Meva – sabzavot maxsulotlarni saqlash texnologiyasi


Rezavor mevalarning kimyoviy tarkibi



Download 0,57 Mb.
bet52/87
Sana04.09.2021
Hajmi0,57 Mb.
#164362
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
Bog'liq
Oygulga ma'ruza

Rezavor mevalarning kimyoviy tarkibi

Turi, guruhi va navlari

Miqdori, %

Suv

Qandlar

Kislotalar

Pektin moddalari

Oshlovchi moddalar, %

Askorbinat kislota (C vitamin), mg %

Madaniy yetishtiriladigan rezavor mevalar

Uzum:

Oshxonabop

Quritiladigan

Smorodina:

Qizil


Qora

Zemlyanika sadovaya

Krijovnik

Oblepixa


76,0-83,0

70,0-75


83,8-84,8

80,9-85,2

86,0-91,3

88,3-91,3

83,6-86,4


14,0-19,0

20,0-25,0

6,8-9,6

7,3-12,0


4,5-12,0

4,3-7,7


4,5-7,0

0,3-0,7

0,3-0,9


1,8-3,7

2,0-4,3


0,4-1,5

1,5-2,7


1,2-2,8

0,6-0,7

1,0-1,5


0,5-2,0

0,6-1,9


0,6-1,5

0,6-1,0


0,2-0,3

68-620

39-173


35-40

170-360


90-500

118-178


21-290

0,7-19

1,6-9,0


22-100

110-267


38-120

17-68


50-267

Yovvoyi rezavor mevalar

Klyukva

Brusnika


Golubika

Chernika


Ejevika

Qora smorodina

O'rmon zemlyanikasi

Kalina


85,7-87,4

83,3-87,0

86,3-87,7

83,1-87,9

81,0-85,1

90,1-92,5

82,1-82,6

83,7-85,1



3,1-4,7

4,1-5,2


4,1-5,3

4,9-5,7


5,7-6,3

2,9-4,7


5,1-5,9

6,9-7,7


2,7-7,2

1,5-2,0


1,3-1,5

0,9-1,3


0,9-1,3

2,9-6,2


1,3-1,7

1,7-1,9


0,4-0,8

0,5-1,8


0,7-0,8

0,3-1,2


1,5-2,2

0,7-0,9


0,8-1,2

0,8-1,0


140-400

280-450


270-350

244-412


355-418

490


304-392

440


2-17

6-14


23-28

6-10


9-10

20-44


35-57

37-47


Bu jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, uzum mevasi boshqa rezavor mevalardan kislotalar, pektin moddalari bo'yicha deyarli farq qilmasada, lekin qand moddasi, C vitamini va oshlovchi moddalar miqdori bo'yicha keskin farq qilar ekan. Haqiqatan ham Respublikamizning issiq iqlim sharoitida etishtiriladigan ba'zi uzum navlari mevalari tarkibida 30 % va undan ham ortiq miqdorda qand moddasi bo'lishi mumkinligi ko'p sonli eksperimental tadqiqot ishlari asosida isbotlangan.

Uzum tarkibida oson hazm bo'ladigan qandlar (glyukoza, fruktoza) -14-30, organik kislotalar (vino, olma kislotasi) -0,3-1,5, mineral moddalar (kaliy, kalsiy, temir, marganes, ftor, yod) -0,3-0,5 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari uzum tarkibida birmuncha pektin moddalari, xushbo'ylik beradigan va oshlovchi moddalar bo'ladi. Uzumlarda uchraydigan asosiy vitaminlar esa C, B1, B2, PP vitaminlari hisoblanadi. Ba'zi uzum mevalarining pushti, qora-ko'k rangda bo'lishi ular tarkibida antosian-enin moddasi borligi bilan tushuntiriladi. Uzumlarning kimyoviy tarkibi tuproq-iqlim sharoiti, quyosh energiyasining bo'lishiga juda ham bog'liq bo'ladi. Janubdan shimolga borgan sari uzum mevalari tarkibida qand miqdori kamayib, kislotalar miqdori esa ortib borishi aniqlangan.

Uzum mevalari singari tok barglari ham murakkab kimyoviy tarkibga egadir. Tok barglarida glyukozidlar, kversetin, organik kislotalar, inozid, aminokislotalar, karotin, C, P vitaminlari va 2 % miqdorida qand moddasi bo'ladi.

Uzumning urug'ida 20 % ga yaqin yog', 8 % ga yaqin oshlovchi moddalar, flobafen va lesitin kabi moddalar borligi aniqlangan.

Xalq tabobatida uzum bilan qovuq, buyrak, jigar, yurak, oshqazon-ichak yo'li kasalliklari davolanadi. Shuningdek, uning bavosil kasalliklarini davolashda, qon to'xtatish, o't va peshob haydashda ijobiy natijalar berishi aniqlangan. Buyuk tabib Abu Ali Ibn Sino uzum mevasi va barglarini bosh og'rig'i, ko'z shamollashi, me'da va quloq kasalliklarini davolashda qo'llagan.

Xalq tabobatida tok barglarining damlamasidan tomoq og'rig'ini chayqashda, teri kasalliklarini yuvishda foydalaniladi. Tokning maydalangan barglari yara va jarohatlarda qo'yiladi, natijada ularning o'rni yaxshi bitadi.

Uzumdan naturoza preparati olinib, u ko'p qon yo'qotgan kishilarning vena qon tomiriga yuboriladi. Uzumdan glyukoza eritmasi tayyorlashda ham keng foydalaniladi. Oziq-ovqat sanoatida esa uzum mevasi turli xil shirinliklar tayyorlashda keng qo'llaniladi.

Respublikamizda uzumning 400 ga yaqin navi o'stiriladi. Pishib etilish muddatiga qarab ertapishar, o'rtapishar va kechpishar navlariga bo'linadi. Uzumning ampelografik navlarining qaysi maqsadda foydalanishga mo'ljallanganligiga qarab esa, ular xo'raki, vinobop va mayizbop (kishmish) navlariga bo'linadi.

Xo'raki uzum navlari yuqori ta'm ko'rsatkichlariga egaligi, shirinligi, xushbo'y, chiroyli, yirik mevali, yupqa po'stloqli bo'lishi bilan ajralib turadi.

Respublikamizda ekiladigan va ko'p tarqalgan xo'raki navlarga Husayni, Nimrang, Qattaqo'rg'on, Qoraburnu, Charos, Toyfi, Tuyatishi, Xalili, Chillaki, O'zbekiston muskati, Rizamat, Xo'ja Axrori, Pobeda, Andijon qorasi kabi navlarini kiritish mumikn.

Xo'raki uzum sifat ko'rsatkichlari bo'yicha GOST 25896-83 talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo'yicha ular 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo'linadi. Birinchi navida uzum boshi butun, bitta ampelografik navga xos, meva bandda terilgan, yaxshi rivojlangan, butun, toza, sog'lom, ortiqcha namliksiz (meva yuzasida), begona hidlarsiz va ta'mlarsiz bo'lishi kerak. Ikkinchi tovar navlarida esa uzum mevasining rangi har xil tusda, zichligi va g'ujumlarning kattaligi ham bir xil bo'lmasligiga ruxsat etiladi.

Quritishga mo'ljallangan uzum navlari mevalarining eti zich, ular tarkibida qand moddasining miqdori yuqori, kislotaligi esa juda kam bo'ladi. Urug'siz uzum navlari - kishmishlar asosan quritishga mo'ljallangan bo'ladi.

Mayizbop uzum navlariga Oq kishmish, Qora kishmish, Pushti kishmish, Shakar angur, Sultoniylarni misol keltirish mumikn.

Vinobop uzum navlari mevalarida esa qand va kislota miqdori hamda vino mahsulotlarining ta'm va hid ko'rsatkichlarini ta'minlaydigan moddalar miqdori ma'lum nisbatda bo'lishi talab etiladi. Vinobop uzum navlariga Aleatiko, Aligote, Bayan-shirey, Buvaki, Bihishti, Baxtiyori, Oq muskat, Risling, Rkasiteli, Soyaki, Saperavi va boshqa navlari kiradi.

Qulupnay ra'noguldoshlarga mansub o'simliklar turkumiga kiradi. O'simlik qisqa ildiz poyali, popuk ildizlidir. Barglarning bandi uzun, uch yaproqchaga bo'lingan. Ko'p yillik o'simlik poyachalarida mayda barglari va erda yoyilib o'sishi uchun xizmat qiladigan bachki poyachalari ham bo'ladi. Mevasining shakli konussimon-cho'ziq, rangi to'q binafsha, qizil, mevasi ertutdan maydaroq. Bir donasining massasi 3-5 g dan 60-80 g gacha bo'lishi mumkin. Mevasi soxta-rezavor.

Qulupnay yoqimli ta'm va xushbo'y hidga ega ekanligi bilan boshqa rezavor mevalardan ajralib turadi. Qulupnay yangi meva holida iste'mol qilinadi va undan murabbo, jem, sharbatlar olishda, muzqaymoq, qandolat mahsulotlari tayyorlashda keng qo'llaniladi.

Qulupnay tarkibida glyukoza va fruktoza qandining miqdori 7,2 % ni (saxaroza juda kam), organik kislotalar 1,3 % ni, C vitamini 60 mg % ni, karotin esa 0,02 mg % ni tashkil etadi. Bundan tashqari qulupnay tarkibida oshlovchi va rang beruvchi moddalar (0,2 %), oqsillar (1,8 %), kletchatka (3,0 %), pektin (1,3 %), mineral moddalari (0,4 %) ham bo'ladi. Qulupnayning kul moddasining asosiy tarkibiy qismini kaliy, kalsiy, temir, fosfor va kobalt tuzlari tashkil etadi.

Xalq medisinasida qulupnay kamqonlikda, parishonxotirlikda tavsiya etiladi. Qulupnayning qovuqdagi toshdan xoli qiluvchi, buyrak va o't pufagidagi tosh va qumlarni maydalab organizmdan chiqarib yuborish xususiyati borligi ham aniqlangan. Qulupnay sariq, raxit, bavosil kasalligida ham foyda beradi, u kuchsiz siydik haydash xususiyatiga ham ega. Mevalari sut hamda shakar bilan aralashtirilib berilsa bolalar organizmini mustahkamlaydi.

Qulupnay pishish muddatiga qarab ertapishar, o'rtapishar va kechpishar bo'ladi. Qulupnay navlari bir-biridan faqat shakli bilan emas, balki zichligi, etining rangi, ta'mi va hid ko'rstakichlari bo'yicha ham bir-biridan ma'lum darajada farq qiladi.

Respublikamizda qulupnayning O'zbekiston, Shreder, Roshchinskaya, Oqpar navlari o'stiraladi.



Qorag'at (smorodina). Qorag'at-qorag'otdoshlar oilasiga kiruvchi, bo'yi 1,5 m gacha boradigan buta o'simligidir. Barglari oddiy, 3-4 bo'lakli, poyada bandi bilan ketma-ket o'rnashgan. Gullari shingil, mayda. Mevasi turiga qarab qora, qizil, sariq bo'lishi mumkin, ko'rinishi yumaloq, ko'p urug'li.

Ma'lumotlarga qaraganda qorag'atning 150 dan ortiq turi qayd etilgan bo'lib, shulardan 50 dan ortig'i madaniy holda o'stiriladi. U may-iyun oylarida gullab, mevalari iyun-avgust oylarida pishadi. O'zbekistonda qorag'atning 5 turi ma'lum bo'lib, shulardan 2 turi tabiiy holda uchraydi. Yuqorida qorag'atlar rangi bo'yicha har xil bo'lishi mumkin deb ko'rsatib o'tdik, lekin shulardan eng ko'p tarqalgani qorasi hisoblanadi.

Qora smorodina tarkibida qand (5-11 %), organik kislotalar (2-4 %), petkin moddalari (1,0-2,5 %), oshlovchi moddalar (0,3-0,5 %) va vitaminlar bo'ladi. Hyech bir meva askorbat kislotasi (C vitamini) miqdori bo'yicha qora smorodina bilan tenglasha olmaydi. Qora smorodinada C vitamini - 200-400 mg % ni tashkil etib, shifobaxshlik xususiyatini ta'minlaydi.

Qizil qorag'at mevasining tarkibida qandlar -4-10 %, kislotalar 2 %, C va P vitaminlari bor.

Sariq qorag'at qizil qorag'atdan shirinroq bo'lib, uning tarkibida qandlar 8 % gacha, lekin kislotalar kamroq (1 % gacha), C vitamini, ko'proq karotin va pektin moddalari bor.

Qorag'at ko'pincha ho'l meva sifatida iste'mol qilinadi va unda sharbatlar, ekstraktlar, marmelad, jem, jele, povidlo, qiyom va boshqa mahsulotlar olinadi. Bundan tashqari qizil va sariq qorag'at qimmatbaho vono, qorasi esa liker va vitaminlik qiymati yuqori bo'lgan konsentratlar olishda tengi yo'q xom ashyo hisoblanadi.

Qorag'at mevalari, barglari, g'unchalari xalq tabobati amaliyotida qadim zamonlardan beri qo'llanilib keladi. Qorag'at mevalari solinib, murabbo va meva qoqilaridan tayyorlangan qaynatma ko'k yo'talda (bolalarda uchraydigan o'tkir yuqumli kasallik), bo'g'iq ovozni ochish uchun, kamqonlik hamda qon bosimi kasalliklarida iste'mol qilinadi.

Yovvoyi holda yetishtiriladigan rezavor mevalarning tavsifi

Yovvoyi holda o'sadigan rezavor mevalar va dorivor-texnik xom- ashyolardan qadim-qadim zamonlardan boshlaboq insoniyot foydalanib kelgan. Masalan, hozirgi zamon Iroq hududida eramizdan 3000 yillar ilgari hukm surgan Shumer davlatida yovvoyi holda o'sadigan ana shu xom ashyolardan foydalanilganligi haqidagi ma'lumotlar yozib qoldirilgan.

O'simlikni davolash vositasi sifatida iste'mol qilinganligi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar qadimgi allomalar va vrachlar: Gippokrat, Dioskarid, Pliniy, Gallenlar va boshqalar tomonidan keltirilgan. Gippokrat (eramizdan oldingi 469-377 yillar) o'sha davrda tabobatda o'simliklardan foydalanishni ilmiy asoslab, ularning 236 dan ortiq turini o'z asarlarida ko'rsatib o'tadi. Dorishunoslikning otasi hisoblanmish taniqli tabib Dioskorid (eramizgacha birinchi asr) ham dorivor o'simliklar haqida olamshumul ahamiyatga ega bo'lgan ishlar qoldirgan. U o'zining «Dorivor vositalari» asarida 600 dan ortiqroq o'simliklar haqida ma'lumotlar keltiradi. Qadimgi tabobatga tengi yo'q hissa qo'shgan tabiblardan biri Klavdiy Galpen (eramizdan oldingi II asr) hisoblanadi. U o'simliklarning foydali qismini foydasiz suyuqlikdan ajratishni tavsiya qilgan. Hozirgi zamon tabobatida ham o'simliklardan ekstraksiya yo'li bilan olingan dorivor moddalar bugungi kungacha «galen» preparati deb yuritiladi va amaliyotda keng qo'llanilmoqda.

Bobokalonimiz ulug' alloma va tabib Abu Ali Ibn Sinoning dunyoga mashhur «Al-Qonun» kitobida esa 900 dan ortiq dorivor o'simliklar va ulardan foydalanish haqida ma'lumotlar keltiriladi.

Medisina fanining rivojlanishida qadimiy Osiyo mamlakatlarining hissasi ham salmoqlidir. Hindiston, Xitoy, Tibet va Arab davlatlarida o'simliklar bilan davolanish keng tus olgan. «Yajur-veda» (hayot haqidagi fan) dorivor o'simliklar haqida yozilgan qadimiy hind kitobidir. Shifokor Sushruta tomonidan yozilgan mashhur kitobda 700 xil dorivor o'simlik haqida ma'lumotlar keltiriladi. Tibet medisinasi hind medisinasi yordamida rivojlandi. Mashhur «Djud-shi » («Shifo baxsh dori-darmonlar mohiyati») kitobi Tibet medisinasining asosini tashkil etadi.

Xitoy xalq tabobati ham uzoq tarixga ega. Xitoy medisinasining asoschichi bundan 3 ming yil burun yashab o'tgan Shen-Nung hisoblanadi. Uning kitoblarida o'simliklarning sinonim nomlari, botanik ta'rifi, o'simliklardan dorilar tayyorlash davrlari va usullari, mazkur dori-darmonning ta'sir doirasi, qo'llanilishi va shu dori-darmonlar bilan davolash mumkin bo'lgan kasalliklarning ro'yxati keltirilgan.

Shuningdek, sharqning mashhur olimlari Abu Abdulloh Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Bakr Muhammad bin Zakariya ar-Roziy, Abu Rayhon Muhammad Ibn Ahmad al-Beruniy, Arab Muhammadjon o'g'li Abdulg'ozixon, Abu Mansur Buxoriylar ham medisina fani rivojiga katta hissa qo'shdilar.

So'nggi yillarda dorishunoslik-farmokognoziya fanining rivojiga katta hissa qo'shgan olimar qatoriga A.F. Gammerman (1888-1978 y), P.S. Massagetov (1894-1972 y), A.P.Orexov (1881-1932 y) kabi olimlarni kiritish mumkin. Respublikamizda bu borada ko'plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borgan olimlar qatoriga esa O.S. Sodiqov, S.Yu. Yunusov, S.S. Sahobiddinov, H.X. Xolmatov kabi olimlar kiradi.

Bugungi kunda ilmiy medisinada qo'llanilayotgan dori-darmonlarning qariyib 40 % dan oshig'ini o'simlik mahsulotlaridan olingan dori-darmonlar tashkil etadi. O'simliklardan olingan dori-darmonlar asoratsiz ekanligi bilan sun'iy ravishda olinadigan preparatlardan farq qiladi.

Respublikamiz turli xil shifoxabsh o'simliklar maskani hisoblanadi. Salobatli tog'larimiz qo'ynidagi tabiiy holda yetishtirilayotgan ne'matlarimiz beqiyos xosiyatlarga egadir. Quyida tabiiy holda o'sadigan ba'zi bir mevalarning tavsifini keltiramiz.



Na'matak (shipovnik). Bu butosimon o'simlik bo'lib, ba'zi turlarining bo'yi 6 m gacha, tikanli, yaltiroq, qo'ng'ir qizil yosh navdalari bir oz yoki qo'ng'ir-yashil ranglidir. Mevasi gul o'rnidan tarkib topuvchi shirador soxta meva. Na'matak asosan may oylaridan boshlab butun yoz davomida gullaydi, mevasi esa iyun oylaridan to kech kuzgacha pishib yetiladi. Na'matak mevasi ko'p vitaminlarning tabiiy konsentrati hisoblanadi. Unda C vitamining miqdori juda ko'p ya'ni meva quruq massasining 2,5-5,2 % ni tashkil etadi. Shuningdek, P, K, B guruhi, karotin kabi vitaminlar bilan bir qatorda flavonoidlar, qand, organik kislotalar, pektin va oshlovchi moddalar, mineral moddalardan esa kaliy, temir, marganes, fosfor, kalsiy, magniy tuzlari mavjud. Meva urug'larida tarkibi esa E vitamini bor.

Na'matak mevalari xalq tabobatida qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinadi. Uning mevalaridan tayyorlangan damlamadan o'pka sili, jigar, o'p qopchasining yallig'lanishi, ichak, buyrak, qovuq kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Shuningdek, na'matakning mevasi asosida tayyorlangan qaynatma qon to'xtatuvchi, isitma tushiruvchi omil sifatida iste'mol qilinadi. Ilmiy medisinada ham na'matakdan turli xil dori preparatlari tayyorlanadi.

Ko'pgina bajarilgan ilmiy tadqiqotlar asosida na'matak mevasidan tayyorlangan preparatlar antiseptik, umumdarmon bag'ishlovchi, aterosklerozga davo bo'luvchi manba sifatida ishlatiladi. Bu meva tarkibida P vitaminlar yig'indisi bo'lganligi tufayli, u mayda qon tomirchalari devorlarining elastikligini oshirib, uni mustahkamlaydi.

Na'matak mevalarining urug'idan olinadigan to'yinmagan yog' kislotalari, karotinoidlar, tokoferollar bilan ham turli kasalliklarni davolash mumkin.

O'zbekistonda na'matakning Itburun (shipovnik sobachiy), Fedchenko na'matagi va Begger na'matagi kabi turlari o'sadi.

Do'lana (boyar'shnik). Do'lana bo'yi 10 m gacha yetadigan tikanli daraxt. Do'lananing 100 ga yaqin turi bo'lib, ular Evropa, Osiyo, Shimoliy Amerikada ko'p tarqalgan. Respublikamizda do'lananing beshta turi ma'lum bo'lib, ular o'lkamizning deyarlik barcha tog'li rayonlarda dengiz sathidan 1000-2600 m balandlikdagi mayda shag'alli qiyalarda yakka-yakka yoki to'p-to'p bo'lib o'sadi.

Do'lana mevalarining tarkibida 20 % qand, 8 % gacha yog', flavonoidlar, fitosterinlar, xolin, asetilxolin, oshlovchi moddalar, kislotalar, krategin moddalari mavjud. O'zbekiston sharoitida o'sadigan do'nalarning ba'zi turlarida B1, B2, PP, E vitaminlari ham borligi aniqlangan.

O'simlik gullarida yuqorida qayd qilingan moddalardan tashqari, 0,16 % ga yaqin efir moylari borligi aniqlangan.

Xalq tabobatida do'lanadan kishi toliqqanda, aqliy horg'inlikda, uyqusizlikda, yurak atrofda og'riq paydo bo'lganda foydalanilgan. Abu Ali Ibn Sino do'lana mevasini ich ketishini to'xtatuvchi vosita sifatida tavsiya etgan.

Tabiatshunos olimlarning bergan ma'lumotlariga qaraganda Toshkent oblastining Bo'stonliq zonasidagi Burchmulla va Chirchiq o'rmon xo'jaligida 1214 gektar maydonda 30 mingdan ortiqroq do'lana daraxti bor. Agar do'lana ehtiyotkorlik bilan terib olinsa, uni 30-40 kungacha saqlash mumkin. Hozirgi kunda do'lanazarlarni muhofaza qilishga katta e'tibor berilmoqda.

Chilonjiyda (unabi ob`knovenn`y). Chilonjiyda 2-5 m ga etadigan daraxt. Mevasi danakli, dumaloq yoki cho'ziqroq, tilla rang, qizg'ish-sariqroq. O'simlik iyun-iyul oylarida gullab, mevasi avgust-sentyabr oylarida pishadi.

Chilonjiydaning keng tarqalgan joylari Xitoy, Hindiston va ba'zi o'rta er dengizi bo'yi mamlakatlari hisoblanadi. Turkmanistonning Kopet-Dog', Pamir-Oloy, Surxondaryo viloyatidagi Sangardak va To'palang daryolarining tog' yonbag'irlarida, nishabliklarda, Bo'stonlik atroflarida, Chotqol tog'larining yonbag'irlarida o'sadi.

Unabi shifobaxshligi bilan tanilgan mevadir, uning tarkibida 30 % ga yaqin qand, oqsil, yog', katexinlar, pektin, kumarin, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, rutin, vitamin C, B, karotin, organik kislotalar bor.

Xalq tabobatida chilonjiyda darmon bag'ishlovchi, siydik haydovchi, qon bosimini pasaytiruvchi vosita sifatida qo'llanilib kelmoqda. Chilonjiyda mevalari yuqori nafas yo'llari shamollaganda iste'mol etilsa ijobiy natija beradi. Zamonaviy medisinada ham chilonjiyda mevasidan maxsus preparatlar tayyorlanib qon bosimini tushirishda foydalaniladi. Chilonjiydalarni xonadonlarda ham o'stirish mumikn.

Respublikamizda ko'p yillar davomida akademik M.Mirzaev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Samarqand filialida chilonjiydaning yangidan yangi navlarini yaratish, iqlimlashtirish, mevasining shofobaxshlik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilib kelmoqda.

Malina. Malina xonaki (bog'da ekiladigan) va yovvoyi holda o'sadi. Rangi bo'yicha malina asosan qizil, sariq va qora rangli bo'ladi. Bog'da o'sadigan malina tarkibida qand (10 % gacha), organik kislotalar (2 % gacha), pektin moddalari va vitaminlar (C, B1, B2, PP, karotin) bo'ladi. Malinani ho'l meva sifatida iste'mol qilinadi va undan murabbo, jele, sharbatlar tayyorlanadi. Malinadan tayyorlangan murabbo va qiyomlarni shamolaganda dori sifatida foydalanish mumkin (A2, X1).


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish