Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
120
o‘zgarganini, g‘alati qarashlarini ko‘rgan Zirg‘om: «Bu bechora nimanidir aytmoqchi 
bo‘lyapti-yu, lekin uyalib aytolmayapti», deb o‘ylab, undan so‘radi: 
— Senga nima bo‘ldi, nima demoqchisan? 
— Siz xalifaning buyruqlarini ado etish uchun jonbozlik qilayotganingiz menga Horis as-
Samarqandiyning uyida turgan vaqtlarimda ko‘rgan bir narsani eslatyapti. Shuni o‘ylab 
xalifaning hayotidan xavotir olyapman. Uning hayotiga chang solishga intilayotgan 
kishilar ham yo‘q emas ekan. 
Bu gapga Zirg‘om uncha ahamiyat bermadi: 
— Ba’zi xoinlarning xalifaga qarshi olib borayotgan fitnalariga parvo qilmaymiz. 
«Buzoqning yugurgani somonxonagacha», deydilar, Ular hech qaerga bormaydi. Bu 
nojo‘ya ishlarga asosiy sabab xalifaning yaqin qarindoshlarining laqmaligidir. Ochko‘z 
vazir va qo‘mondonlar: «Xalifalikni sizlar qo‘llaringizga olishingiz kerak», deb ularni 
laqillatyapti. Chunki ular davlatning qo‘ldan qo‘lga o‘tishidan foydalanib qolishmoqchi. 
Mana, Ma’munning o‘g‘li Abbosni ko‘ring. Ba’zilar xalifalikni talab qilish kerakligini unga 
uqtirishyapti. Mu’tasim tirik ekan, bunga u aslo muvaffaq bo‘la olmaydi. Demak, 
ularning niyati Mu’tasimni yo‘qotishdir. Lekin ular maqsadlariga erisha olmaydi. O‘zlari 
qazigan chohga o‘zlari qulashlari muqarrar. 
O‘g‘lining gaplarini eshitgan onaning yuzlariga nur yugurib, jilmaydi-da: 
— Borakallo, o‘g‘lim, odamgarchilik, mardlik shunday bo‘lishi kerak! — dedi. 
Shundan keyin Zirg‘om kiyinib, xalifa bilan ko‘rishish uchun chiqib ketdi. Xalifaning 
huzurida Afshin va boshqa sarkardalar o‘tirishardi. Zirg‘om kirishi bilan xalifaning 
chehrasi ochilib ketdi: 
— Xush kelibsan, ulug‘ bahodir Sohib! Dushmanlarni daf etish yo‘lida qilgan xizmating, 
ko‘rsatgan shijoat va botirliging bizga ma’lum bo‘ldi. Borakallo! Seni Sohib deb bekorga 
aytmagan ekanmanmi? — dedi-da, o‘ziga yaqinroq o‘tirishni taklif etdi. 
Zirg‘om xijolat tortib, boshini egdi: 
— Kishi o‘z xojasining xizmatini bajargani uchun hech qanday tashakkurning hojati yo‘q. 
O‘z burchimni o‘tadim, mendan rozi bo‘lsalar bas. 
Xalifa Afshinga qaragandi, u: 
— Shijoatda, jon-dil bilan xizmat qilishda sohibga o‘xshagan kishi juda kam uchraydi, — 
dedi va Zirg‘omning o‘zidan shubhalanishini tarqatish maqsadida uning ishlarini 
mubolag‘a bilan maqtay boshladi. Xalifa ham uni maqtab, bir qancha hadya va sarupolar 
berishni buyurdi. Yig‘in tarqalib, Zirg‘om uyiga qaytib keldi. U yana Jahon to‘g‘risida 
xayolga cho‘mdi. U hamon Hammod keltiradigan xabarni kutmoqda. «Jahon bilan 
Haylonaning holi nima kechdi ekan? Ularning taqdiri qanday bo‘larkin?» — degan 
xayolda u Vardon bilan fikrlashib, bir necha kunni o‘tkazdi. 
Ko‘p o‘tmay Somurroda «Tiyufil degan Rum podshosi Islom mamlakatlariga qarshi 
yurish boshladi», degan xabar tarqaldi. Bu xabarni Zirg‘om eshitib, do‘sti Vardonga kishi 
yuborib chaqirtirib keldi-da, ikkalasi: «Bu qanday xabar bo‘ldi, nima bilan 
yakunlanarkin?» deb turli-tuman xayollarga borishdi. Vardon: 
Menimcha, rumlarning musulmonlarga qarshi urushga otlanishiga Bazzning fath 
qilingani sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak. Eshitishimga qaraganda, Afshin Bobakni boshi berk 
ko‘chaga kirgizib, halokatini yaqinlashtirib qo‘ygan choqda Bobak Rum podshosiga xat 
yozgan. Xatida: «Musulmonlar hozir men bilan ovora. Islom mamlakatini yo‘q qilib 
tashlash uchun sizga juda qulay payt keldi», degan emish. Bu xatni yuborishda 
Jahonning ham hissasi qo‘shilgan bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas. 
Zirg‘om o‘ylab turarkan: 
— Jahon bilan Haylona o‘sha yerda ekan, degan fikr ko‘nglimga keldi, — dedi. 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish