www.ziyouz.com
кутубхонаси
46
Mavlono Muhammad Xavofiy shunday degan edilar: Mirzo Ulug’bek Sayid Oshiqni bo’ynidan bog’lab
sudrayotganlarida, unga qarab, rahmat bo’lsin, deb aytgan bo’lsa, bizlarga qarab esa sizlarga, la’nat
der edi. (Xoja hazratlari) ayturdilarki, Mirzo Ulug’bek shunchalik donishmand bo’lgani bilan chingiziy
odatlarni yo’qota olmagan edi. Shu jihatdan hozirgi podsholarning ishlariga shukr qilsa, bo’ladi».
Xoja hazratlari Mirzo Ulug’bekning donishmand shaxsligini alohida ta’kidlaydi. Shu bilan birga uning
Sayid Oshiq gunohini bag’ishlagani ham, unga rahmat deganini ham o’z atrofidagi ulamolardan esa
nafratlanib, ularni la’natlaganini ham uqtirardi, yoki diqqatini ularga qaratadi. Chunki Sayid Oshiqning
qo’rqmasdan, ochiqchasiga unga – Mirzo Ulug’bekka murojaat qilib, noshoista ishlarni Betiga
aytganidan nihoyat ta’sirlanadi va o’z ishlarini fikran tahlildan o’tkazib, unga to’g’ri maslahat
bermagan ulamolarga la’natlar Deydi. Xoja hazratlari bu hikoyani Keltirar ekan, Mirzo Ulug’bekni
qoralamaydi. Hikoyaning ruhidan unga bo’lgan xayrixohligi Seziladi, ammo uning atrofidagilardan
uncha rozi emas, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning shunchalik donishmandligi bilan chingiziy rasm-
odatlarni yo’qota olmaganidan afsuslanganday bo’ladi.
Shunisi ham borki, Xoja hazratlari Sayid Oshiq haqida unchalik baland fikrda emasligi ham bilinadi.
Jumladan, Muhammad Qozi Keltirgan bir hikoyada shunday hol Seziladi. Chunki unda Xoja hazratlari
soLeh, zohid va ulamolarni e’tirof etgan holda, ammo ularning uning tariqasiga aloqasi yo’qligini
aytadi. Demak, o’zini ulardan ajratadi. Shu uchun ana shunday toifadan bo’lmish birovning uning
suhbatida qatnashganidan norozi bo’lib, siz Sayid Oshiqning muridi bo’lishingiz mumkin, bizga esa
munosib emassiz, deb chiqarib yuboradi.
Bundan ko’rinadiki, Sayid Oshiq to’g’ri so’z odam edi, deb uni hurmat qilib, Xoja hazratlari uning
yo’lini – dag’alligini bo’lsa kerak, ma’qullamaydi. Shu jihatdan qaraganda, donishmand Mirzo
Ulug’bekka to’y ma’rakasida, ko’pchilik oldida dag’allik qilganini ham yoqtirmaganday bo’ladi, chunki
shunda Mirzo Ulug’bekning «men seni o’ldirmayman» degan gapini eslatish bilan Mirzo Ulug’bekning
bunday dag’allardan qanchalik ustun turganiga ishora qilmadimikan?! Chunki Xoja hazratlarining o’z
fikrlarini ma’lum hikoya yoki rivoyatni Keltirish orqali bayon qilish, bildirish odati borligini nazarda
tutsak, unda bu mulohaza asosliday bo’lib tuyuladi.
Xoja hazratlari fazilatlaridan yana biri shu ediki, suhbatdoshi bo’lg’uvchi shaxsni nihoyatda o’bdon
o’rganar va sodiqligiga ishonch hosil qilgandan so’nggina o’zini unga yaqinlashtirar, o’z suhbatlaridan
bahramand etar va iltifotini ayamasdi. Bunga misol sifatida uning Sayid Abdulavvalga bo’lgan
munosabatini ko’rsatish mumkin. Xoja hazratlari uni yetti yil sinaydi va uning sodiqligiga ishonch hosil
qilgach, uni o’ziga yaqinlashtiribgina qolmay, balki qizini unga to’y qilib berib, o’ziga kuyov qilib oladi.
Bunday munosabat Muhammad Qozi bilan ham sodir bo’lib, nihoyat uni o’zining eng yaqin
suhbatdoshi va shogirdi sifatida e’zozlaydigan bo’ladi. Bular pir va murid o’rtasidagi munosabat
talablariga muvofiq kelish qonun-qoidalari asosida ham amalga oshirilgan edi. Xoja hazratning
fazilatlaridan biri fuqaroga g’amxo’rlik qilish masalasi yuqorida batafsil yoritilgan edi. Bu
g’amxo’rlikning yana bir shakli madrasa, masjid, xonaqolar ham bino qilib, ulardan fuqaroni
bahramand qilish ham edi. Shu maqsadda Xoja hazratlari Samarqand, Toshkand, Kobulda ana
shunday imoratlarni qurdirgan va ularni vaqf bilan ta’minlagan edilar. Bu madrasalarning hozirgi
taqdiri bizga noma’lum. Ammo Samarqandda Madrasai safed deb atalgan madrasaning nomi bor va
shu nomda guzar bor-u, madrasaning o’zi esa saqlanmagan. Samarqandda saqlanib qolgan
imoratlardan biri bu uning hozir qabri joylashgan mavZeda bino qildirgan yozgi masjiddir. Albatta, u
ham asr osha ta’mir qilingan va o’zgarishlarga uchratan.
Turli xil ijtimoiy faoliyat, imorat qurish bilan birga Xoja Ahror ijodkorlik bilan ham shug’ullangan.
Hozirgi kunda quyidagi asarlar uning qalamiga nisbat beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |