Microsoft Word buyuk manaviy murshid ziyouz com doc



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/83
Sana12.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#784185
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
Bog'liq
Botirxon Valixo\'jayev. Buyuk ma\'naviy murshid Xoja Ahror Valiy

 
 


Buyuk ma’naviy murshid 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
44
XOJA AHRORNING FAZILATLARI, MEROSI VA AQIDALARI 
Xoja Ahror doim suhbatdoshlar bilan bo’lishni xohlar, shaxsan mehnat qilar, ota sifatida 
farzandlariga pand-nasihat berar, boshqalarning manfaatlarini o’zining manfaatlaridan ustun qo’yar 
edi. Aytilganlarning isboti uchun Xoja hazratlari hayotidan ayrim lavhalarni Keltirish maqsadga 
muvofiqdir. 
«Bir kun Xoja hazratlari o’z yaqinlari bilan Dashti Abbosga bordilar, – deb yozadi Muhammad Qozi. 
U joylar shayx Abusa’id ekinzorlari bo’lib, ularning hosili pishib yetilgan edi. Shayx Abusa’id Xoja 
hazratlari huzuriga kelib doimo Mehmondorchilik qilardi. Bu orada pishib yetilgan hosilga qaramadi va 
o’z odamlarining ularni yig’ishtirishlariga ham ruxsat bermadi. Xoja hazratlari shayx Abusa’idga qarab: 
pishib yotgan hosilni yig’ishtirib oling, biz bilan bo’lib qolib, ular nobud bo’lmasin, deb aytsalar-da, 
shayx bunga e’tibor bermasdi. Bu haqda qanchalik gapirmasinlar, shayx Abusa’id indamasdi. Shundan 
so’ng Xoja hazratlari o’z yaqinlari bilan u yerdagi g’allani o’rib oldilar, uni yanchdilar va tayyor g’allani 
shayx Abusa’idga yubordilar. Xoja hazratlari aytdilarki, shayx Abusa’id juda boy emaski, hosilning 
nobud bo’lishi unga ta’sir qilmasa, ammo u bizga nisbatan odobni saqlab, biz bu yerdaligimiz vaqtida 
bu ishni amalga oshirishni lozim ko’rmadi». 
Bu hayotiy lavha Xoja hazratlarinig shaxsiy fazilatlaridan birini – bevosita mehnat qilish hamda 
birovning manfaatini ko’zlash va uni xursand qilishga intilishni namoyon etadi. 
Yoki, «Xoja hazratlari o’z yaqinlari bilan Kesh (Shahrisabz) tomon yo’l oldilar. Yo’lda dam olish 
niyatida chodir tikdilar. Namozi shomdan so’ng yomg’ir yog’a boshladi. Xoja xazratlari chodirdan 
chiqib, yaqinlarini chodirga kiritdilar. O’zlari esa tun bo’yi tashqarida yomg’ir ostida edilar. Ertalab bu 
holni ko’rgan suhbatdoshlari uning sababini so’raganlarida shunday dedilar: Yomg’ir yog’ayotganda 
biz chodirda bo’lib, do’stlarimizning tashqarida, yomg’irda bo’lishlaridan hijolatda qoldik». 
Xoja hazratlari doimo aytib keladigani «har vaqt bir musulmon ko’nglidagi og’irlikni o’z zimmangga 
olishing kerak. O’zingning og’irligingni esa boshqalarga yuklamasliging kerak» degan fikrlariga 
bevosita amal qilganlari ko’zga tashlanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, bunday fazilatga amal qilish, 
keyinchalik Xoja hazratlarining muxlislari bo’lmish Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin 
Muhammad Boburlarning faoliyatlarida ko’p marta uchraydi. Jumladan, Zahiriddin Muhammad 
Boburning «Boburnoma»sidagi mana bu tasvir aytilganlarga misol bo’la oladi. Bu voqea 1506 yilning 
qishida Hirotdan Qobulga yo’l olgan Zahiriddin Muhammad Bobur bilan sodir bo’lgan. Bobur o’z 
kishilari bilan tog’ orqali Kobulga borardi. 
«Ushbu tariq bila qor tepib, yo’l qilib, – deb davom ettiradi Bobur, – Injukon yerdin uch-to’rt kunda 
ko’tali Zarrinning tubiga havoli Qutiy degan havolga Kelduk. Ushbu kun g’arib chopqun bila qor yog’ar 
edi. Andog’kim, borchaga o’lim vahmi bo’ldi. Ul el tog’dag’i g’or va kovoklarni havol derlar. Bu 
havolga yetganda chopqun behad tez bo’ldi. Ushbu havol qoshida o’q tushildi. Qor uluq, yo’l yakraha, 
Tepilgan, bosilgan yo’l bila ham ot baxiyla (zo’rg’a) boradur. Kunlar g’oyat qisqalikka ilgarigi kishi 
yorug’ choqda havol oldiga keldilar, namozishom, nomozi xuftangacha el kela qoldi. Andin so’ngra 
kelgan yerda-o’q tushti. Ko’p el ot ustida-o’q tong otturdi. Havol torroq ko’rindi, men havolning 
og’zida kurak olib, qor kurab, o’zimga bir takiya miqdorda yer yasadim. Qorni kukusgacha qozdum, 
hanuz yerga yetmaydur edi. Bir nima yelga panoh bo’ldi, o’shanda-o’q o’tirdim. Har necha dedilarkim, 
havolga boring, bormadim. Ko’ngulga kechdikim, barcha el qorda va istirohat bila munda. Barcha ulus 
tashvish bila mashaqqatda men munda uyqu bilan farog’atda muruvvatdin yiroq va hamjihatlikdan 
qiroq ishdur. Men ham har tashvish va mashaqqat bo’lsa, ko’rayin, har Nechuk el toqat qilib tursa, 
turayin. Bir forsiy masal bor: «Marg bo yoron sur ast» (do’stlar bilan o’lmoq to’ydir). O’shondoq 
chopqunda qozg’on, yasog’on chuqurda o’lturdim, namozi huftongacha qor oncha chopqunlab 
yog’dikim, Men engashib o’lturub edim, orqamg’a va boshimg’a va quloqlarimning ustiga to’rt enlik 
qor bor edi. O’shul Kecha qulog’imga sovuq ta’sir qildi» («Boburnoma», Toshkent, 1960, 257-258-
betlar). 
Xuddi mana shu fazilat o’zini el qatori bilish, el bilan birga bo’lish podshoh Boburning olijanob 


Buyuk ma’naviy murshid 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish