www.ziyouz.com кутубхонаси
169
Lablaringni bog‘la... Yaratuvchining olamlarni, hayotni qanday yaratganligini bilishga
inson aqli ojizdir, yaxshisi - inson o‘zini turli illatlardan poklab, Yaratganga shukronalar
aytib yashashi kerak.
Inson ilohiy sirlar olamidan tashqaridadir. Agar, ichkarida bo‘lsa, bu olamda
axmoqona, gunoh ishlar bilan, vayrongarchilik bilan, jabr-zulm qilish bilan o‘zini
do‘zaxga tayyorlamas edi. Shu sababli, sofdil insonlar bu dunyoda mashaqqatda
yashaydilar.
Fariduddin Attorning sirli so‘zlaridan: Hatto Shayton ham kibru havosini tashlab,
Allohning qudrati bilan, payg‘ambarning da’vatiga quloq solib, oxiri musulmon bo‘lishi
mumkindir, lekin inson o‘zi gunoh ishlarni ko‘paytirib, o‘z aybini shaytonga
to‘nkamoqda. Bu so‘z shariat peshvolari nazarida kufrday ko‘rinadi. Aslida Shayton
la’natlangan bo‘lsa ham, Allohdan o‘zgaga sajda qilmaganini Ibn Arabiy, Jaloliddin Rumiy
kabi avliyolar to‘g‘ri deb hisoblaydilar. Buni anglashga ko‘pchilikning aqli yetmaydi va bu
haqda hammaga gapirib bo‘lmaydi.
Muhammad rasululloh s.a.v. o‘tmishdan va kelajakdan xabardor edi, ma’nosida.
Muhammad rasululloh s.a.v. ga me’roj kechasi to‘rtinchi osmonda barcha
payg‘ambarlar ta’zim qilganlar (Qarang: Muhammad G’azzoliy. Kimiyoi saodat.)
Me’roj kechasi Muhammad s.a.v. narigi dunyo-oxiratga borib, do‘zaxlar va jannatlar
ahlining ahvolidan xabardor bo‘lib qaytganiga.ishora. Payg‘ambarni na’t aytib ulug‘lash
adabiy an’ana bo‘lib7'Su sohada ham Fariduddin Attor barcha mutafakkirlarga, valiylarga
ham ustozdir. Alisher Navoiy ustoz Attorni behudaga nasf etmagan.
Hijrat boshlanishida Muhammad s.a.v. safdoshi Abubakr Siddiqbilan yashirin yo‘lga
chiqqanlar. Mushriklar buni bilib qolib, bularni quvib yetayozganida ikkalasi g‘orda
yashiringan, Allohning qudrati bilan bir o‘rgumchak to‘r to‘qib, g‘orni yashirgan.
Dushmanlar o‘rgumchak to‘rini ko‘rgach, bu yerga hech kim kirmagan, deb o‘ylab qaytib
ketganlar. Bu yerda yana hazrat Abubakrning kam so‘zlashi ham maqtalmoqda.
Qur’oni karim hazrati Usmon ibn Affon davrida kitob holiga keltirilgan va mukammal
to‘rt nusxadan boshqalari yo‘qolgan.
Hazrat Ali ibn Abu Tolib tib ilmida ham mohir bo‘lgan. Uning tibbiy maslahatlari
hozirgacha saqlanib qolgan. (Qarang: Sarvar Ochil. Hazrat Ali - she’r va ilm sarvari.
Eron Islom respublikasi. «Al-Alloh»; Minhoj. Tehron—Toshkent. 2004.)
Umrining oxirlarida Fariduddin Attordan payg‘ambar sahobalaridan Hazrat Alidan
boshqasini tan olmaydi, deb, shialikda ayblamoqchi bo‘lganlar. Ammo, bu sahobalar
haqidagi bu ajoyib so‘zlar ayblovchilarning nohaqligini ko‘rsatadi.
Fariduddin. Attor qudratli podshohlarga yo‘l ko‘rsatuvchi qush Hudhud timsolida
payg‘ambarning yo‘lboshchiligini tasvirlaydi.
Solih payg‘ambardan kofir qavmlar mo‘‘jiza ko‘rsat deb talab qilganlarida, u Alloh
qudrati bilan tog‘ ichidan urg‘ochi tuyani chiqarganiga ishora. (Qarang. Rabg‘uziy. Qisas
ul-anbiyo», T. Yozuvchi, 1990 yil, 55-bet.)
Fariduddin Attor Simurg‘ timsolida o‘ttiz qushdan -o‘ttiz vaziri bo‘lgan adolatli
podshohning majoziy tasviri-ni beradi. Bu timsolda go‘zallikni, san’atni ulug‘lovchi Moniy
ta’limotining ta’siri ham borga o‘xshaydi (tarj).
Bu yerda gul o‘tkinchi, zohiriy, tashqi go‘zallik timsoli. F. Attor zohiriy emas, ma’noga
oshiqlikni yoqlaydi.
Mazkur hikoyatda ham Fariduddin Attor o‘tkinchi, bebaqo va bevafo go‘zallarga
oshiqbo‘lishni qoralaydi. Bu yerda soqol hajvi o‘tkinchi go‘zalning oshiqni masxara
qilishini ko‘rsatadi.
Jannat ahlining jigar yeyishi. Tasavvuf falsafasiga ko‘ra, oshiq jannatni emas, Haq
jamolini orzu qiladi. Jannatni orzu qiluvchilarning shu haqda qayg‘urib, jigar-bag‘ri
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |