www.ziyouz.com
кутубхонаси
40
ham bor edi. U hazrati Xojaga qarab, shunday Dedi: Mirak Hasan devon bilan muloqotda bo’lganimda
bir gapni sizga yetkazishni topshirgan edi. Xoja hazratlari aytdilar: qanday gap ekan? Xoja Mustafo
aytdi: Mirak Hasan shunday dedi: Sulton Ahmad mirzoning ozgina joni qolgan. Hazrati Xoja iltifot
qilib, uni ham olsinlar-da, bizlarni undan (Sulton Ahmad mirzodan) xalos qilsalar. Xoja hazratlari bu
gapni eshitib, kayfiyatlarida o’zgarish yuz berib, oq sochlari tik turganday bo’ldi. Qo’llarini qo’llari
ustiga qo’ydilarda, aytdilar: bu it bizni qassoblik qilishga da’vat etmoqda. G’azablari kuchaygan, dast
turdilarda uyga kirib ketdilar. O’nbesh kundan so’ng Mirak Hasan bir gunohi bilan Sulton Ahmad
mirzo g’azabiga uchrab, tiriklayin terisini shilishga buyurdi».
Xoja hazratlarining muxoliflari buning bilangina chegaralanib qolmay, balki uni savodsizlik,
o’qimaganlikda ham ta’na qilganlar. Xuddi shu gaplar tarqalganda Samarqandning a’lam ul-ulamosi
faqeh (islom qonunshunosi) Xoja Fazlulloh Abulaysiy Xoja hazratlarini bunday ta’nalardan juda nozik
tarzda himoya qilgan ko’rinadi: «Ayturlarki, – deb yozadi Muhammad Qozi, – hurmatli Xoja Fazlulloh
shayx Abulays shunday degan ekanlar: biz bu buzrugvor (Xoja Ahror)ning kamolotlarini bilmasmiz.
Bizga shunchaligi ma’lumki, ul hazrat rasmiy tarzda kam o’qigan bo’lsalarda, ammo har kuni bizning
oldimizga «Tafsiri Qozi»dagi (ehtimolki, XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida yashagan Sheroz qozisi
Bayzaviyning «Anvar ul-ta’vil» nomli arab tilida yozilgan tafsiri qisqartirilgan tarzda shunday
nomlangan bo’lsa kerak) sharhlarga nisbatan bo’lgan shubhalari bilan kelib, bizni masalada lol
qoldiradilar. Bu karomatdan boshqa gap emas. Yoki zamonasining donishmandlaridan biri bo’lmish
mavlono Ali Arron esa Xoja hazratlarining bilimdonliklaridan nihoyatda hayratlanar va u kishi oldida
biror narsa aytishga botina olmasdi.
«Mavlono Ali Arron, – deb yozadi Muhammad Qozi, – Xoja hazratlari majlisiga ko’p kelardilar. Bir
kun Xoja hazratlari mavlono Ali Arronga murojaat qilib, aytdilar: sizning huzuringizda bizning
gapirishimiz odobdan bo’lmas. Siz gapiring, biz eshitaylik. Mavlono Ali Arron shunday javob berdilar:
fayzlar yetkazguvchi olam sirlaridan bevosita so’z aytuvchi hazrat oldida bizning gapirishimiz
odobsizlik sanaladi».
Bunday hol esa Xoja hazratlariga ta’na toshini otuvchilarga yaxshigina javob edi. Shunday bo’lsa-
da, g’iybat va ta’nalarning hammasi Xoja hazratlari mavqyeiga, uning sulton va amiru amaldorlar
hamda shariat Peshvolari nazdidagi e’tiboriga ta’sir qilmasdan qolmasdi. Ammo Xoja Ahror
hazratlarining fuqaroparvarligini, olijanob fazilatlarini qadrlaguvchilar unga nisbatan bo’lgan
e’tiqodlarini susaytirgan emasdi. Shuning uchun Xoja hazratlari Andijon yoki Qarshida, Doij (Loyish)
yoki Forobda, Motrid, Kamongaron yoki Xoja Kafshiy kabi shahar, nohiya va mahallalarda
bo’lganlarida muxlislari e’tiqodining butunligi nazarga tashlanardi.
«Bir yil shaharda vabo tarqalib, hamma tashvishda edi. Shu vaqtda Xoja hazratlari uydagilari bilan
mavlono Fazlullohning Kamongaron tog’i etagida joylashgan bog’ida edilar. Hazratning muridlari va
xizmatida bo’lguvchilar esa Vaxashti qishlog’ida edilar. Hazrat bu joyga kelib, muxlislari bilan suhbat
qurardilar».
Xoja hazratlarining yoshi ulg’ayaVergach, salomatligi susayib borar, ba’zan kasallanib qolardi. Bir
marta qattiq kasallanishi va tuzalishi voqeasi Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin»ida shunday
hikoya qilingan:
«Avvalgi marta kasal bo’lib qolganlarida bu kitob tuzguvchini (Muhammad Qozini) tabib olib kelish
uchun Hirotga jo’natdilar. Bu vaqtda Xoja hazratlarining shogirdi mavlono Qosim tirik edi va Menga
qarab, Tezda borib kelishim shartligini alohida tayinlagan edi. Men tabibni keltirganimda mavlono
Qosim olamdan o’tgan edilar. mening Samarqanddan Hirotga borib kelishim uchun esa hammasi
bo’lib o’ttiz besh kun vaqt o’tgan edi, xolos. Men Xoja hazratlaridan mavlono Qosimning vafoti
sabablarini so’radim. Xoja hazratlari aytdilar: Mavlono Qosim bir kun mening huzurimga kirib, «men
o’zimni sizga fido qildim», – deb aytdi. Men aytdim: Qosim, sen faqir kishisan, ko’pgina kishilar
Sening qaramog’ingdalar, shuning uchun bunday qilma. Shunda mavlono Qosim aytdi: Men bu ishda
siz bilan maslahatlashmoq uchun kelganim yo’q, bu ishni qildim va Haq subhonahu uni qabul etdi.
Men qancha gapirsam ham u boshqa hech narsa demadi. Ertasi kuni Xoja hazratlarining kasallari
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |