Meva – sabzavot maxsulotlarni saqlash texnologiyasi


Rezavor mevalarning kimyoviy tarkibi, ozuqaviy va biologik qiymati



Download 0,57 Mb.
bet51/87
Sana04.09.2021
Hajmi0,57 Mb.
#164362
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87
Bog'liq
Oygulga ma'ruza

2. Rezavor mevalarning kimyoviy tarkibi, ozuqaviy va biologik qiymati

Rezavor meavlar asosan butasimon o'simliklar, juda kam hollarda esa daraxtlarning mevasi hisoblanadi. Rezavor mevalar keng tarqalganligi va turli xillarda bo'lishi, deyarli hamma hududlarda yetishtirilishi bilan diqqatga sazovordir. Hamma rezavor o'simliklar yovvoyi holda o'sadiganlaridan madaniylashtirilgan hisoblanadi.

Rezavor mevalar tuzilishiga ko'ra uch guruhga bo'linadi: oddiy, murakkab va soxta rezavor mevalar.

Oddiy rezavor mevalar donalardan iborat bo'lib, sersuv etli, mevasi ichida urug'i bo'ladi (uzum, smorodina, krijovnik, klyukva va boshqalar).

Murakkab rezavor mevalarning mayda-mayda mevachalari bita glyukozada to'plangan bo'ladi (malina, ejevika).

Soxta rezavor mevalaring o'sib ketgan gulkosasi yuzasida mayda urug'lari bo'ladi (yertut, qulupnay).

Rezavor mevalardan Respublikamizda sanoat miqyosida etishtiriladigan rezavor meva bu uzum hisoblanadi.

Uzum. Bu rezavor meva tok mevasidir. Tok uzumdoshlar oilasiga mansub bo'lib, chirmashib o'sadigan o'simlik hisoblanadi. Tok yer kurrasining tropik, subtropik va mo'tadil iqlimli hududlarida keng tarqalgan. Tok tabiiy holda sernam o'rmonlarda, vodiylarda, tog' etaklarida hamda daryo bo'ylarida chirmashib, ba'zi turlari buta yoki pastak daraxt sifatida o'sadi. O'simlikning ildizi anchagina mustahkam, uning bo'yi 20 m gacha borishi mumkin. Barglari yumaloq, panjasimon, gullari ko'rimsiz, mayda, mevasi esa juda sershira bo'ladi.

Tokning turli navlari O'zbekiston Respublikasining hamma rayonlarida o'stiriladi. Ohangaron vodiysida va To'palang daryo havzasida tok yovvoyi holda uchraydi.

Uzum mevasi boldog'lari bilan shaxchalarga birlashgan bo'ladi va bir necha shoxchalar uzum boshini tashkil etadi. Uzum boshi silindrsimon, uzunchoq va boshqa xil shakllarda, mevasi esa sharsimon, tuxumsimon, ovalsimon shakllarda bo'ladi. Uzum mevasi po'stloqdan (2-9 %), sersuv etdan (85-90 %) va urug'dan (0-5 %) tashkil topgan bo'ladi. Po'stlog'i oq, pushti va qora rangda bo'ladi.

Uzum mevasi yuqori ozuqaviy va biologik qiymatga ega ekanligi bilan alohida diqqatga sazovordir. Uzum mevasi boshqa rezavor mevalardan inson organizmida tez hazm bo'ladigan glyukoza qandiga boyligi bilan ajralib turadi. Quyidagi 15-jadvalda oshxonabop va mayiz olish maqsadida foydalaniladigan uzumlarning va boshqa rezavor mevalarning kimyoviy tarkibi bo'yicha ma'lumotlar keltirildi.

15-jadval


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish