www.ziyouz.com
kutubxonasi
38
ko‘rib, men yo o‘zimga taskin beradigan biron izoh topishga harakat qilardim yoki meni vasvasaga
solayotgan narsani ko‘rmaslik uchun ko‘zimni yumib olardim.
Bularning bari menda eng muhim deb hisoblanadigan, aslida menga odatdagi bir narsa bo‘lib
tuyuladigan cho‘qintirish marosimida juda kuchli bir tarzda sodir bo‘lardi.
Bunda men tushunarsiz bir narsaga ro‘para Kelardim emas, aksincha, juda tushunarli haralotimga
aylandi. Mo‘‘jizalarni soqit qilib ularga bir fabuladay qarar ekanman, bu mutolaa menga hayotning
ma’nosini namoyon etdi. kitoblarda Ulug‘ Makariyning, Ioasaf — shahzodaning (Buddaning tarixi)
hayoti bor edi. Ularda Ioann Zlatoustning so‘zlari, quduqdagi yo‘lovchi tilla topib olgan Monax,
sargardon Petr haqidagi hikoyalar bor edi. U yerda hammalari yakdillik bilan o‘lim hayotni istisno
qilmaydi, degan shahidlarning tarixi bor edi. Savodsiz, telbanamo, cherkov ta’limotidan butunlay
bexabar odamlarning tarixi bor edi.
Ammo men Xudoga ishonadigan olimlarga yaqinlashib, ularning kitoblarini qo‘lga olishim bilanoq
dilimda allanechuk shubhalar, noroziliklar, bahslardan g‘azablanish paydo bo‘lardi va men ularning
gaplarini chuqurroq anglay borganim sari haqiqatdan tobora uzoqlashayotganimni va tubsiz jarlik sari
borayotganimni his qilardim.
XV
Men necha martalab savodsizliklari va ilmsizliklari uchun mujiklarga havas qilganman. Iymonning
menga o‘ta ma’nosiz bo‘lib ko‘ringan qoidalari ularga sira ham yolg‘on bo‘lib tuyulmasdi; ular bu
qoidalarni qabul qilishar va haqiqat deb ishonishardi. Bu haqiqatga men ishona olmasdim. Faqat men
sho‘rlikkagina ayon ediki, haqiqat ko‘z ilg‘amas rishtalar orqali yolg‘on bilan chatishib ketgan va men
uni bu ahvolda qabul qilolmayman. Shu ahvolda uch yil yashadim va dastlabki paytlarda endi ko‘zi
ochilgan odamday haqiqatni bir chimdim-bir chimdimdan o‘zlashtira bordim. Men faqat sezgimning
chorlovi bilan menga nurliroq tuyulgan tomonga tusmollab borardim. Unda haqiqat va yolg‘on
o‘rtasidagi bu ziddiyatlar meni bu qadar lol qoddirmagan edi. Biron narsaga aqlim yetmagan
chog‘larda o‘z-o‘zimga derdim: «Men o‘zim aybdorman, o‘zim ahmoqman». Ammo men o‘zim
o‘rganayotgan haqiqatlar ichiga ko‘proq kira borganim sari, bu haqiqatlar hayotimning asosi bo‘la
borgani sari, bu ziddiyatlar og‘irroq va dahshatliroq bo‘lib borar, men aqlim yetmagani uchun
anglamagan narsa bilan o‘z-o‘zimga yolg‘on gapirmasdan anglash mumkin bo‘lmagan narsa
o‘rtasidagi chegara keskinroq namoyon bo‘lardi.
Ana shu shubhalar va iztiroblarga qaramay men hali ham pravoslaviya tarafida edim. Biroq bir
joyga kelib hayot masalalari ko‘ndalang bo‘ldi, ularni hal qilmoq kerak edi. Cherkov bu masalalarni
men sig‘inadigan iymon asoslariga zid tarzda hal qila boshladi. Bu esa meni pravoslaviya bilan
muloqotda bo‘lish imkoniyatidan uzil-kesil voz kechishga majbur qildi. Bu masalalar, birinchidan,
pravoslav cherkovining boshqa cherkovlarga — katoliklarga va ixtilofchilarga munosabati masalasi
edi. Bu kezlarda diniy e’tiqodlarga qiziqishim oqibatida men Har xil yo‘nalishdagi, har xil
mazhablardagi dindorlarga yaqinlashgan edim. Ular orasida katoliklar ham, protestantlar ham,
qadimchilar Ham, molokanlar ham bor edi. Ularning orasida men vijdoni toza va chinakamiga
xudojo‘y odamlarni ko‘p uchratganman. Men bu odamlarga birodar bo‘lishni istardim. Xo‘sh, nima
bo‘ldi?
Men bilgan diniy ta’limot menga yagona iymots va sevgi orqali hammamizni birlashtirishna yaktan
qilishni va’da qilgan edi. Buning o‘rniga bu ta’limot o‘zining eng yaxshi vakillari orqali menga bunday
dedi: bu odamlarning hammasi yolg‘on botqog‘iga botgan, allanima ularga hayot qudratini berarmish,
bu — shayton vasvasasidan boshqa narsa emas, faqat bizgina bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona
haqiqatga egalik qilamiz. Shunda ko‘rdimki, pravoslav rohiblar o‘zlari bilan bir xil diniy e’tiqodlarga
sig‘inmagan odamlarning hammasini kofir hisoblashar ekan. Xuddi shuningdek, katoliklar bilan
boshqalar ham pravoslavlarni kofir deb bilishar ekanlar. Ko‘rdimki, kimda-kim pravoslavlarga o‘xshab
Lev Tolstoy. Iqrornoma
Do'stlaringiz bilan baham: |