OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI Bajardi:Po’latxodjayeva S. Tekshirdi: Qodirova D. Nafosat obyektida badiiylikni rivojlantirishda qarama qarshilik dialektikasining tahlili, badiiylik qonuniyatlarini estetik asoslari Dialektika bu - DIALEKTIKA yu[n. dialektike (techne) — suhbat olib borish, bahslashish sanʼati] — borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi. «D» tushunchasi falsafa tarixida dastlab hoz. maʼnosidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida Dialektika muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib tashlash, munozara orqali xaqiqatni topish sanʼatini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bogʻliklikda paydo boʻlgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yoʻlida oʻzgartirishning dialektik us-lubini anglashga intilish qad. zamonlarga borib taqaladi
Qarama-qarshiliklar qonuni
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni — dialektikattg qonunlaridan biri. Uni Gegel ishlab chiqqan. Bu qonunga koʻra, ziddiyat, qarama-qarshi tomonlar, kuchlar oʻrtasidagi kurash harakat va rivojlanishning sababi, manbai hisoblanadi. Rivojlanish ziddiyatlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat, bu eskining yoʻqolishi va yangining paydo boʻlishiga olib keladi. Qaramaqarshilik deb narsa va hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi tomonlari, quchlarning oʻzaro munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshiliklar birligi nisbiy, oʻtkinchi, yaʼni u narsa va hodisadagi ikki qarama-qarshi kuchning maʼlum nisbiy vaqt ichida birga mavjud boʻlib turishini anglatadi. Qarama-qarshiliklar kurashi esa abadiy, yaʼni rivojlanishning manbai sifatida doim, har qanday sharoitda barcha jism va hodisalarga xos. Qonunning mohiyati va amal qilish jarayonini oʻrganishda ichki va tashqi, asosiy va asosiy boʻlmagan zidsiyatlarni bir-biridan farq qilish zarur, lekin ular oʻrtasida mutlaq chegara ham yoʻq. Voqelikda ular oʻzaro chirmashib ketadi, bir-biriga oʻtadi va taraqqiyotga xilmaxil taʼsir qiladi. Shuning uchun ziddiyatlarning har biriga konkret yondashish, ziddiyat namoyon boʻladigan sharoitni, muhitni, vaziyatni, u oʻynaydigan rolni hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |