www.ziyouz.com
kutubxonasi
41
e’tiqodning poydevori edi, harholda u menga namoyon bo‘lgan hayot ma’nosini yaxlit bilish bilan
chambarchas bog‘liq edi. Mening keksa, baquvvat aqlimga u har qancha vahshiyona ko‘rinmasin, u
xalos bo‘lishning birdan-bir omili edi.
Uni anglamoq uchun, hatto, men ilm qoidalarini anglaganday emas, shunchaki jo‘n anglamoq
uchun uni ehtiyot bilan sinchiklab tekshirib chiqmoq kerak edi. Iymon bilimining xususiyatini bilib
turib, men buni izlamayman va izlay olmayman. Men hamma narsaning izohini izlab o‘tirmayman.
Men bilaman — hamma narsaning izohi hamma narsaning ibtidosi sifatida cheksizlik ichida
yashiringan bo‘lmog‘i kerak. Ammo men shunday anglamoq istaymanki, men buning oqibatida
muqarrar tarzda izohlab bo‘lmaydigan narsaga kelay; istaymanki, jamiki izohlab bo‘lmaydigan narsa
aqlimning talablari noto‘g‘ri bo‘lgani uchun emas (akdimning talablari to‘g‘ri, ulardan tashqarida men
hech narsani anglay olmayman), balki men o‘z akdimning chegaralarini ko‘rib turganim uchun izohlab
bo‘lmaydigan bo‘lsa. Men shunday anglamoq istaymanki, har qanday izohlab bo‘lmaydigan qoida
mening qarshimda men ishonishim kerak bo‘lgan narsa sifatida emas, akdning zaruriyati tarzida
namoyon bo‘lsa...
Diniy ta’limotda haqiqat borligi menda zarra shubha tug‘dirmaydi. Ammo unda yolg‘on mavjud
ekaniga ham zarra shubham yo‘q. Men ana shu haqiqat bilan yolg‘onni topib, ularni bir-biridan ajratib
olmog‘im kerak. Men ana shu ishga kirishdim. Diniy ta’limotda men qanday yolg‘on narsani
topganim, qanday haqiqatni topganim, qanday xulosalarga kelganim navbatdagi asarimning tarkibiy
qismini tashkil qiladi. Bu asar biror narsaga arzisa va biror kimsaga keragi bo‘lsa, biror vaqtda yozilar
va biror joyda chop etilar...
Men bularni uch yil avval yozgan edim.
Endilikda uning chop etilayotgan qismini qayta ko‘rib chiqar ekanman va o‘sha paytdagi fikrlarim
mantig‘iga hamda ko‘nglimdan kechgan hislarga qaytar ekanman, yaqinda bir tush ko‘rdim. Shu
tushda jamiki kechirgan tuyg‘ularim va tilga olgan hodisalar juda ixcham bir tarzda ifodalangan edi.
Shuning uchun o‘ylaymanki, tushim meni anglaganlarning ham xotirasini yangilaydi, men yuqoridagi
sahifalarda uzundan-uzoq bayon qilib bergan narsalarni bir joyga jamlab, aniqroq tasavvur qilishga
yordam beradi. Mana o‘sha tush: men to‘shakda yotgan emishman. O‘zimni yaxshi ham, yomon ham
his qilmayotgan emishman. Chalqancha yotgan ekanman. Shunda yaxshi yotibmanmi, deya o‘ylay
boshlabman. Shunda oyog‘imni noqulay his qilibman, kalta emishmi-ey, tagi notekis emishmi-ey,
bilmadim, harholda noqulay emish-da. Men oyog‘imni qimirlatib ko‘ribman va shu bilan birga
nimaning ustida qanday yotganimni o‘ylay boshlabman. Shu paytgacha bu gap xayolimga kelmagan
ekan. To‘shagimni ko‘zdan kechirib qarasam, arqondan to‘qilgan to‘r karavotda yotibman.
Oyog‘imning uchi past tomonda yotibdi, tizzam ochilib qolibdi. Shundan noqulaylik sezayotgan
ekanman. Negadir bilar ekanman — tagimdagi to‘r to‘shakni u yoq-bu yoqqa sursa bo‘larkan.
Oyog‘imni qimirlatib, to‘r karavotning etak qismini bir yonga jinday suribman. Shunday qilsam,
tinchroq yotadiganday ko‘rinibman. Lekin men uni ko‘proq surib yuboribman, oyog‘imga
ilintirmoqchi bo‘libman, lekin oyog‘im yetmabdi, aksiga olib to‘r karavot yana jinday siljibdi-yu,
oyoklarim osilib qolibdi. Qulayroq o‘rnashib olishga komil ishonch bilan, butun gavdam bilan harakat
qilib to‘r karavotni o‘nglab olmoqchi bo‘libman, ammo bu harakatim bilan ish o‘nglanish o‘rniga
batamom chappasiga ketibdi. Bir mahal qarasam, butun gavdam havoda muallaq osilib qolgan emish,
oyog‘imni cho‘zsam, yerga tegmas emish. Yuragim vahimaga to‘lib, qo‘rqib ketibman. Shu yerga
kelganda avval miyamga kelmagan bir narsani so‘rayman: «Men qaerdaman va nimada yotibman?»
Tevarak-atrofimga alang-jalang qarayman. Hammadan avval pastta — gavdam osilib turgan tomonga
qarayman. Hali-zamon o‘sha tomonga qulashimni tuyaman. Pastga qarayman-u, ko‘zlarimga
ishonmayman. Men shunaqa yuksakdamanki, qo‘yaverasiz. Eng baland minoraning yoki tog‘
cho‘qqisining balandligi ham uning oldida ip esholmaydi. Bunaqa balandlik avvallari yetti uxlab
tushimga kirgan emas.
Men aniq-taniq ilg‘ay olmayman — quyida, tepasida muallaq turganim va hadeb meni o‘z bag‘riga
Lev Tolstoy. Iqrornoma
Do'stlaringiz bilan baham: |