www.ziyouz.com
кутубхонаси
42
tarqatishga to’g’ri kelardi. Ish shu qadar ko’payib Ketdiki, ramazon oyida Xoja hazratlari saharlikka
turganlari vaqtidagina men biror-bir taom yeyishga ulgura olar edim, xolos. Bir Kechasi oldimga non
va go’shtni qo’yib, Sening ovqating shu bo’lsa, qayerga ham bora olarding, degan fikr ko’nglimdan
o’tdi. Shu vaqtda birov kelib, seni Xoja hazratlari ko’rmoqchilar, dedi. Men hozirgina – noxush xayolga
borganim Xoja hazratlariga ma’lum bo’libdi-da, Dedimda tavba qilib, hazrat huzuriga bordim. Tahorat
qilayotgan ekanlar, meni ko’rib aytdilar: Bilasanmi, xojagon tariqatining ulug’lari xizmat qilishi
mumkin bo’lganlarga umid bilan qaraganlar. Chunki kimki xizmat va g’ayrat qilsa, xususan, jamoat
uchun xizmat qiluvchi bo’lsa va uning xizmatidan boshqalar manfaat ko’rsa, undaylarga olam ul-
g’aybdan ko’p fayzlar yetgay. Kimki jamoat manfaatlari uchun xizmat qilib, olam ul-g’ayb fayziga
musharraf bo’lgan bo’lsa, bunday kishi saodatli-baxtli kishidir. Bu gapni eshitib, ko’nglimdan o’tgan
noxush xayollarimdan pushaymon bo’ldim va shundan so’ng har qancha xizmat qilsa ham oz
ekanligiga ishonch hosil qildim».
Bunday xususiyat, ya’ni insonlarga xizmat qilish Xoja hazratlari faoliyatining asosiy mag’zini tashkil
etgani uchun ham hamma joyda va hamma vaqt masalalarga shu nuqtai nazaridan yondashdilar.
Xoja hazratlari quyidagi baytni yoddan o’qurdilar, deb eslaydi Muhammad Qozi:
Himmat turo ba kungurai kibriyo kashad.-
In saqfi xohro Beh az in nordbon maxoh.
Mazmuni: himmat seni falakning yuqori pog’onasiga ko’taradi. Bu baland dunyo – osmonga
chiqmoqni xohlasang, bundan (himmatdan) yaxshiroq norvon bo’lmas.
Kimning qalamiga mansubligi noma’lum bo’lgan bu baytni o’qiyotganda Xoja hazratlari o’z
aqidalaridan kelib chiqib, Sharq adabnyotshunosligida daxliya deb ataladigan san’atni qo’llab, birinchi
misra avvalidagi «himmat» so’zini, Men «xizmat» so’zi bilan almashtiraman va shunday o’qiyman, der
ekanlar:
Xizmat turo ba kungurai kibriyo kashad, -
Ya’ni xizmat-seni falakning yuqori pog’onasiga ko’taradi. Boshqacha qilib aytganda, obro’-
e’tiboringni oshiradi. Shundan kelib chiqib ikkinchi misra sharhlansa unda «bu baland osmonga
(obro’-e’tibor, hurmatga) chiqmoqchi bo’lsang, xizmat qilishdan yaxshiroq norvon bo’lmas» degan
ma’no kelib chiqadi. Xoja hazratlarining daxliyasi natijasida bayt mazmuni bizning zamonamiz uchun
muvofiqligi ham o’z-o’zidan ayondir.
Yoshning ulug’ligi, xastalik Xoja hazratlarini urintirib qo’ygan edi. Natijada ancha ozib ham qolgan
edi. Bu haqda mavlono Lutfulloh shunday deydi: «Samarqandning mashhur mahallalaridan bo’lmish
Xoja Kashfiy mahallasidagi uylariga bordim. Havo issiq edi. Xoja hazratlari ichki ko’ylak bilan
tashqariga chiqdilar. Men Xoja hazratlarining anchagina ozib qolganlarini shunda ko’rdim… Shunday
bo’lsa-da, bu jussada katta ma’naviy kuch bor edi».
Xoja hazratlari hijriy hisobda 89 yilu yetti oy umr ko’rganlar. Bu haqda o’zlari «agar yana besh oy
yashash nasib qilsa, 90 yoshga kirurmiz», degan ekanlar. Xoja hazratlari sakson to’qqiz kun kasal
yotgach, Kamongaronda hijriy 895 yilning rabe’ ul-avval oyining yigirma to’qqizinchi kuni – shanba
kuni kechasi, ya’ni 1490 Melodiy yilning 21 fevralida vafot etganlar. Bu voqeaning guvohi bo’lgan
Muhammad Qozining yozishicha, Xoja hazratlari o’sha kuni namozi xuftondan ozgina o’tganda
olamdan ko’z yumganlar. Bundan oldinroq esa, ya’ni kunning namozi peshin vaqtida yer qattiq va
baland ovoz bilan qimirlagan. Bu hodisadan Xoja hazratlari ruhiyatida o’zgarish paydo bo’lib, darhol
o’z avlodlari va suhbatdoshlaridan ayrimlarini chaqirib, ular bilan vidolashgan ekanlar. Xoja
hazratlarining tabarruk jasadi Kamongarondan Xoja Kafshiy mahallasiga keltirilib, shu yerning
mazorotida dafn etilgan. Qabri ustiga katta san’atkorlik bilan ishlangan yodgorlik toshi o’rnatilgan.
keyinchalik uning atrofida avlodi va muxlislari dafn etilgan. Shundan so’ng Xoja Kafshiy mahallasining
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |