Mavzu: Ayirish sistemasi



Download 62,37 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi62,37 Kb.
#302230
Bog'liq
Organizmlarda ayrish organlari faoliyati.


Mavzu: Organizmlarda ayrish organlari faoliyati.

Mavzu: Ayirish sistemasi

Reja:

1. Ayiruvning ahamiyati

2. Buyraklar haqida umumiy ma’lumot

3. Buyrak yetishmovchiligi

4. Buyrak sanchigʻi

Buyrak — odam va umurtqali hayvonlarda siydik hosil qiluvchi va uni

ajratuvchi juft aʼzo; loviya shaklida, qorin boʻshligʻining orqa tomonida, umurtqa

pogʻonasi bel qismining ikki yonida joylashgan, qorin parda B.larning old yuzasini

qoplab turadi. Old va orqa yuzalari yassilangan, har bir B.ning boʻyi 10—12 sm,

eni 6 sm, yoʻgʻonligi 3—4 sm, ogʻirligi oʻrtacha 140—150 g . Oʻng B.

tepasida jigar borligi tufayli, chap B.ka nisbatan bir oz pastroqsa yotadi. B.ning

yuqori uchi umurtqaga yaqin, pastki uchi esa umurtqadan uzoqroq boʻladi. B.ning

umurtqaga qaragan ichki tomoni oʻrtasida botik joy boʻlib, u B. darvozasi deyiladi.

B.ning botiq yuzasiga buyrak jomi taqalib turadi. B. darvozasidan B. arteriyasi va

nervlar kirib, vena, limfa tomirlari va siydik yoʻli chiqadi. Bularning hammasi

birgalikda B. oyoqchasi deb ataladi. B. ichida buyrak usti bezlari bor. Moddalar

almashinuvi natijasida hosil boʻladigan chiqindi va zararli moddalar organizmdan

B. orqali chiqib ketadi. Shu bilan birga B. organizm uchun zarur miqdordagi suv

va mineral tuzlarni saqlab, tashkariga chiqarmay qoʻyadi, organizmning ichki

muhitini taʼminlaydi. B. siydik bilan birgalikda siydikchil (mochevina), siydik

kislota, tuzlar va suvni chiqarib turadi. B.da biologik faol moddalar (renin,

prostoglandin va boshqalar) hosil boʻlib, ular qon tarkibi, qon ivishi va kon

bosimini maromga solib turadi. B.ni fibroz parda, yog kapsulasi va biriktiruvchi

toʻqimadan iborat fassiyalar oʻrab, ushlab turadi. B. poʻstloq va magʻiz qismdan

iborat. Poʻstloq qismining qalinligi 4–13 mm keladi. Bu qism ostida magʻiz kismi

joylashgan; u 12—15 ta konussimon B. piramidalaridan iborat. Yondosh

piramidalar orasiga poʻstloq qism suqilib kirgan boʻlib, B. ustunchalarini hosil

qiladi. Piramidalar oʻrtacha 1 mln. mayda kanalcha (nefron)lardan iborat, shu

nefronlarda siydik hosil boʻladi, bunda suyuklik qondan sizib oʻtadi (filtrlanadi), qayta soʻriladi va sekresiya roʻy beradi. Har bir nefron B. tanachalari bilan siydik

kanalchalaridan iborat. Siydik B. tanachalarida filtratsiya yoʻli bilan paydo boʻladi.

B. tanachasi qoʻsh devorli kapsula (Shumlyanskiy—Boumen kapsulasi) boʻlib,

devorlari orasida yoriqsimon boʻshliq bor; siydik chiquvchi naycha (kanalcha) shu

boʻshliqdan boshlanadi. Kapsulada mayda qon tomirlar koptokchasi (kalavasi) bor.

Siydik kanalchalarida birlamchi siydik qayta soʻriladi, konsentratsiyasi oshadi va

shakllangan siydikka aylanadi. Siydik kanalchalari qoʻshilib, yirikroq yigʻuvchi

kanalchalar hosil qiladi. Siydik kanalchalardan B.ning avval kichik, keyin katta

kosachalariga va nihoyat B. jomiga oʻtadi, undan siydik yoʻli orqali qovuqqa

quyiladi. B.dan oʻrtacha 1,5 l siydik ajralishi uchun organizmdagi qon B.dan bir

kechakunduzda oʻrtacha 360 marta oʻtib, yetarlicha tozalanib turadi. Buning uchun

B.ka keladigan qon miqdori va bosimi doimo yetarli boʻlishi kerak. Agar qon

bosimi pasayib B.ka qon kam kelsa, u renin modda ajratib qon bosimini oshiradi.

Bu holat surunkali qaytarilsa, qon tomirlar devorining sikilishi tufayli qon bosimi

koʻtarilib, B. bosimi paydo boʻladi. B. rivojlanishida nefron naychasining uchi

berk boʻlsa, buyrak istisqosi kuzatiladi. Buyrak kasalliklarini nefrologiya

oʻrganadi.

Buyrak yetishmovchiligi — buyrak faoliyatining pasayishi sindromi.

Toʻsatdan (oʻtkir) yoki sekin-asta (surunkali) roʻy beradi. Koʻp qon yoʻqotish,

mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi yoki bemorning qon

guruhiga moye kelmaydigan qon quyish, tok urishi, septik abort va boshqa; dorilar

va boshqa metall tuzlaridan zaharlanish oqibatida buyrak parenximasining

shikastlanishi; siydik yoʻlining oʻsma yoki buyrak toshlari bilan bekilib qolishi,

shikastlanish tufayli ikkala buyrak zararlanishi oʻtkir Buyrak yetishmovchiligiga

sabab boʻlishi mumkin. Oʻtkir Buyrak yetishmovchiligida buyrak faoliyati,

xususan azot, suvtuz va boshqa moddalar almashinuvi izdan chiqadi, bunda siydik

kam ajraladi, ogir hollarda butunlay ajralmay qoladi (anuriya, uremiya). Qonda

siydikchil (mochevina) miqdori koʻpayadi, organizmning siydikdan zaharlanishi

kuzatiladi; teri osti, qorin va koʻkrak qafasida suyuqlik toʻplanadi (suvdan

semirish). Surunkali Buyrak yetishmovchiligi asosan buyrak va siydik yoʻlining uzoq davom etadigan kasalliklari (glomerulonefrit, piyelonefrit, sil, buyraktosh

kasalligi va boshqalar) oqibati boʻlib, buyrak toʻqimasining bujmayishi

(nefroskleroz) yoki xaltasimon kengayishi (gidronefroz) bilan davom etadi.

Tashnalik, ogʻiz qurishi, teri qurukshab qichishishi, qusish, kamqonlik; nafas

aʼzolari, yuraktomirlar va meʼdaichak faoliyatining buzilishi alomatlari kuzatiladi.

Siydikning nisbiy zichligi kamayib, miqdori esa ortadi.

Davosi: oʻtkir Buyrak yetishmovchiligida bemor kasalxonada davolanadi

("sunʼiy buyrak" apparati bilan qon tozalanadi, kislotaishqor, suvtuz almashinuvi

rostlanadi); surunkali shaklida parhez va dori-darmonlar qoʻllaniladi, gemodializ

oʻtkaziladi. Kechiktirilgan hollarda buyrak koʻchirib oʻtkaziladi (q.

Transplantatsiya).

BUYRAK SANCHIGʻI — buyrakning ayrim kasalliklari belgisi. Birdaniga

belda qattiq ogʻriq turadi, baʼzan u chov sohasiga, songa, jinsiy aʼzolarga tarqaladi.

Ogʻriqning zoʻridan bemor oʻzini qoʻygani joy topa olmay qoladi. Baʼzan sanchiq

vaqtida kasal botbot siyadi (bu toshning siydik nayining qovuq oldi yoki qovuq

ichida turganini bildiradi), qayt qiladi, yel chiqmaydi, qorni dam boʻladi, harorati

koʻtariladi, taxikardiya, qonda leykotsitoz, ECHT tezlashadi. Buyrak sanchigʻi

koʻpincha siydiktosh kasalligida, siydik yoʻllarida tuzlar toʻplanib qolganda,

gidronefroz, nefroptoz, buyrak sili hamda siydik nayi va buyrakning boshqa

kasalliklari natijasida yuzaga keladi. Buyrak sanchigʻi ni oʻzga xastaliklardan

farqlashda urografiya juda qoʻl keladi. Sanchiq qayerda va qay tarzda boʻlishidan

qati nazar darhol tez yordam chaqirish lozim. Chunki qorin boʻshligʻining boshqa

oʻtkir jarrohlik kasalliklarida ham shunday sanchiq boʻlishi mumkin. Bunday

hollarda kasallikni aniqlamasdan turib, oʻz bilgicha issiq yoki turlicha dori-

darmonlar qilish yaramaydi, aks holda tuzatib boʻlmaydigan ogʻir asoratlarga olib

kelishi mumkin. "Tez yordam" kelguncha papaverin, noshpa yoki platifillin

t abletkalarini berish yoki inʼyeksiyalarini qilish mumkin.



Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Nilsson Goran E. Respiratory Physiology of Vertebrates. — Cambridge:

Cambridge University Press, 2010. — ISBN 978-0-521-70302-4.

2. Randall David. Eckert Animal Physiology. — New York: W.H. Freeman and

CO, 2002. — ISBN 0-7167-3863-5., human biology 146149

3. C.Michael Hogan. 2011. Respiration. Encyclopedia of Earth. Eds. Mark

McGinley and C.J.Cleveland. National Council for Science and the

Environment. Washington DC

4. Дыхательная система // Малая медицинская энциклопедия (том 10+, стр.

209).

5. Самусев Р. П. Атлас анатомии человека / Р. П. Самусев,



В. Я. Липченко. — М., 2002. — 704 с.: ил.

6. Judth Tintinalli, J. Stapczynski, O. John Ma, David Cline, Rita Cydulka,

Garth Meckler. – Tintinalli’s Emergency Medicine; A Comprehensive

Study Guide, (Emergency Medicine Tintinalli) - USA, 2015 McGraw –

Hill Education, English.

7. Dennis Kasper, Anthony Fauci, Stephen Hauser, Dan Longo, J Jameson,

Joseph Loscalzo. – Harrison’s Principles of Internal Medicine 19/E

(Vol. 1 Vol2) - USA 2015 English.

8. Robert E. David P – Textbook of family medicine – USA, 2016

9. John Murtagh - General Practice 6 th Revised edition - Australia 2015

English.

10. GadayevA., KarimovM. Sh., AxmedovX.S. Ichki kasalliklar

propedevtikasi.- Toshkent, 2012, 708 b.

11. Каримов М.Ш. и др. Пропедевтика внутренних болезней методические

рекомендации. Т., 2011. Часть 1-3. 12. Purves, William K. Life: The Science of Biology. — 7th. — Sunderland,

Mass: Sinauer Associates, 2004. — P. 954. — ISBN 0-7167-9856-5.

13. ↑ Ansell, A. D.; N. Balakrishnan Nair (1968). «Occurrence of Haemocoelic

Erythrocytes containing Haemoglobin in a Wood Boring

Mollusc». Nature 217 (5126): 357-357. DOI:10.1038/217357a0. Проверено

2013-07-19.

14. ↑ Pierigè F, Serafini S, Rossi L, Magnani M (January 2008). «Cell-based

drug delivery». Advanced Drug Delivery Reviews 60 (2): 286–

95. DOI:10.1016/j.addr.2007.08.029. PMID 17997501.

15. Fundamentals of Human Physiology/ Lauralee Sherwood, fourth edition

16. ↑ Pediatrics, Foreign Body Ingestion: Overview - eMedicine. Проверено 18

декабря 2008. Архивировано из первоисточника 30 мая 2012.

17. ↑ Koornstra JJ, Weersma RK (July 2008). «Management of rectal foreign

bodies: description of a new technique and clinical practice

guidelines». World J. Gastroenterol. 14 (27): 4403–

6.DOI:10.3748/wjg.14.4403. PMID 18666334.

18. ↑ Arana A, Hauser B, Hachimi-Idrissi S, Vandenplas Y (August 2001).

«Management of ingested foreign bodies in childhood and review of the

literature». Eur. J. Pediatr. 160 (8): 468–

72.DOI:10.1007/s004310100788. PMID 11548183.

19. ↑ Conway WC, Sugawa C, Ono H, Lucas CE (March 2007). «Upper GI

foreign body: an adult urban emergency hospital experience». Surg

Endosc 21 (3): 455–60. DOI:10.1007/s00464-006-9004-z. PMID 17131048.

20. ↑ Li ZS, Sun ZX, Zou DW, Xu GM, Wu RP, Liao Z (October 2006).



«Endoscopic management of foreign bodies in the upper-GI tract:
Download 62,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish