Tasavvuf, sufiylik



Download 19,5 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2021
Hajmi19,5 Kb.
#72789
  1   2
Bog'liq
falsafa 1 savol


Tasavvufsufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimot. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi. tasavvuf va "sufiy" soʻzlari 9-asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi soʻzlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga koʻra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygʻular mujassam boʻlgan. Lekin hijratning 2 asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning koʻpchiligida mazkur xususiyatlar oʻrnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo boʻla boshlagandan keyin obidlik va zoqidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar Tasavvuf va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf turlicha talqin qilingan. Mas., Maʼruf alKarxiy (815 y.v.e.) fikricha, "tasavvuf — haqiqat sari intilish, odamlardan tamagirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnun al Misriy (859 y.v.e.), "Sufiy boylik istab oʻzini charchatmas va yoʻqotgan boyligiga achinib, bezovta boʻlmas", desa, Junayd al Bagʻdodiy (909 y.v.e.) "tasavvuf — qalbni sof tutmoq, tugʻma zaiflik va noxush axloqlardan forigʻ boʻlib, hayvoniy va nafsoniy tuygʻular ustidan gʻalaba qilmoq", deb taʼrif bergan. Yana u "tasavvuf bir uy boʻlsa, shariat unga kiradigan eshikdir", degan. Soʻfi Olloyor bu taʼrifni quvvatlab:Shariatsiz kishi uchea havogʻa Koʻngil berma aningdek xudnamogʻa deb yozadi. Misrlikolim Ibrohim Basyuniy "Islomda Tasavvufning paydo boʻlishi" kitobida hijriy 3 va 4-asrlarda yashab oʻtgan olimlarning tasavvuf haqidagi 40 ta taʼrifini keltiradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, tasavvuf islom shariati talablarini ham ixlos bilan bajargan gʻolda zuxd, taqvo, kamtarlik kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etib, nafsni poklash yoʻli bilan komil inson darajasiga erishishga harakat qilishdan iboraTasavvuf tasavvufning oʻziga xos istilohi mavjud. Masalan, tasavvuf ilmidan saboq beruvchi shaxs — shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono, maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan. Tasavvufdan saboq oluvchi shaxs — murid, solik, axli dil, axli hol, mutasavvif kabi nomlar bilan atalgan. Tasavvuf boʻyicha oliy maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar — valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod, chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, gʻavs va h.k. deyilgan. Tasavvuf ahli baʼzan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolulgʻayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan. TASAVVUF istilohi asosida ijod etgan shoirlar majoz uslubini tanlaganlar. Shuning uchun haqiqat, majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar boʻlmagan kitobxon Navoiy, Fuzuliy, Atoyi, Umar Xayyom kabi mumtoz adabiyot namoyandalarining sheʼrlarini toʻla anglashi qiyin kechadi. Tasavvuf tarixida koʻpgina olimlar tasavvufga doir soʻzlar izohiga bagʻishlangan lugʻat va qomuslarni yozib qodsirganlar. Ulardan ayrimlari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqsa. Tasavvuf tariqatlarining insoniyat maʼnaviyatini yuksaltirishga qoʻshib kelayotgan benazir hissasi butun dunyo xalqi tomonidan eʼtirof etilsada, baʼzan islom olamida tasavvufga salbiy nazar bilan qarash, uning tariqatlari, mashoyixlari va karomatlarini inkor etish koʻzga tashlanadi. Burhoniddin al Biqoiy (1406— 1480)ning "Tasavvuf inqirozi", Abdurahmon Dimashqiyaning "Naqshbandiya taxlili" kitobi va boshqa kitoblarda tasavvufning barcha tariqatlari va ularga doir asarlar hamda mashoyixlar qattiq tanqid qilingan. Aziz avliyolarning maqbara va mozorlarini ziyorat qilish shirk deb sanalgan. Vaholanki, ularning bu daʼvolari sharʼan asossizdir.

Islom huquqshunosligida, yaʼni sharʼiy koʻrsatmalarni amalga tatbiq etishda 4 ta fiqxiy mazhab boʻlganidek, Tasavvufda ham bir necha tariqatlar shakllangan. Mashhurlari — tayfuriya, junaydiya, hakimiya, qodiriya, yassaviylik, malomatiylar, rifoiya, kubroviylik, suhravardiylik, chishtiya, akbariya, shoziliya, bektoshiya, mavlaviya, naqshbandiya, sanusiya tariqatlaridir. Mustaqillik yillari mamlakatimizda tasavvuf tariqatlarini oʻrganish, unga doir asarlarni tarjima qilish, atokdi mashoyixlarning maqbaralarini qayta qurish va taʼmirlashga ahamiyat berilmoqda. Hakim Termiziy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Shayx Zayniddin, Zangi ota, Shayx Xovandi Tohur va boshqa koʻplab tasavvuf tariqatlariga mansub piri komillarning xayot va ijodlarini chuqur oʻrganish, qoldirgan asarlaridan xalqimizni bahramand etish borasida muayyan ishlar qilindi.



Markaziy Osiyoda XIV asrda paydo boʻlgan yana bir yirik tasavvufiy tariqat – “Naqshbandiya” tariqatidir. Bu tariqat Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshband nomi bilan bogʻliqdir. Naqshband 1318 yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduyon qishlogʻida tugʻiladi (soʻngra Hazrati Naqshband sharofati bilan bu qishloq “Qasri Orifon” deb atala boshlagan). 1354 yilda vafot etgan mutasavvuf olim Xoja Muhammad Boboi Samosi Bahovuddin Naqshbandning Buxoro yonidagi Qasri Hinduyon qishlogʻida paydo boʻlishini oldindan bashorat qilgan ekan. Mazkur mutasavvuf donishmand yosh Bahovuddinni oʻziga oʻgʻil qilib oladi va har tomonlama uni tarbiya qiladi. Vafotidan oldin uni oʻz shogirdi Sayyid Mir Kulolga topshiradi. Shu zaylda yosh Bahovuddin oʻsha davrdagi atoqli mutasavvuf Sayyid Mir Kulol qaramogʻida taʼlim olgan.

Tasavvufning mashhur bilimdoni, atoqli sharqshunos Ye. E. Bertelsning yozishicha, Naqshband taʼlimotining asosida ixtiyoriy ravishdagi faqirlik yotadi… Shunga binoan, Bahovudsin Naqshband umri boʻyi dehqonchilik bilan kun kechirgan, oʻz qishlogʻida unchalik katta boʻlmagan yeriga bugʻdoy va mosh ekar ekan. U uyida hech qanday mol-dunyo va boylik saqlamagan. Qishda qamishlar ustida, yozda esa boʻyra ustida yotib kun kechirgan. Uning uyida hech qachon xizmatkor ham boʻlmagan. Hazrati Naqshband butun umrini oʻz xohishi bilan faqirlik va yoʻqsilliqda oʻtkazgan. Zero, bu tariqatning asl aqidasi – “Dil – ba yor-u, dast – ba kor” – yaʼni “doimo koʻngling Allohda boʻlsin, qoʻling esa ishda” degan gʻoyani ilgari suradi. U oʻz qoʻl kuchi bilan kun koʻrishni yoqtirgan, topgan-tutganlarini – yetim-yesirlarga, beva-bechoralarga inʼom etgan, hukmdorlardan doimo oʻzini yiroq tutgan, ular oldida hech qachon taʼmagirlik qilib yashamagan.

XIV asrda Markaziy Osiyoda paydo boʻlgan “Naqshbandiya” taʼlimoti Afgʻoniston orqali Hindistonga va boshqa islom yurtlariga shiddat bilan tarqala boshlaydi. Naqshbandiya taʼlimoti Temurning moʻgʻullar isteʼlosiga qarshi kurash, mustaqil davlat barpo etib, unda madaniy-maʼnaviy rivojlanishni taʼminlashga intilishida, temuriy davri madaniy yuksalishida katta ijobiy ahamiyat kasb etadi.

XV asrning koʻp olim-fozillari, davlat arboblari, sanʼatkorlari Naqshbandiya taʼlimotidan keng foydalandilar, unga oʻta ijobiy munosabatda boʻdsilar. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) davrida, undan keyingi XVI – XVII asrlarda bu jarayon ancha tezlashadi. Naqshbandiya tariqati XVI asrda Xoja Muhammad al-Boqiy Kobuliy (vafoti 1605) Hindistonga borgandan soʻng Hind tuprogʻida ham bu avj oladi. Bu mashhur mutasavvuf olim Afgʻon va Hind yurtlarida Xoja Boqibillo nomi bilan mashhurdir. Uning shogirdi Xoja Ahmad Foruq Sirhindiy (1563–1624) esa Naqshbandiya taʼlimotining XVII asrda Hindistonda yoyilishida katta rol oʻynagan.



Shunday qilib, bizning tabarruk yurtdoshimiz Hazrati Bahovuddin Naqshband tomonidan asoslangan Naqshbandiya taʼlimoti Markaziy Osiyo, Oʻrta va Yaqin Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-madaniy hayotida juda katta oʻrin egalladi. Bu taʼlimot boshqalar mehnati bilan kun kechirishni, tekinxoʻrlikni, ijtimoiy zulm-istibdodni qatʼiyan qoralaydi. Bu taʼlimot tarafdorlari asketizmga (tarkidunyochilikka) karshi, boy-zodagonlarning zulm va istibdodiga qarshi boʻlganlar, faqat oʻz qoʻl kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga chaqirganlar. Naqshbandiylar savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, musiqa, ilm-maʼrifat, xattotlik, naqqoshlik, mi-niatyurasozlik, quruvchilik kabi barcha foydali va xayrli yumushlar bilan shugʻullanishga daʼvat etganlar. Shuning uchun ham oʻz davridagi ilm-maʼrifatning, adabiyotning yirik namoyandalari boʻlmish Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xushholxon Xatak, Ahmad Shoh Durroniy, Mahdumquli Firogʻiy singari yuzlab ulkan taraqqiyparvar, insonparvar shoirlar va mutafakkirlar Naqshban-diya yoʻlini tanlaganlar, hayotni va insonni avji baland pardalarda kuylab, tinmay barakali ijod qilganlar. 

Xoja Bahovuddin Naqshbandni Markaziy Osiyo xalqlari juda yuksak qadrlaydilar. Xalqimiz ul Hazratga baland eʼtiqod qoʻyib, “Bahovuddin – balogardon!” deya uni behad eʼzozlaydi. Hozirgi mustaqil jumhuriyatimiz sharoitida “Yassaviya”, “Kubraviya”, “Naqshbandiya” kabi oʻlkamizda (Turkistonda) vujudga kelgan tariqatlar endi bizda ham har tomonlama chuqur oʻrganila boshlandi. Xoja Ahmad Yassaviy, Shayx Najmiddin Kubro va Xoja Bahovuddin Naqshband singari mutasavvuf donishmandlarning poklik, toʻgʻrilik, mehr-shafqat, adlu insof, imondorlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ilgʻor umumbashariy fikrlari davrimizga hamohang boʻlib, kelajak uchun xizmat qiladi. 1993 yilda Oʻzbekistonda Bahovuddin Naqshbandning 675 yilligi zoʻr tantanalar bilan oʻtkazildi, unga bagʻishlab qator asarlar nashr etildi, xalqaro ilmiy konferensiyalar boʻlib oʻtdi. Buxorodagi Naqshband nomi bilan bogʻliq boʻlgan yodgorliklar qaytadan tiklandi.

Tariqat (arabcha — yoʻl, usul) — tasavvufga xos tushuncha. Unga koʻra, sufiy yoki solik tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechishi, doim kambagʻallikda qanoat qilib yashashi, tarkidunyo qilishi, har narsani xudodan deb bilishi, xudoni sevishi va unga intilishi, ixtiyorini pir, murshidga topshirishi lozim. Bundan tashqari T. tushunchasi koʻproq tasavvuf yoʻnalish (suluk)i, tarmogʻi maʼnosida qoʻllaniladi. Tarixda tasavvuf tariqatlarini notoʻgʻri tushunish va talqin qilish natijasida baʼzi mutaassiblikka berilish holatlari ham kuzatilgan. Tasavvufda T. koʻp boʻlgan, mas., tayfuriya, qodiriya, suhravardiylik, bektoshiya va boshqa Oʻrta Osiyoda naqshbandiya, kubroviylik, yassaviylik T.lari tarqalgan.


Download 19,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish