
ulug‘lash fikri shariatda oqlanmaydi. Qotil pir nazari tushsa ham qotildir, uni jazolash
adolatlidir.
Bu hikoyat ma’nolari juda murakkab. Butparast odamning ne sababdan okdanishi
tushunarli emas. Bu ishdan hazrat Jabroil ham ajablangani tabiiydir. Lekin Alloh taolo
barcha sirlarni bilguvchidir.
Bu hikoyatda vujud ham, ruh ham muqaddas, pok bo‘lishi kerak, degan g‘oya ilgari
surilgan.
Shibliyning bu ishi ramziy bo‘lib, mardlikni unutgan erkaklarga tanbeh uchundir.
Keyingi hikoyat ham shu haqqadir.
Bu hikoyatlarda ba’zi odamlar o‘z gunohlari uchun Iblisni ayblab, nohaq tuhmat qilishi
qoralanadi.
Muhammad payg‘ambar s.a.v. bir badavlat odam bilan gaplashib turganida kambag‘al
— dinsiz savol so‘rashi, rasululloh uni mensimay yuz o‘girgani va Allohdan tanbeh
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |