www.ziyouz.com
kutubxonasi
116
yuribsanmi? Men seni birinchi ko‘rganimdayoq, biror martabalik odam bo‘lsang kerak,
deb ko‘nglimga tugib qo‘ygandim.
— Men xuddi shu daqiqaga erishish maqsadida sizdan panoh olib, musulmonlar
xizmatiga kirdim. Umidim o‘sha buzuq, fohishaboz Bobakdan o‘ch olish edi. Xudo
xohlasa, u qo‘lga tushib, qilmishiga yarasha jazosini tortsa kerak.
Hammod:
— U qochmagan bo‘lsa, albatta, asir olingan bo‘ladi. Chunki shahar taslim bo‘lib, ish
nihoyasiga yetdi, — dedi-da, kampirga qaradi:
— Gulnor bilan Haylona qaerga ketganini bizga aytib bermadingiz.
Kampir:
— Ikkalasi birga Rum mamlakatiga ketishdi. Musulmonlarga qarshi Rum ahlidan yordam
so‘rashmoqchi. Bobakka yordam bermoq uchun Gulnor shunday maslahat ko‘rsatdi.
O‘sha mamlakatdan bo‘lgani va tillarini bilgani uchun Haylona birga ketdi, — dedi.
— Janob Bobak qaerdalar? — Hammod so‘radi.
— U hozir Bazzda emas, asir ham tushgani yo‘q.
— Bo‘lmasa, qaerda u? Qo‘rqmasdan aytavering. Chunki Bazz musulmonlar qo‘liga o‘tdi.
Ular boshqalardan ko‘ra bizga vafodorroqdir. Bobakning ishini siz boshqalardan ko‘ra
yaxshiroq bilishingiz menga ma’lum.
— Bobak shahar qo‘ldan ketguncha kurashdi va uni mudofaa qildi. Keyin bu yerga kelib,
ayollari va oziq-ovqatlardan istaganini oldi-da g‘oyib bo‘ldi. Fikrimcha, u shahardan
chiqib, Armaniston chegarasiga o‘tib ketgan bo‘lsa kerak.
Hammod: «Endi nima qilamiz», degandek Zirg‘omga qaradi. Zirg‘om: «Qaytamiz», dedi-
da, maslahatlashib oladigan holi bir yer izlab, hammasi chiqib ketishdi. Shu payt tong
otib qolgandi. Hammod hamrohlarini o‘ziga tanish bir joyga boshladi. Yo‘lda ular
musulmon askarlari shaharga na do‘st, na dushman oralamasin, deb uni talayotganini,
uylarni buzayotganini va qasrlariga o‘t qo‘yayotganini ko‘rishdi.
Maslahatlashadigan joylariga yetgach, Zirg‘om Vardonga qarab:
— Endi, katta ruhoniy Vardon, bu ishimizda qanday maslahat beradilar? Kampirning
gapiga qaraganda, Jahon bilan Haylona Rum mamlakatiga ketishgan. Rum katta
mamlakat. Ular qaysi shaharga tushishini bilsak, albatta izlab boramiz, — dedi.
Vardon o‘zini Zirg‘om katta ruhoniy deb chaqirgani uchun kuldi:
— Meni bu laqabim bilan chaqirishning keragi yo‘q. Zirg‘omning o‘rtog‘i degan nom men
uchun hamma narsadan afzal. Jahon bilan Haylona ustidagi maslahatga kelsak,
ruxsatingiz bilan men ularni axtarib, mamlakatning hamma yeriga boraman. O‘rnashgan
yerlarini bilmay turib, bu yerga qaytib kelmayman.
Hammod uning gapini bo‘lib:
— Yo‘q... Bu vazifani bajarishga mendan bo‘lak hech kim bormaydi. Zirg‘om men uchun
ulug‘ ish qildi, mening sevgilimni qutqazib, uyida izzat-hurmat bilan saqlab turdi. Uning
shu yaxshiligini qaytarmasam, nima degan odam bo‘laman. Men yolg‘iz borib, ularni
izlab-surishtiraman, biror narsa bilsam, ikkalangizga xabar qilaman, — dedi. Zirg‘om
bunga rozilik bermadi:
— Yoqutaning qaerdaligini va senga intizor bo‘lib yotganini bilib turib, boshqa vazifani
o‘tashga borishing adolatdan emas.
— Men bilan janjalashishni qo‘y! Sening sevgilingni va bu armon do‘stimizning ayolini
topib, o‘zlaringga topshirmaguncha, sevgilimning yoniga bormayman. Bu bilan
tanishganimdan mamnun bo‘ldim. Yoquta esa Somurroda, sening uyingda tura tursin.
Yaqinda diydor ko‘rishasizlar, deb uni sevintirib qo‘ysang kifoya, — dedi Hammod.
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
Do'stlaringiz bilan baham: |