Meva – sabzavot maxsulotlarni saqlash texnologiyasi


Yong'oqlarning kimyoviy tarkibi



Download 0,57 Mb.
bet55/87
Sana04.09.2021
Hajmi0,57 Mb.
#164362
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87
Bog'liq
Oygulga ma'ruza

Yong'oqlarning kimyoviy tarkibi

Yong'oqlarning turi

Miqdori, %

Suv

Yog'

Oqsil

Kraxmal

Qand

Kletchatka

O'rmon yong'og'i (leщina)

5,8-15,0

58-60

12-16

6,0-8,5

1,0-3,5

2,5-3,2

Funduk

8,0-12,0

64-72

14-21

6,0-7,8

0,8-2,2

2,0-2,8

Yunon yong'og'i

3,1-7,1

58-75

14-20

3,7-5,2

1,1-5,3

2,2-10,0

Bodom

6,3-10,0

55-61

18-22

3,1-5,0

2,5-3,0

4,8-6,0

Pista

5,0-7,0

55-68

12-24

13,0-17,0

3,0-4,6

2,0-7,6

Kedr yong'og'i

6,0-9,2

55-60

16-19

5,0-13,0

3,5-4,4

2,2-2,5

Yer yong'oq

7,5-10,0

44-60

24-28

6,2-9,7

5,0-6,0

4,5-5,5

Kashtan

35,0-55,0

0,7-7,0

8-12

16,0-62,0

4,0-7,0

1,6-2,0

Yong'oqlar tarkibida yog' yuqori baholanadigan suyuq yog' hisoblanib, uning tarkibida to'yinmagan oleinat, linolevat, linolenavat kabi kislotalar asosiy yog' kislotalar hisoblanadi. Shu sababli ham bu yog' kislotalari tezda oksidlanib yong'oqlarda achchiq ta'm paydo bo'lishini vujudga keltiradi. Yong'oq yog'lari tarkibida to'yingan yog' kislotalardan paltinat va stearinat yog' kislotalari asosiy yog' kislotalari hisoblanadi. Yong'oqlardan eng yog'ga boylari o'rmon yong'og'i va yunon yong'og'idir.

Yong'oqlarning oqsili tarkibida hamma o'rin almashtirmaydigan aminokislotalar borligi uchun to'liq qiymatli oqsil hisoblanadi. Ulardagi asosiy oqsil globulindir. Oqsil eng ko'p miqdorda eryong'oqda, eng kam miqdorda esa kashtan yong'og'ida bo'ladi.

Uglevodlar miqdori bo'yicha yong'oqlar ho'l mevalarga yaqin bo'lsada, lekin ulardan farqi shundaki, yong'oqlarda hazm bo'ladigan uglevodlarning 40-60 % i kraxmal hissasiga to'g'ri keladi. Yaxshi pishib etilgan yong'oq mevalari tarkibidagi asosiy qand saxaroza hisoblanadi. Boshqa mevalarga qaraganda yong'oqlar kletchatka moddasiga boyligi bilan ajralib turadi. Ularda kletchatka miqdori yong'oqlarning turiga qarab 2,2 % dan 10,0 % gacha bo'ladi. Kletchatkaning bunday ko'p miqdorda bo'lishi ma'lum darajada ularning hazm bo'lish darajasini pasaytiradi.

Yong'oqlarda uchraydigan asosiy vitaminlar C, E, PP, B1 va B2 hisoblanadi. Vitaminlarga eng boy yong'oq bu yunon yong'og'idir.

Yong'oq mag'zidagi asosiy mineral moddalar fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va temir hisoblanadi.

Ba'zi yong'oqlar tarkibida glikozidlar mavjud bo'lib, ular bu yong'oqlarga o'ziga xos ta'm beradi. Masalan, bodomda amigdalin, eryong'oqda araxidozid kabi glikozidlar bo'lishi aniqlangan.

Yong'oqlar to'g'ridan-to'g'ri desert mahsulot sifatida iste'mol qilinishi bilan bir qatorda qandolatchilik sanoatida tort, pechenye, holva, konfet va ko'plab sharq shirinliklari tayyorlashda eng qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Shuningdek, yong'oqlardan turli sohalarda foydalaniladigan qimmatbaho yog'lar ham ishlab chiqariladi.

Yong'oqlarning sifatini baholashda tashqi ko'rinishi (butunligi po'stlog'ining rangi, shakli), 100 dona yong'oq massasi, ta'mi va hidi, namligi, mag'zining chiqishi, mag'zining sifati va rangi kabi ko'rsatkichlari eng muhim ko'rsatkichlar hisoblanadi. Shuningdek, standartlarda mexanik jarohatlar, zararkunandalar bilan zararlanganlik darajasi, achchiq ta'mli mag'izlar, mog'orlanish, begona aralashmalar miqdori kabi chetlanishlari ham ko'rsatilgan. Lekin, yong'oqlar mag'zida tirik zararkunandalar bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi.

Qo'yidagi har bir yong'oq turlarining o'ziga xos tavsiflarini keltiramiz.

O'rmon yong'og'i va funduk. O'rmon yong'og'i yovvoyi holda o'rmonlarda o'ssa, uning madaniylashtirilgan turi funduk deb yuritiladi. Bu yong'oqlarning mevasi yumaloq, sharsimon, keng ovalsimon, uzunchoq, tuxumsimon shakllarda, po'chog'i qalin yoki yupqa, mustahkam, och-qo'ng'ir, qo'ng'ir, sariq-qo'ng'ir ranglarda bo'ladi. Yong'oq mag'zi qattiq, moysimon, yog'liligi o'rmon yong'oqlarida 50-58 % ni, fundukda esa 72 % gachani tashkil etadi.

Bu yong'oqlarning navlarini belgilashda foydalaniladigan asosiy ko'rsatkichlariga yong'oq mevasining shakli, uzunligi, eni, balandligi, po'stlog'ining qalinligi va rangi, 100 donasining massasi, mag'zining chiqishi, yog'liligi kabi ko'rsatkichlari kiradi.

Pishish muddatiga qarab bu yong'oqlar ertapishar va kechpishar turlarga bo'linadi. Bu yong'oqlarning yaxshi pishganligini bildiradigan asosiy ko'rsatkich yong'oq sirtqi yumshoq po'stining sarg'ayib qorayishi va yopilib tushib ketishi hisoblanadi.

Yunon yong'og'i. Bu tur yong'oqlar yovvoyi va madaniy holda o'sadi. Yunon yong'og'i Respublikamizning hamma viloyatlarida ekiladi. Yaxshi pishib etilmagan yunon yong'og'i C vitaminiga juda boy hisoblanib, uning miqdori 3000 mg % gacha bo'lishi mumkin. Shu sababli yaxshi pishmagan yunon yong'og'i mag'izi murabbolar va vitamin preparatlari olishda ishlatiladi.

Yunon yong'og'ining mevasi dumaloq yoki oval shaklda, po'chog'ining rangi och-qo'ng'irdan to to'q-jigar ranggacha bo'ladi.

O'lchamlari bo'yicha yunon yong'oqlari katta (diametri 35-39 mm), o'rtacha kattalikda (diametri 28-34 mm), mayda (diametri 22-27 mm) bo'ladi. Po'chog'ining qalinligiga qarab yupqa po'choqli (qalinliga 1,3 mm gacha) va qalin po'choqli (qalinligi 1,3 mm dan katta) bo'ladi. Yunon yong'og'ining po'chog'i yupqa, sirti silliq va ichki to'siqlari kamroq navlari eng qimmatlilari hisoblanadi. Quritilgan yunon yong'og'ining mag'zida suv - 5-6, yog' - 44-72, oqsil - 9-18 foizni tashkil etadi.

Yunon yong'og'i sifatiga qarab 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo'linadi. Ularning sifatiga baho berilayotganda katta-kichikligi, po'chog'ining qalinligi va rangi, mag'zining rangi, ta'mi va mag'izining chiqishi kabi ko'rsatkichlari hisobga olinadi.

Respublikamizda eng ko'p tarqalgan navlariga Ideal, O'zbekiston tez pishari, Bo'stonliq, Yubileyniy kabi navlari kiradi.

Bodom. Bodom yovvoyi holda Markaziy Osiyoda va Kavkazda uchraydi. Shirin bodom, ya'ni madaniy holda Shimoliy Kavkaz, Qrim, Markaziy Osiyoda o'sadi. Yovvoyi holda o'sadigan bodomlarning mag'izi achchiq, ya'ni ular iste'molga yaroqsizdir. Ularning achchiqligi tarkibida zaharli glikozid (3-7 %) borligi bilan tushuntiriladi.

Bodomning shakli uzunchoq, ikki yoni yapasqiroq va tashqi po'choq, ichki qobiq va mag'izdan tashkil topgan bo'ladi. Bodom po'chog'ining mustahkamligiga qarab qog'oz po'choqli, yumshoq po'choqli, zich po'choqli va qattiq po'choqli bo'lishi mumkin.

Bodomning mag'izi oq rangli, mazali ta'mga ega bo'ladi. Uning kimiyoviy tarkibi quyidagicha (%): suv -5-6, yog' -44-50, qand -6-7, oqsil 16-20. Shirin mag'izli bodomlar asosan kulinariya va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. Bodom sifatiga ko'ra oliy va 1 chi tovar navlariga bo'linadi. Qog'oz po'choqli, yumshoq po'choqli va zich po'choqli, mag'izi kamida 30 % chiqadigan bodomlar oliy navga, qattiq po'choqli bodomlar esa 1 chi navga kiritiladi.

Pista. Pista daraxti Markaziy Osiyoda, xususan O'zbekiston Respublikasida yovvoyi holda o'sadi. Pista mevasi kichik (1,5 g gacha), rangi och-sariq, ikki pallali qattiq po'choqdan va mag'izdan tashkil topgan bo'ladi. To'la pishib etilgan pistalarda po'choq choki bo'ylab yoriladi. Choki bo'ylab yorilmaydigan pistalar ham bo'ladi. Bunday pistalardan mag'izini ajratib olish qiyinroq kechadi. Pistaning mag'izi binafsha-ko'kish rangda, shirin, yoqimli ta'mga ega bo'ladi. Pista mag'izi to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilinadi va qandolatchilikda xom ashyo sifatida ishlatiladi.

Yeryong'oq. Mevasi tuproq ichida yetiladi, uni qazib olib, yuviladi va quritiladi. Eryong'oq issiqsevar o'simlik bo'lganligi uchun Respublikamizning janubiy viloyatlarida ko'plab yetishtiriladi. Eryong'oq mevasi uzunchoq bo'lib, ustida mag'zidan osongina ajratiladigan, och-sariq, to'rsimon po'chog'i bo'ladi. Eryong'oq mag'zining kimiyoviy tarkibi quyidagicha (%): oqsil -20-37, yog'lar - 40-61, kletchatka -1,2-4,9, kul moddasi -1,8-4,6.

Eryong'oq mag'zining sifatini tekshirganda po'chog'ining tozaligi, mag'zining to'liqligi, zichligi, ta'mi va hidiga alohida e'tibor beriladi. Ularning ta'mi shirin, yoqimli va begona ta'mlarsiz bo'lishi kerak.

Yeryong'oq to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilinadi va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda yong'oq o'rnini bosuvchi xom ashyo sifatida ham ishlatish mumkin. Eryong'oq mag'zida ko'p miqdorda yog' bo'lganligi uchun ulardan yog' olishda ham foydalanish mumkin.

Subtropik mevalarga sitruslar (apelsin, mandarin, limon, greypfrut), anor, xurmo, anjir va boshqalar kiradi. Tropik mevalarga esa tropik mamlakatlarda etishtirildigan banan, ananas va mangolar kiradi.

Sitrus mevalari asosan Kavkazning Qora dengizi sohillarida, Gruziya, Ozarbayjon mamlakatlarida etishitirladi. Keyingi yillarda Tojikiston Respublikasining Vaxsh vohalaridan ham ko'plab hosil yetishitirilmoqda. Bizning Respublikamizda esa limon issiqxonalarda yetishtirilib, hosil olinmoqda.

Sitrus mevalari qalin zich po'stdan, bo'laklarga bo'lingan etdan va urug'dan iboratdir. Sitrus mevalarining po'stlog'ida etiga nisbatan 3-4 baravar ko'p C vitamini, ko'p miqdorda jele hosil qilish xususiyatiga ega bo'lgan pektin moddalari, efir moylari va glikozidlarning deyarlik hammasi to'plangan bo'ladi.

Sitrus mevalari ho'l meva holida iste'mol qilinadi va ulardan murabbo, sharbat, jele va sukatlar ishlab chiqarish mumkin. Sitrus mevalari transport vositalari bilan tashishga bardoshli va ular yaxshi saqlanadi.

Anor. O'zbekistonda subtropik meva bog'larining qariyib 80 % ga yaqinini anorzorlar tashkil etadi. Anor bizning Respublikamizdan tashqari Ozorboyjon, Gruziya, Turkmaniston va Tojikiston davlatlarida ham etishtiriladi. Anor asosan sentyabr-oktyabr oylarida to'la pishib etilgandan keyin uziladi.

Anorning mevasi yirik (diametri 12 sm gacha), sharsimon, po'sti oqish (oqpo'st) yoki qizg'ish (qizil po'st bo'ladi). Ichida meva xonalarga bo'lingan, xonalarda ta'mi nordon-shirin, rangi qizil yoki pushti sersharbat etga o'ralgan urug'lar bor. Anor mevalari bir donasining og'irligiga qarab katta (400 g dan ortiq), o'rtacha kattalikda (300-400 g) va kichik (300 g dan kamroq) bo'ladi. Anorlar tarkibidagi kislotalar miqdoriga qarab shirin, nordon-shirin va nordon guruhlariga bo'linadi. Shirin anorlar etida qand miqdori 15-19 foiz miqdorida bo'ladi. Anor mevasi tarkibida vitaminlar va xilma-xil mineral elementlar mavjudligi uchun ham shifobaxshlik xususiyatiga egadir.

Muallifning (5) Surxondaryo viloyatining Dashnobod, Bandixon va Farg'ona vodiysi Quva tumanining «Anor» xo'jaliklarida yetishtirilgan anorlarning Qozoqi va Qizil anor navlari bo'yicha o'tkazilgan ko'p yillik tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, anor mevasi makro va mikro elementlarga boyligi bilan aohida diqqatga sazovordir. Anor mevasi tarkibida kaliy, natriy, kalsiy, magniy kabi makroelementlar va rux, temir, marganes, nikel kabi mikroelementlar borligi aniqlangan. Anor sharbati tarkibida boshqa sitrus mevalaridagiga nisbatan C, B1 va P vitaminlarining miqdori kamroq bo'lsada, bu mevalar ham inson organizmi uchun fiziologik faol moddalarning muhim manbai bo'lib xizmat qilishi tadqiqot natijalari asosida isbotlangan.

Respublikamizda etishtiriladigan asosiy anor navlariga Qozoqi, Qizil anor, Oqdona, Achchiqdona kabi navlarini kirish mumkin.



Xurmo. Dastlab xurmo bog'lari Respublikamizning Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “O'zbekiston” janubiy-tajriba stansiyasida barpo etildi. Keyinchalik Namangan, Farg'ona viloyatlari sharoitida ham xurmo daraxtidan mo'l hosil olish mumkinligi tajribada aniqlandi.

Xurmo mevasi yassi, sharsimon, sirti silliq, po'sti zarg'aldoq sariqdan to'q-qizil ranggacha bo'ladi. Xurmoning eti shirin, pishganlari juda yumshoq, dildiraqsimon bo'ladi.

Xurmo mevalari to'yimliligi jihatidan boshqa tabiat ne'matlari orasida sultonlik hila oladi. Shu boisdan bo'lsa kerak, quritib taxlangan xurmo mevalarini arablar “cho'l noni” deyishadi. Xurmo tarkibida mavjud bo'lgan qand inson organizmiga yaxshi singiydi, hyech vaqt yog'ga aylanmaydi. Shu boisdan asl xurmo tez semirishga moyil yoki yuragini yog'bosgan kishilar uchun zarur taom bo'lib hisoblanadi, moddalar almashinuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ko'zning to'r pardasini mustahkamlaydi, uni ravshanlashtiradi. Muallifning tadqiqot ishlari asosida esa xurmo mevasi C, P vitaminlariga va karotin moddasiga boyligi hamda tarkibida boshqa mevalarda kam uchraydigan yod elementi ko'pligi aniqlandi.

Pishmagan xurmo mevasining ta'mi taxir bo'lib, saqlab qo'yilganda taxirligi yo'qoladi. Taxirligining kamayishni xurmaga taxirlikni beradigan oshlovchi moddalarining gidrolizlanishi bilan tushutiriladi. Xurmo mevalarini qayta ishlab ulardan murabbo, konfetyur, djem singari mahsulotlar olish mumkin.

Respublikamizda eng ko'p tarqalgan xurma navlariga Xiyakuma, Zendjimaru, Tamopan va Denov qandi kabi navlarini kiritish mumkin.

Apelsin. Bu nom nemis tilidan tarjima qilinganda xitoy olmasi degan ma'noni anglatadi. Apelsin mevasi yuqori ta'm ko'rsatkichlariga va parhezlik xususiyatlariga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Apelsin mevasining qalin po'stlog'i va undagi organik kislotalar C vitaminining yaxshi saqlanishini ta'minlaydi. Apelsin mevasi tarkibida inozit moddasi ko'pligi (250 mg %) tufayli, bu meva organizmida yog' va xolesterin almashuvini normallashtiradi, ateroskleroz kasalligidan saqlaydi, asab sistemasi va oshqozon ichak faoliyatiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi.

Kavkaz apelsinlari boshqa xorijiy mamlakatlar apelsinidan kam qandligiga va yuqori nordonlikka ega ekanligi bilan xarakterlidir. Buning sababi Kavkaz iqlimi sharoitida apelsinlar daraxtda to'liq pishib etishmasligidir. Issiq iqlim sharoitiga ega bo'lgan mamlakatlarda o'sadigan apelsinlar mevasida 10 % dan ham ko'proq qand moddalari to'planishi mumkin ekan.

Apelsinlarning pomologik navlari bir-biridan po'chog'i va etining rangi, shakli, meva sirtining holati, po'stining qalinligi, mevaning kata-kichikligi, etining zichligi va ta'm ko'rsatkichlari bilan farqlanadi. Apelsinlar birinchi va ikkinchi pomologik guruhlarga bo'linadi.

Mandarin. Mandarinlar boshqa sitrus mevalaridan massasining va o'lchamlarining kichikligi va yupqa tekis po'stloqqa ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Mandarinlarning rangi batamom pushti rangda bo'ladi. Eti zich, sariq yoki pushti, yoqimli ta'mga egaligi bilan ajralib turadi. Manda-rinning po'sti va urug'larida glikozid limonin mavjud bo'lib, u kislota bilan reaksiyaga borganda achchiq ta'm beruvchi moddani hosil qiladi. Ko'pincha bu jarayon mandarin chiriganda va muzlab qolganda ro'y beradi.

Mandarinlarning pomologik navlari, bir-biridan mevasining katta-kichikligi, shakli, po'stining rangi va qalinligi etining tuzilishi va uning hidi, ta'mi, urug'lar soni kabi ko'rsatkichlari bilan farq qiladi.

Mandarinlarni terib olish asosan noyabr oylarida boshlanib, to dekabr oyining o'rtalarigacha davom etadi. Mandarinlarni ko'pincha iste'molga yaroqli holga kelganda uzib olinadi. Agar mandarinlarni jarohatlamasdan boldog'i bilan uzib, yaxshi o'rab joylasa, ularni sovutiladigan xonalarda 3-4 oy saqlash mumkin bo'ladi.

Limon. Limon mevalari tarkibida ko'p miqdorga pektin moddalari, organik kislotalar va C vitaminlari borligi uchun davolash va parhez maqsadlarida qo'llaniladi. Limon sharbati va po'stlog'ida kumarin va g-stirol kabi moddalar borligi aniqlangan.

Limonlarning o'ziga xos xushbo'y hidini ularning tarkibida uchraydigan efir moylari ta'minlaydi. Shu sababli ham limonlardan kulinariya mahsulotlari va chonqoq bosdi ichimliklari tayyorlashda keng foydalaniladi.

Limonlar nordon va shirin kabi turlarga bo'linadi. Nordon limonlar tarkibida organik kislotalar miqdori 5-8 % ni taщkil etadi, shirin limonlarda esa qand ko'proq (7-9 %) bo'ladi. Lekin, yuqori sifatli limonlar xushbo'y hidga ega bo'lib, ularning po'sti yupqa, sharbati ko'p va sharbati tarkibida 6-8 % kislotalar bo'ladi.

Limonlarning pomologik navlarini belgilaydigan ko'rsatkichlarga mevaning shakli va kata-kichikligi, po'stlog'ining qalinligi, rangi, etining zichligi, xushbo'yligi, ta'mi, urug'larining soni kabi ko'rstakichlar kiradi. Limonlarning boshqa sitrus mevalardan farq qiladigan belgilaridan yana biri shundaki, ularning po'stlog'i etidan ajralmaydi. Limonlarning eng ko'p tarqalgan navlariga Novogruziya, Udarnik va Mayer navlari kiradi.



Grenfurt. Bu meva ham sitrus mevalari guruhiga kiritiladi. Grenfurtning asosiy vatani Braziliya hisoblanadi. Bu meva tarkibida glikozid naringin borligi uchun o'ziga xos sal achchiqroq yoqimli nordon-shirin ta'mga egadir. Grenfurtda naringin glikozididan tashqari P vitaminlik xususiyatiga ega bo'lgan gesperidin glikozidi ham borligi aniqlangan. Grenfurt sharbati C vitaminiga juda boy hisoblanadi. Grenfurt po'stlog'ida 36-41 mg %, etida esa 100 mg % ga yaqin C vitamini topilgan. Grenfurt tarkibida qand miqdori 6-7 % ni, organik kislotalar esa 2,4 % ni tashkil etadi.

Tropik mevalar asosan tropik mamalakatlarda etishtiriladi. Bu mevalarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ularning vegetasiya davri uzoq cho'ziladi. Ularning ba'zi birlari butun yil davomida hosil beradi.

Mamlakatimizga bananlar asosan Hindistondan, ananaslar Afrika, Hindiston, Vetnam va Kuba mamlakatlaridan keltiriladi.

Tropik mevalar vitaminlarga uncha boy bo'lmasada, qand, mineral moddalar va aromatik moddalarga boyligi bilan tavsiflanadi. Tropik mevalarga asosan banan, ananas va mango kabi mevalarni kiritish mumkin.



Bananlar. Bananlar ko'p yillik banan o'simligining mevasi hisoblanib, unda urug'lar bo'lmaydi. Bir boshga bananlarning navi va yetishtirish sharoitlargia qarab 6 tadan 14 tagacha banan mevasi birikkan bo'ladi. Banan mevasi uzunchoq, egilgan holda bo'lib, sirti archiladigan, zich bo'lmagan po'stloq bilan qoplangan bo'ladi. Po'stlog'ining hissasi butun banan mevasi massasining 40 % ni tashkil etadi, qolgan 60 % i esa mayin etni tashkil etadi. Banan mevasining ta'mi pomologik naviga va yetilib pishganlik darajasiga bog'liq bo'ladi. Yaxshi yetilmagan bananlarning po'stlog'i yashil rangda bo'lib, banan yetilishi jarayonida rangi sarg'aya boshlaydi. Bananlar yoqimli shirin ta'm va o'ziga xos xushbo'y hidga ega bo'ladi.

Yaxshi pishmagan bananlarda kraxmal miqdori ancha ko'p, o'rtacha 18 % miqdorida bo'ladi. Bunday bananlar tarkibida qand juda oz, ya'ni 1,5-2,0 % miqdorida bo'ladi. Bananlarning etilib borishi jarayonida kraxmal gidrolizlanib qandga aylanadi. Natijada to'la pishib etilgan bananlarda kraxmal kam qoladi (2 %) va qand miqdori juda ko'payib 18-19 % ni tashkil etadi. Bananda saxaroza qandining miqdori glyukoza va fruktozaga nisbatan birmuncha ko'proq bo'ladi.

Shuningdek, bananlar tarkibida oshqozon kasalliklarini davolashda qo'llaniladigan serotinin, norpinefrin, dopalin va katexolamin kabi fiziologik aktiv moddalar ham borligi aniqlangan. Bananlarda C vitamining miqdori 10-15 mg % tashkil etadi.

Banan mevalari mamlakatimizga asosan Hindiston, Vetnam, Janubiy Amerika va Braziliya singari subtropik va tropik mamlakatlardan keltiriladi. Bananlarning pomologik navini belgilaydigan aosiy ko'rsatkichlariga bir boshdagi mevalar soni, massasi, meva shakli, po'stlog'ining rangi va qalinligi, etining rangi va ta'mi kabi ko'rsatkichlari kiradi.

Bananlar sifatiga ko'ra 1 chi va 2 chi tovar navlariga bo'linadi. Banan mevasi yangi, butun, toza bo'lishi kerak. Birinchi nav mevalarining uzunligi 15 sm dan, 2 chi nav mevalarining uzunligi esa 10 sm dan kam bo'lmasligi kerak. Mevasining po'chog'ida jigar rang, quruq dog'lar bo'lishiga yo'l qo'yiladi, lekin dog'larning yuzasi 1-navda umumiy meva yuzasining 1/5 qismidan, 2-navda esa ½ qismidan oshmasligi kerak.

Ananas. Bu tropik mamlakatlarda etishtiriladigan o'tsimon o'simlik mevasidir. Shakli va rangi jihatidan ananas yel daraxtining uchida bir bog' barglari bor g'uddasiga o'xshaydi. Mevasining ichida urug'lari bo'lmaydi, og'irligi 1-2 kg ni tashkil etadi. Mevasining faqat eti iste'mol qilinadi. Eti och-sariq rangli, yumshoq, qirmizak, juda xushbo'y bo'ladi. Ananas tarkibida qand moddalari 9-14 %, organik kislotalar 0,4-1,2 %, kul 0,4 % miqdorida bo'ladi. Vitaminlardan C vitamini va karotin bo'ladi. Ananasdan yangiligida iste'mol qilishdan tashqari kompot, sharbat va murabbo mahsulotlari ham tayyorlash mumkin. Ananasning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, bu meva tarkibida xossasi tripsin fermentiga yaqin bo'lgan bromelin aniqlangan. Shu sababli ham ananas ovqat hazm bo'lishini yaxshilaydi va bu mevani jigar, buyrak, qon-tomir sistemasi, kamqonlik xastaliklarida foydalanish mumkin.

Ananas ham sifatiga ko'ra 1 chi va 2 chi tovar navlariga bo'linadi. Birinchi nav mevalar yangi, toza, shakli to'g'ri, yaxshi pishgan, sarg'ish va to'qsariq rangli, uchida jig'asi bor, mexanik shikastlanmagan, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanmagan bo'lishi kerak. Ikkinchi tovar navli mevalar ham yangi, toza, shakli to'g'ri, ozroq ko'kish joylari bor, kasalliklarga chalinmagan bo'lishi kerak. Mevalar yuzasidagi ezilgan, urilgan va shilinishdan hosil bo'lgan dog'lar yuzasi umumiy meva yuzasining 1/8 qismidan oshmasligi talab etiladi.



Mango. Bu asosan Hindistonda keng tarqalgan tropik daraxt mevasidir. Mevasining silliq po'chog'ining rangi o'rikka o'xshash bo'ladi. Mevasining o'rtacha massasi 300-400 g, uzunligi esa 5-20 sm bo'ladi. Meva eti shirin, xushbo'y, rangi sariq yoki to'q-sariq bo'ladi. Mango mevasi tarkibida 11-20 % qand, 0,2-0,5 % organik kislotalar, C vitamini, B vitaminlari va karotin bo'ladi. Pishgan mevasi to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilinadi va qayta ishlab, bu mevadan sharbat, murabbo va marinadlar tayyorlanadi (A2, X1, I-s).


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish