www.ziyouz.com
kutubxonasi
119
Bobak Armaniston tog‘larida yashirinib yuraverdi. Uning yo‘lini poylab yurgan katta
poplardan biri hiyla ishlatib, uni o‘z qo‘rg‘oniga taklif qildi va kelganidan so‘ng Afshinga
xabar yubordi. Afshin Bobakka kishi yuborib, ko‘p narsalar va’da qilib taslim bo‘lishini
talab qildi. Lekin u qabul qilmadi. Shundan keyin uni o‘z qo‘rg‘oniga chaqirgan katta pop
boshqa bir hiyla o‘ylab topdi. Ov qilamiz, degan bahona bilan uni qo‘rg‘ondan tashqari
olib chiqdi-da, Afshinga xabar yubordi, shu tariqa Bobak va akasi Abdulloh qo‘lga
tushirilib, Afshinga jo‘natildi.
Bobak lashkargohga yaqinlashganda Afshin askarlarini ikki qator turg‘izib, o‘zi baland bir
yerdan unga qarab turgandi. U kelgan zamoni otidan tushirib, ikki saf bo‘lib turgan
askarlar o‘rtasidan o‘tkazdirdi. Keyin Barzanddagi bir uyga kirgizib, uni qo‘riqlab turishni
bir odamiga topshirdi. Bobakni qo‘lga tushirishda qatnashgan kishilarga mukofotlar
berib, xalifaga ham xabar yubordi.
Xalifa Bobak va uning akasini Barzanddan Somurroga olib kelishni buyurdi. Afshin o‘z
askarlari va bakovul-yasovullari bilan ikkalasini olib, Somurroga yo‘l oldi. Bu voqea 223
hijriy yili* sodir bo‘lgandi.
Afshin yo‘lga chiqqandan keyin xalifa unga har kuni bir ot bilan bosh-oyoq sarpo yuborib
turdi. U Qanotiri Huzayfa* degan yerga yetib kelganda, xalifaning o‘g‘li Horun-al-vosi uni
kutgani chiqdi.
Afshin Bobakni Matira degan joydagi o‘z qasriga tushirdi. Qozi Ahmad bin Abu Duod
o‘zini tanitmay kelib, Bobakni ko‘rdi va gaplashdi-da, qaytib borib, Mu’tasimga uni
ta’riflab berdi. Keyin Mu’tasim ham kelib, o‘zini tanitmay, uning basharasini ko‘rib ketdi.
Ertasiga xalifa taxtiga o‘tirib, odamlarni Somurroning katta darvozasidan to Matiragacha
saf tortib turishga buyurdi, keyin Bobakni filga teskari mindirib, to katta darvozaga
kelguncha, hammaga ko‘rsatildi.
Shundan keyin Bobakni xalifa saroyiga olib kelishdi. Xalifa Bobakning o‘z jallodini oldirib
keldi-da, unga ikki oyog‘ini, ikki qo‘lini chopib tashlashni buyurdi. Jallod uni chopib
tashladi. Keyin boshini kesdirib, tanasini Somurroda dorga osdirib qo‘ydi. Akasi
Abdullohni qornini yordirtirdi-da, kallasini Xurosonga yubortirib, Bag‘dodga, Ishoq bin
Ibrohim qo‘liga yuborib, unga ham Bobakka qo‘llangan jazoni qo‘llashni buyurdi,
xalifaning buyrug‘i bajarildi va tanasi ikki ko‘prik o‘rtasiga — sharqiy tomonga osildi.
Xurramiylar yetgan so‘ngi marra shu bo‘ldi.
Zirg‘om, Vardon ham Afshin bilan birga Somurroga qaytib kelishdi. Bobakning
o‘ldirilganini ko‘rib, ko‘ngillari tinchidi. Ammo Zirg‘om uni jang maydonida o‘z qo‘li bilan
o‘ldirolmagani uchun ko‘nglida armoni qoldi. Somurroga yetib kelishlari bilan Zirg‘om
darhol uyiga borib, onasi bilan ko‘rishdi, uning tabarruk qo‘lini o‘pdi va Yoquta bilan
salomlashib, Hammod bilan uchrashish damlari yaqinligini aytib, uni sevintirdi. Yoquta
o‘zini yo‘qotib qo‘yib, Zirg‘omga qanday minnatdorchilik qilishni bilmay qoldi. Keyin
Zirg‘om Jahonning sog‘-salomatligi, uning Rum mamlakatiga ketgani xususida onasiga
bir oz so‘zlab berdi. Hammodning Rumga borib, o‘zi Jahonni surishtirib kelishdan bo‘lak
narsani qabul qilmaganini ham onasiga aytdi-da, voqeaga quloq solib turgan Yoqutaga
qarab kulib qo‘ydi. So‘ngra: «Bu ish senga yoqmaganga o‘xshayapti, nima qilay, u
«bajaraman», deb oyog‘ini tirab turib oldi».— dedi. Xijolat bo‘lganidan Yoquta qizarib
ketdi. Boshini yerga egib turib: «Biz har qancha qilganimizda sizning shukringizni ado
eta olmaymiz. Siz meni o‘limdan, oriyatdan qutqardingiz va o‘z tarbiyangizga oldingiz»,
— dedi.
Zirg‘om uning gapini bo‘ldi:
— Men xalifa topshirgan vazifaning bir qisminigiga bajara oldim. Bizlar uning
fuqarosimiz, unga itoat etish hammamizning burchimizdir, — dedi. Yoqutaning ahvoli
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |