www.ziyouz.com
кутубхонаси
45
fazilat sohibi ekanidan ham uning lashkari va atrofidagilariga unga nisbatan hurmat va ehtiromni ham
yuzaga keltirgan.
Demak, Xoja hazratlariga muxlis bo’lib, uning fazilatlaridan ibrat olgan kishilar pand yemaganlar.
Xoja hazratlarining odatlaridan biri shundan iborat ediki, ul kishi o’z kashfiyot va karomatlarini
«tushda shunday ko’rdim» deb bayon etardilar. Bu kashfiyot va karomatlar esa Xoja hazratlarining
voqealarni sinchiklab kuzatib borgani, ularni mantiqiy jihatdan tahlil qilgani va ma’lum bir xulosaga
kelgani natijasida maydonga kelgan bo’lib, ular hazratning mushohada va muhokama qobiliyatining
kuchliligidan dalolat beradi. «Tushda ko’rmoq» esa ularni bayon etish vositasi sifatida qo’llanib,
kashfiyot va karomatlarning g’ayb olami asrori qirralarining ko’rinishi tarzida talqin etilgan. Albatta,
voqealarning sodir bo’lishini oldindan kashf karomat qilish ruhiy olamning, ruhiy holatning hali
butunlayicha tadqiq etilgan sohasi deb bo’lmaydi. Uning butun nozikliklari, sirlarini ilmiy asosda
o’rganish va yoritish ma’qul. Bu gap faqat Xoja hazratlari faoliyati bilan bog’liq bo’lib qolmay, balki Yer
kurrasining turli mintaqalarida, turli davrda va hozir ham bo’lgan bunday hodisa va shaxslarga ham
Tegishlidir. Xoja hazratlarining fazilatlaridan so’z Ketar ekan yana bir holni nazarda tutmoq lozim. U
ham bo’lsa, Xoja hazratlari naqshbandiya tariqati namoyandalarining udumiga ko’ra, har xil mazhab
va dinga e’tiqod qilguvchilarni hurmat qilardilar va ulardan fuqaro manfaatlari va adolat yo’lida
o’rganishi mumkin bo’lgan narsalarni o’zlashtirishga tarafdor edilar. Shu jihatdan Xoja hazratlarining
quyidagicha aytganlari diqqatga sazovordir: «Bu tariqat donishmandlari so’zlaridagi xatoliklarni to’g’ri
ko’rsata olgan kishi kofir bo’lganida ham Men boshimni oyoq qilib, uning huzuriga boraman,
suhbatida bo’laman, uning kofirligini hech vaqt xotiramga ham Keltirmayman hamda uning oldiga
borib suhbat qilgandan or qilmayman». Bu muhim gap va xulosadir.
Xoja hazratlari sharob va sharobxo’rlikni yoqtirmas, uning yaxshilikka olib kelmasligini ham nazarda
tutardi. Agar bu masala o’sha davrning mashhur adib va shoirlari, jumladan, Abdurahmon Jomiy,
Alisher Navoiy asarlarida ham («Bahoriston», «Hayrat ul-abror» va boshqalar) bayon etilgani nazarda
tutilsa, unda o’sha davrning mashhur allomalari aqidalaridagi hamohanglik ko’zga tashlanadi.
Shu jihatdan qaraganda, Xoja hazratlarining Mavlono Muhammad Xavofiydan eshitib, keyinchalik
suhbatdoshlariga hikoya qilgan quyidagi voqea qiziqarlidir:
«Aytur erdilarki, Mirzo Ulug’bek Bog’i maydonda Chinixonani qurib bitkazani munosabati bilan to’y
berdi. Bu to’yda barcha akobirlar, jumladan, shayx ul-islom, qozi va shayxlar ham bor edilar.
Chinixona ichidagi maydonning hama joyida chingiziy odatga ko’ra sharob shishalarini qo’yib chiqqan
edilar. Bu shishalardan sharobning hidi anqib turar, uning rangi ham ko’rinardi. Akobirdan hech biri
bunday holni man’ qilishga og’iz ocha olmasdi. Bu vaqtda e’tibordan chetda bo’lib qolgan Sayid Oshiq
bunday holni eshitibdi-da, o’zining qarindosh-urug’ini yig’ib, men bugun hazrat payg’ambarimiz
aytganlariga rioya qilib, Mirzo Ulug’bekning bunday ishlarini man’ qilmoqchiman. Ehtimolki, meni
o’ldirar, shariat yo’lida men soqollarimning qizil rangga bo’yalishini xohlayman. Shundan so’ng oila
a’zolari va qarindoshlariga bog’lari, saroylari va mol-mulkini vasiyat qilib, mast tuyadek og’zidan
ko’piklar sachratib, Mirzo Ulug’bekning huzuriga boribdi. Chinixonada o’tkazilayotgan to’yga kirib
borib, Mirzo Ulug’bekka qarab aytibdi: Ey Ulug’bek, bu qanday gap, Sen nimalar qilayapsan. Hyech
musulmon bunday ishni qilmaydi. Mirzo Ulug’bek aytibdi: Ey Sayid, nega dag’allik qilyapsan? Men
uchun Sen buyukmisan yoki hazrati Muso va Horun? Men yomonmenmi yoki Far’avn yomonmi?
Sayidning qulog’i og’ir bo’lganligidan bu gaplarni eshitmabdi va javob bermabdi. Mirzo Ulug’bekning
ishorasi bilan Sayidni bo’ynidan bog’lab tashqariga sudrabdilar. Mirzo Ulug’bek g’azabi oshgan holda
aytibdi: Ey Sayid, sen istaysanki, men seni o’ldirsam, ammo men bunday qilmayman. Shu vaqtda
shayxul-islom Xoja Isomiddin Mirzo Ulug’bekdan Sayid Oshiq gunohini bag’ishlashni so’rabdi. Mirzo
Ulug’bek aytibdi: bu Sayid hammom qurdirishingiz munosabati bilan uyushtirilgan ma’rakada sizga
nisbatan dag’allik qilgani uchun mansabidan Chetlashtirishni talab qilgan edingiz. Endilikda to’yimizda
bizga nisbatan dag’allik qilayotganda uning gunohini Kechirishni so’rayapsiz. Buni qanday tushunmoq
kerak Xoja Isomiddin aytibdi: bizning fe’lu xo’yimiz o’zimizga loyiq, podsholarniki esa shohona
mavqyega munosibdir. Bu javobni eshitgan Mirzo Ulug’bek Sayid Oshiq jur’atini bag’ishlabdi. Ammo
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |