Assalomu alaykum, dilbar va latofatli ayollar – muhtarama onajonlar! Aziz ustozlar! Qadrli opa-singillar! Bir-biridan lobar, go’zal qizlar!Dunyoda shunday bir ulug’ not borki, Tangri ozi uni mukarram qilgan. Ne bir fotihlar uning qarshisida tin cho’kmagan, butun boyligi va qudratini uning poyiga sochishga tayyor turmagan, deysiz.U zotga ehtirom millati va dinidan qat’iy nazar, barcha insonlarga birday daxldordir.
Ayol... Dunyoda unga ko‘pgina ijobiy ta’riflar berilgan. Haqiqatan ham nozik hilqat vakilalariga qancha chiroyli ta’rif-u tavsiflar keltirsak, shuncha oz. U – mushtipar ona, sevikli yor, mehribon opa, mehribon singil...Ayol nozik jussasida butun hayot tashvishlarini ko‘tarib yurishi mumkin. Ammo hayot har doim ham shodlikdan iborat emas.Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga yo‘llangan murojaatlar tahlili, 2021 yilning 15 apreliga qadar xotin-qizlar tomonidan 20 ga yaqin jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, ruhiy tazyiq o‘tkazish bilan bog‘liq holatlari bo‘yicha murojaat kelib tushganini ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.Barchamiz yodda tutishimiz zarur! Barcha xotin-qizlar davlat himoyasida. Hech kim ularni tahqirlashga, huquqlarini poymol etishga va erkinligini cheklashga haqli emas
Milliy qonunchiligimizda avvalambor Konstitutsiyamiz, shuningdek xalqaro standartlarga mos xotin-qizlarning huquqlarini kafolatlovchi maxsus qonunlar, shuningdek bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslilik hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash kafolatlari belgilangan.ХОТИН-ҚИЗЛАРНИ ТАЗЙИҚ ВА ЗЎРАВОНЛИКДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА
Қонунчилик палатаси томонидан 2019 йил 17 августда қабул қилинган
Сенат томонидан 2019 йил 23 августда маъқулланган
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga yo‘llangan murojaatlar tahlili, 2021 yilning 15 apreliga qadar xotin-qizlar tomonidan 20 ga yaqin jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, ruhiy tazyiq o‘tkazish bilan bog‘liq holatlari bo‘yicha murojaat kelib tushganini ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |