Lev Nikolayevich Tolstoyning “Iqrornoma” Romani haqida
“Dunyodagi eng kuchli inson o’z nafsi ustidan g’alaba qozongan insondir”
O’zligini anglash,ayblarini tan olib ularni isloh qilishlik baxti juda kamdan-kam odamga nasib qiladigan buyuk in’om hisoblanadi.Lev Nikolayevich Tolstoy ana shunday in’om sohibi.Uning hayot yullari haqidagi “Iqrornoma” romani nafaqat o’z asrining, balki butun insoniyat tarixining eng buyuk asari dessam xato bo’lmaydi.Bu oddiy asar emas ,bu g’alaba,o’z nafsi ustidan qozonilgan buyuk va sharafli g’alaba.
Aslida inson xarakterida o’zining salbiy tomonini berkitish,qilgan yaxshi amallarini buktirib namoyon qilish odatiy hol xisoblanadi,sababi har bir inson o’zini yaxshi xotiralar bilan eslanishini xoxlaydi.
”Iqrornoma”dek asarni yozish uchun insondan buyuk jasorat talab qilinadi.Tolstoy bunday jasoratga erisha oldi.U o’ z asarida ochchiq –oydin boshidan kechirgan haqiqatlarni bayon qila oldi.Ortiqcha dabdababozlikdan yiroq bo’lagni uchun har bir kitobxonni uylashga majbur qila olgan asar chinakkam buyuk asar darajasiga erisha oldi.
Muallif bu asarida qo’yidagilarni bayon qiladi: bolalik chog’larida yaxshi insom bo’lishga intilar, qancha yaxshi bo’lgani sari atrofdagilar tomonidan mazax qilinar edi.Keyinchalik 18 yoshidan boshlab u xudoga,uning borligiga ishonmay qo’ydi. Manfaatparast, shuxratparast,soxta insonlar hurmatga sazovor, yaxshilar esa oyoq ostida ekanligi Tolstoyni o’zgarib ketishiga asosiy sabab bo’ldi.U urushda odam uldirganidan tortib, zinokorlikgacha jamiyki barcha yomonliklarni qilganini va bundan faqat va faqat maqtov eshitganligini ta’kidlaydi.Urushdan qaytgach yozuvchilik,shoirlik,san’atkorlik,o’qituvchilik qiladi.Borgan sari unga nisbatdan odamlardagi hurmat-ehtirom ortib boradi.Keyinchalik unda savol tug’iladi “Nimani o’rgatayabman?”Unda qandaydir ruhiy zo’riqish boshlanadi.U hayotning mazmuni aslida nima ekanligini,nima uchun yashayotganligini bilishga harakat qiladi,lekin qancha urinmasin,o’qib izlanmasin hech qanday javob topa olmaydi.Bu esa uni hayotdan bezdiradi.Tolstoyning hayoti moddiy tomondan juda yaxshi bo’lgan. Oilasi ham havas qilgudek,farzandlari aqilli,uni sevgan va u sevadigan rafiqasi.Shunday bo’lsada uni ichidagi nimadir hayotdan batamom bezdirgan edi.Nechi marta o’z joniga qasd qilishga urinadi,lekin ichidagi usha narsa uni bu yo’ladan ham qaytaradi.Yozuvchi o’z doirasidagi va buyuk insonlar hayotini o’rganib haqiqatdan ham bu hayot hech narsaga arzimasligini,u hech narsa ekanligini anglaydi.Ich-ichidan hayotga nisbatdan nafrati borgan sari ortib boradi ,qalbi bo’m-‘bo’sh bo’lib qoladi.Nima uchun yashayotganini bilolmasdan qiynaladi.Ilm-fan ayniqsa falsafa bu savollariga javob berolmadi.U bajargan va bajarayotgan ishlari hech narsaga arzimas deb xisoblaydi. Faqatgina oddiy mehnatkash xalq bilan bo’lgan suhbatdan keyingina unda hayotga nisbatdan muhabbat uyg’onadi.Hayot mazmuni iymonda ekanligini anglay boshlaydi.Xudoga qaytadi,barcha toat-ibodatlarini vaqtida bajarishga harakat qiladi.Tolstoy o’zi borligiga shubha qilgan Xudodan avvallari ham nimalarnidur so’rab iltijo qilgan paytlari bo’lardi ,usha lahzalarda u o’zini baxtiyor his qilardi va qaytatdan xudoning borligini inkor etar,natijada yana tushkunlikka tushib qolardi.Demak uni o’z joniga qasd qilishdan xudo asragan ekan.Xudo doim uning qalbida,u bilan birga bo’lgan,lekin shubha-gumonlar buni inkor qilib turishgan.Tolstoyning bu iymoni avvalgisidan butkul farq qilardi.U oldingidek tilda emas,balki butub vujudi bilan iymon keltirdi. Muallifning iqrori uning xudoga qaytishi va hayot mazmuni u orqali topgani bo’ldi.
Lev Nikolayevich Tolstoy ko’plab dinlarni o’rganib chiqdi.U provaslav diniga sig’inardi. Diniy marosimlarda qatnashar,lekin bu marosimlarning ba’zilariga umuman tushunmas edi.Uni ranjitgan asosiy narsa har bir din vakillarining o’zlarini to’g’ri yulda deb bilib, boshqa din vakillarini adashganlar(kofirlar) deb bilishi bo’ldi.Dindorlar o’z diniy ta’limotlarini qancha ko’proq bilishsa dinlar orasidagi dushmanlik tobora ortib borardi.U bilgan diniy ta’limot iymon va sevgi orqali hammani birlashtirishga va’da qilgan edi. Amalda bunday bo’lmadi.
Yozuvchi bu asarni yozganida 51 yoshda edi, bundan keyin yana 31 yil hayot kechirdi.
Xaitova Shaxnoza Karimjanovna
KO”M-19/1
Do'stlaringiz bilan baham: |