www.ziyouz.com
kutubxonasi
115
talon qilish uchun kelganlardan, deb o‘ylashdi. Musulmonlardan bir qanchasi shahar
ichida ko‘zga ko‘ringan narsani talon-toroj qilish bilan ovora. Sharqiy darvozaga
yaqinlashgan sari har qadamda musulmonlarni ko‘rib, shaharning qo‘lga olinganiga
imonlari komil bo‘lsa ham, beparvo borishaverdi. Xotinlar qasriga yetishganda, qo‘llarida
har xil buyumlarni ko‘tarib chiqib kelayotgan musulmon askarlarini ko‘rishdi. Ulardan
ba’zilari xotinlarni haydab kelayotganini ko‘rib, shularning orasida Jahon ham bormikin,
deb Zirg‘omning ko‘ngli notinchlandi. U Vardonni yoniga olib, qasr ichiga kirdi. Hammod:
— Sizlar bir oz sabr qilib turinglar, men hamma gapni aniqlab bilib kelay, — dedi-da,
darvoza yonida qulflangan bir hujra tomon yo‘llandi. Uni taqillatib ko‘rdi, javob yo‘q.
Keyin ichidagilarga o‘z tillarida nimanidir gapirardi, bir kampir chiqib, eshikni ochdi va
qo‘rqib, qaltirab, ularni ichkariga kiritib, eshikni bekitdi. Hammod undan: «Xola nima
gap bo‘ldi o‘zi?» deb so‘ragandi, kampir:
— Xabaringiz yo‘qmi? Shaharni fath qilishdi. Bu qasrga kelib, narsalarni talashdi,
ayollarni esa asir qilib olishdi. Bu yerda yashirinmaganimda yoki avvalgi husn-jamolim,
mol-mulkim bo‘lganda men ham omon qolmagan bo‘lardim, xayriyat, faqat zeb-
ziynatimni olib qo‘ya qolishdi, — dedi.
Kampirning «ayollarni asir olishdi», degan so‘zini eshitib, Zirg‘omning a’zoyi badani
jimirlashib ketdi, Vardonning ham hayajoni Zirg‘omnikidan kam emasdi. Lekin u o‘z
tuyg‘ularini sir tutishda Zirg‘omga nisbatan puxtaroq edi. Ularning kuyib-pishganini
ko‘rgan Hammod kampirdan: «Hamma ayollarni olib ketishdimi?» — degan edi u: «Ha,
hammasini olib ketishdi», — dedi.
— Gulorni ham olib ketishdimi?
— Yo‘q, Gulnorni olib ketishgani yo‘q.
— U qaerda bo‘lmasa?
Kampir Hammodning yonidagi hamrohlariga qaradi: u maxfiy sirni aytishga
tortinayotgandek edi. Hammod unga: «Qo‘rqmay, bemalol aytavering!» — dedi.
— Gulnor bilan Bobakning xotinlaridan bo‘lgan rumlik ayol bir necha kun burun chiqib
ketishgan.
Vardon birdan so‘zga qotishib, hovliqib so‘radi:
— O‘sha xotinning nomi nima? Uni siz taniysizmi?
— Nega uni tanimay, axir shu qasrning oqsochiman. Undagi hamma xotinlarning ipidan-
ignasigacha menga ma’lum. Masalan Gulnorni olsak, bazzliklar uning haqida hech narsa
bilmaydi. Ammo men uning nasabini, tagi taxtini Farg‘onadan olib kelingandan buyon
bilaman. Uning nomi o‘sha vaqtda Jahon edi. U Farg‘ona hokimining qizi bo‘lgan. Keyin
unga Gulnor deb boshqa nom qo‘yilgan. U mana shu rumlik xotinni yaxshi ko‘rib, u bilan
opa-singildek bo‘lib ketishdi. Ularning yulduzi to‘g‘ri kelib qolgani uchun safarga ham
birga ketishdi, — dedi kampir.
Uning gaplaridan Gulnor xuddi Jahonning o‘zi ekani ma’lum bo‘ldi, shak-shubhaga o‘rin
qolmadi. Ammo Vardon qanoatlanmay:
— Rumlik ayolni sizdan so‘ragandim, uning nomi nima edi? Boshqa ismi ham bormidi?
— dedi.
— Uning oti Haylona, Armanistondagi katta ruhoniy eridan o‘g‘irlab kelingandan beri
nomini o‘zgartirgani yo‘q.
Vardon hayajonlandi, qaltirab-titrab, o‘zini tutolmay baqirib yubordi:
— Haylona?.. U ... o‘sha. Xotinimning o‘zi.
Vardon armanistonlik katta ruhoniy bo‘lib, xotinini Bobak tortib olganligini Zirg‘om endi
eshitdi. Unga qarab qo‘ydi. Bu qarashi bilan uni ham muborakbod qildi, ham jindek gina
qilgan bo‘ldi: — O‘zing katta ruhoniy bo‘la turib, menga xizmatchi qilib ko‘rsatib
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |